129
Qo‘zg‘olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qilindi. Bu-
yuk Britaniya askarlari xotin-qizlar, bolalar va keksalarni ayashmadi.
Asir tushganlarni bir joyga to‘plangan olomon oldida to‘p og‘ziga
bog‘lardilar va to‘pdan o‘q otib, parcha-parcha qilib tashlardilar.
1858-yili Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi.
Qo‘zg‘olonchilar tor-mor keltirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachilar ba’-
zi islohotlarni o‘tkazishga majbur bo‘ldilar. Chunonchi, yer ega-
larining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo‘yildi. Mahalliy roja (knyaz)-
larning o‘z yerlariga egalik huquqi daxlsiz deb e’lon qilindi. «Ost-
Indiya» kompaniyasi esa tugatildi. Hindistonni boshqarish Britaniya
ma’murlari qo‘liga o‘tdi.
Sipohiylar qo‘zg‘olonining sabablari ...
1857-yili ...
1858-yili ...
Hindistonda ziyolilar qatlamining shakllanishi. Buyuk Britaniya hu-
kumati qo‘zg‘olondan zarur xulosalar chiqardi. Jumladan, hindlarning
ilm olishlariga yo‘l ochdi. Maktab, kollej va boshqa o‘quv yurtlari
ta’sis etildi. Hindlar Yevropa davlatlari universitetlarida ham ta’lim
olish imkoniga ega bo‘ldilar. Shu tariqa mahalliy ziyolilar qatlami
shakllana bordi.
Yevropacha ma’lumotga ega bo‘lgan hindlar davlat xizmatiga qa-
bul qilina boshlandi. Ular orqali ingliz tilining tarqalishi yanada
kengaya bordi. Ingliz tilini o‘rgangan va Britaniyada ta’lim olgan
yoshlar orqali hind jamiyatiga Yevropaning ilg‘or g‘oyalari kirib
kela boshladi.
Shunday qilib, XIX asrning 70-yillarigacha Hindistonning iqti-
sodiy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Sekinlik
bilan bo‘lsa-da, kapitalizm rivojlandi. Milliy-ozodlik harakati
paydo bo‘lib, ingliz mustamlaka hukmronligiga qarshi kurash ku-