• Yaponlarda sholi oqlash jarayoni
  • «Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    «Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi. Chet el davlatlari
    uchun «ochilish» Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata bosh-
    ladi. Chunki Yaponiya bozorlarining chet el tovarlari bilan to‘ldirilishi
    bu yerdagi manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta
    zarba berdi. Natijada, chet elliklarni mamlakatdan quvib chiqarishni
    talab qiluvchilar harakati kuchaydi.
    Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya
    chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH
    va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini yaxshi tushun-
    ganlar. Shuning uchun ular chuqur islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan
    Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o‘ylay boshla-
    ganlar.
    Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun
    kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator
    hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar.
    Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun hukuma-
    tining chet davlatlar bilan imzolagan teng bo‘lmagan shartnomalari
    Yaponlarda sholi oqlash jarayoni
    http://eduportal.uz


    136
    mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo‘ldi. Syogun ho-
    kimiyatini ag‘darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini sa-
    muraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda
    o‘rta tabaqalari qo‘shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun ho-
    kimiyati ag‘darildi.
    1867-yili tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Mutsu-
    xitoning foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga
    imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi.
    Meydzi islohotlarining boshlanishi.
    Yaponiya uchun modernizatsiya davri bosh-
    landi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analar-
    dan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saq-
    lab qolgan holda G‘arb namunasida Yaponi-
    yani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi.
    Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot
    yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy
    mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada,
    asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan deh-
    qonlar chek yerga ega bo‘ldilar. Shuningdek, yer uchun katta soliq
    ham belgilab qo‘yildi.
    Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining
    50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer
    olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni qo‘llarida
    saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday
    bo‘lishiga qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik muno-
    sabatlarning rivojlanishini ta’minladi.
    Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hoki-
    miyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ular yer-
    larining bir qismi musodara qilindi. So‘ng knyazlar boshqaruv hu-
    quqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayin-
    laydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi.

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi

    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish