Dehqonlar qo‘zg‘oloni va Taypinlar davlati (1850–1864). Huku-
matning taslimchilik siyosati oqibatida Xitoyning Yevropa davlatlari
yarimmustamlakasiga aylanib borishi hamda feodal zulmning ku-
Afyun urushi. Karikatura http://eduportal.uz
132
chayishi xalq ommasining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Oqibatda,
dehqonlar qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur bo‘ldilar. Bu qo‘zg‘olon
1850-yilda mamlakat janubida boshlandi. Chin sulolasi va feodallarga
qarshi kurash mustamlakachilarga qarshi kurash bilan qo‘shilib ketdi.
Qo‘zg‘olonga dehqonning o‘g‘li, maktab o‘qituvchisi Xun Syu-
tsyuan boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Yanszi viloyatida «Samoviy
mo‘l-ko‘lchilik davlati» («Òaypin tyango») barpo etdilar. Uning mar-
kazi Nankin shahri bo‘ldi. Xun Syutsyuan fikricha, bunday davlatlarda
dehqonlar jamoa bo‘lib yashashlari, jamoada «hech bir narsada teng-
sizlik bo‘lmasligi, hammaning to‘q va kiyimi but bo‘lishi uchun yerga
ega bo‘lgan holda unga birgalikda ishlov berish, oziq-ovqatni birga-
likda tanovul qilish, kiyim-kechakni baravar taqsimlash, pulni birga-
likda sarflash lozim» edi. Aholi turmushi harbiy tartib asosida qurildi.
Har bir oilaning qo‘shinga bitta askar yetkazib berishi belgilab qo‘yil-
di. Harbiy qism boshlig‘i ayni paytda qism joylashgan hududda davlat
Xitoyda 1854-yilgi taypinlar qo‘zg‘oloni http://eduportal.uz
133
hokimiyatini amalga oshirardi. Barcha erkaklar bitta mehnat lageriga,
ayollar va bolalar boshqa yerga joylashtirildi.
Birinchi afyun urushi 1840–1842-yillarda bo‘lib o‘tdi.
Òaypinlar davlati 1850–1864-yillar oralig‘ida mavjud bo‘ldi.
1757-yili Xitoy imperatori bandargohlarini tashqi savdo uchun yopiq deb
e’lon qildi.