138
asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi. Davlat tadbir-
korlikni har tomonlama rag‘batlantirdi va qo‘llab-quvvatladi. Meydzi
islohotlari tarixga «Meydzi inqilobi» nomi bilan kirgan.
XIX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi Yaponiyada kapita-
lizmning shiddatli rivojlanish davri bo‘ldi. U Meydzi inqilobidan
so‘ng an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib
industrial taraqqiyot yo‘liga kirdi, kapitalistik taraqqiyot uchun
sharoit yaratildi, konstitutsiya qabul qildi, siyosiy partiyalar paydo
bo‘la boshladi, huquqiy davlatning belgilari namoyon bo‘ldi.
Modernizatsiya – zamonaviylashtirish.
Eksterritorial huquq – chet el fuqarolarining shaxsi, uy-joyi va mol-mulki
daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi.
1. Nima sababdan AQSH va Yevropa davlatlari uchun Yaponiyani «ochilish»ga
majbur etish zarur edi?
2. Yaponiyada syogun hokimiyati qay tariqa ag‘darildi?
3. Imperator Musuxito o‘tkazgan islohotlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Meydzi islohotlarining Yaponiya taraqqiyotidagi o‘rniga baho bering.
Ijodiy ish topshirig‘i
Yaponlar ongiga sabr-bardosh bilan singdirilib borilgan g‘oyalarni tahlil qiling
va daftaringizga yozing. Zamonaviy Yaponiya rivojlanishida «Yaponcha milliy
ruhning qirralari» mavzusida esse yozing.
Internet vositasida
XIX asrda Yaponiya davlatiga virtual sayohat uyushtiring va
Yaponiya modernizatsiyasining belgilarini ustun holatga keltirib, daftaringizga yozing.
Mavzuga aloqador «Syogun» badiiy filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.