• XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan Xitoy asr o‘rtalariga kelib, G‘arb davlatlari, so‘ngra esa AQSH, Rossiya va
  • Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    Òaypinlar mag‘lubiyati. Qo‘zg‘olon rahbarlarining orzu-umidlari
    puch xayol edi, xolos. Ularning yerni oilaga oila a’zolari soniga qarab
    teng bo‘lib berish haqidagi rejalari qo‘zg‘olonda ishtirok etayotgan
    mulkdor tabaqalarni qo‘zg‘olondan uzoqlashtirdi. Bu hol taypinlar
    rahbarlari orasida nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Yer ololmagan
    dehqonlar esa umidsizlikka tusha boshladilar. Bu esa davlat ma’mur-
    lariga taypinlarni tor-mor keltirishda yordam berdi. Hukumat kuch
    to‘plab, hujumga o‘tdi. Unga Buyuk Britaniya, Fransiya va Amerika
    Qo‘shma Shtatlari yordam ko‘rsatdilar. Buyuk davlatlar Xitoyda inqi-
    rozga yuz tutgan chin sulolasi hukmronligi saqlanib qolishidan man-
    faatdor edilar. 1864-yili hukumat qo‘shinlari qo‘zg‘olon rahbarlari
    joylashgan Nankin shahrini ishg‘ol qildilar. Xun Syutsyuan o‘z joniga
    qasd qildi. Òaypinlar qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin chet el mus-
    tamlakachilari chin sulolasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdilar va
    uning yangi-yangi yon berishlariga erishdilar.
    XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan Xitoy asr
    o‘rtalariga kelib, G‘arb davlatlari, so‘ngra esa AQSH, Rossiya va
    Yaponiyaning ham mustamlakachilik manfaatlari kesishgan eng
    dolzarb hududga aylandi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy qoloqligi
    uning o‘z-o‘zicha saqlanib qolayotgan buyuk davlat maqomiga
    qaramasdan, uni G‘arb davlatlarining yarimmustamlakasiga
    aylantirdi.
    Afyun (abiyun) – mudratuvchi, uxlatuvchi so‘zidan kelib chiqqan, kuchli
    giyohvand modda.
    1. Xitoy qay tariqa buyuk davlatlar asoratiga tushib bordi?
    2. «Yopiq eshiklar» siyosatidan ko‘zlangan maqsad nima edi va u qanday oqibat-
    larga olib keldi?
    3. Xitoyni chet el kapitali uchun ochishda afyun urushlari qanday rol o‘ynadi?
    4. Òaypinlar qo‘zg‘oloni va uning mag‘lubiyati sabablari haqida nimalarni bilib
    oldingiz?
    http://eduportal.uz


    134

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish