127
Shuningdek, Buyuk Britaniya parlamenti
Hindistonni boshqarish
to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, «Ost-Indiya» kompaniyasi-
ning Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindiston-
dagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu
tariqa kompaniya amalda Hindistonni
boshqaruvchi mustamlakachi
ma’muriyat apparatiga aylantirildi.
Buyuk Britaniya to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindiston-
da sotilishi mahalliy to‘qimachilik hunarmandlarini xonavayron qildi.
Chunki ularning mahsuloti sifat jihatidan Buyuk Britaniya tovarlari
bilan raqobat qila olmasdi.
Oqibatda, Hindistonning o‘n minglab to‘-
quvchilari ochlikka mahkum etildi.
«Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U
hindlarning o‘zidan ham yollanma qo‘shin tuzdi. Bu qo‘shin askari
sipohiy deb atalardi. Qo‘shinga ingliz zobitlari qo‘mondonlik qili-
shardi.
Hindistonda faqat shu qo‘shingina hindlarning birdan bir uyush-
gan
tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohiylarning Buyuk Britaniya-
ga so‘zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi. Mustamlakachilar
mahalliy aholining milliy his-tuyg‘ularini hisobga olmasdilar.
Oqibatda,
mana shu yagona uyushgan, sipohiylardan iborat harbiy
kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora ku-
chayib bordi.