Chuqur karyerlarda foydali qazilmalarni qazish-yuklash, tashish jarayonlarini intellektual raqamlashtirish




Download 152 Kb.
Sana01.04.2024
Hajmi152 Kb.
#184155
Bog'liq
Xojiqulov X.T.
Kon mashina va uskunalarining texnologik parametrlari, KARerrr, Документ Microsoft Word (2), 1-amaliy ish, 2021-aprel-iyun, bolt, 12.09.2022, рамка узб, Nasriddinov D, rele тест уз (2), Suhrob.1, 5 lab, ХОЛИДА, Raxmonov Akram kon mashina, Rahimov Ortiqali misollar

CHUQUR KARYERLARDA FOYDALI QAZILMALARNI QAZISH-YUKLASH, TASHISH JARAYONLARINI INTELLEKTUAL RAQAMLASHTIRISH
ToshDTU Olmaliq filiali magistr talabasi Xojiqulov Xojibek To‘lqinjon o‘g‘li
Falsafa fanlari doktori (PhD) Xasanov Adham Amankulovich

Dunyoda rangli metallarga boʻlgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda va foydali qazilmalari bor davlatlarda rangli metallarni qazib olish kon massasini tashish va qayta ishlashga boʻlgan talab tobora jadallashmoqda.


Foydali qazilmalarni qazib olish va kon massasini tashish aksariat davlatlarda avtotransportlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu davlatlar qatoriga Oʻzbekiston ham kiradi. Ruda konlari, noruda konlari va razrezlarda kon massasini tashishda qatnov tizimini toʻgʻri tashkil qilish eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ochiq usulda qazib olinadigan konchilik korxonalarida, Karyerlarda katta hajmdagi foydali qazilmalarni, ayniqsa qoplama togʻ jinslarini bir necha yuz minglab metr kubgacha tashilmoqda. Ochiq usulda qazib olinayotgan konchilik korxonalarida qoplama togʻ jinslari va foydali qazilmalari kon massasini avtotransport yordamida tashish eng koʻp mehnat talab qilinadigan jarayonlardan biri hisoblanadi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish samarali olib borilar ekan, natijadorlik ham o‘sib boraveradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham ayni yo‘nalishda ko‘plab loyihalar amaliyotga tadbiq etilayapti.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqarish tahlilini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda So‘ngi yillarda keng tadbiq etilayotgan raqamlashtirish sohasi korxonaning boshqaruvida unumdorlikni yanada oshiga ulkan xissa qo’shib kelmoqda.
Avtotransportlarning ekskavatorlar bilan ishlash kon massasini yuklash jarayonlarida uzluksizligini ta’minlash maqsadida kon massasini tashishning intellektual axborat tizimini avtomatik boshqarish tizimlari modellashtirish orqali, uzatilayotgan ma’lumotlar bazasini yigʻish, intellektual nazorat qilishni ishlab chiqishning eng songi modellarini yaratish zamonaviy uslublardan keng foydalangan holda konchilik sohasiga havfsiz, inson ishtirokisiz, boʻlgan omillarni kamaytirish koʻzda tutilgan. Avotransportlarning burilishi, tez qoʻzgʻalishi boshqa kon massasini tashish transportlaridan avzalligi bilan ajralib turadi. Ochiq usulda qazib olinayotgan konchilik korxonalari chuqurlashgan sayin avtotransportlarning tezligi pasayadi va yuk aylanmasi keskin tushib ketadi. Buning sabablaridan biri, magistral yoʻllarning (transheya) qiyaligining uzunligi, radiusining ortib borishi hisoblanadi.
Karyerlarda kon massasini avtotransport yordamida tashish jarayonlarini modellashtirish uchun qoʻllaniladigan inson omili va avtomatik rejimda quyidagi operatsiyalarni oʻrnatish (sikl elementlari):
- avtotransportni boʻsh harakati;
- avtotransportni yuklash uchun navbatda turishi;
- avtotransportni yuklash uchun burilish (manyovr);
- avtotransportni yuklash;
- avtotransportni yuklangandagi harakati;
- avtotransportni kon massasini toʻkish;
- avtotransportga yonilgʻi quyish;


Karyerdagi operator tomonidan har bir avtotransport kuzatish davomida haydovchilarning tezligi burilishlar vaqtlari inobatga olinadi. Avtotranspotlarning qayta yuklash punktlariga kon massasini tashish jarayonida kon massasini maksimal, minimal oʻlchamlari belgilab beriladi.
1-rasm. Qalmoqqir karyerida kon massasini yuklashjarayoni, raqamli texnologiyalarini qo‘llash

Har bir avtotransporlarning raqamlashtiilgan boshqarish tizimlari orqali soatlik tahlili qilinadi. Tahlil qilingan ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Saqlangan ma’lumotlar yigʻindisi sutkalik, oylik, yillik qilib hisobot koʻrinishida raqamlashtirilgan tahlili ishlab chiqiladi.


Qalmoqqir karyerida eng chuqur garizontlarida avtotransporlar bilan tashish rudalarni samarali sifatli tashish ularni avtomatik raqamlashtirgan tizimlarni to’g’ri aniqlikda foydalanish koning samaradorligini yanada oshiradi. Kondagi avtotransportlar kon massasini tashish jarayonlarini zamonaviy raqamlashtirish infratuzilmalarini qaytadan ishlab chiqish ko’zlangan maqsad ekskavatorlarning to’xtovsiz ishlashini taminlashdan iborat.
Adabiyotlar
1. Xamrakulov U.Sh, Tashqoʻlov A.A, Karyerlarda kon massasini avtotransport yordamida tashish jarayonlarini modellashtirish “ZAMONAVIY AXBOROT, KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA AT-TA’LIM TATBIQI MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MA’RUZALAR TO‘PLAMI 7-8 aprel 2023-yil, Samarqand 2023y.
2. Xamrakulov U.Sh, Tashqoʻlov A.A, Ochiq usulda qazaib olinadigan konchilik korxonalarining kon massasini tashishda avtotransportlarni intellektual boshqarish tizimlarini yaratish. “ZAMONAVIY AXBOROT, KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA AT-TA’LIM TATBIQI MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MA’RUZALAR TO‘PLAMI 7-8 aprel 2023-yil, Samarqand 2023y.
Download 152 Kb.




Download 152 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chuqur karyerlarda foydali qazilmalarni qazish-yuklash, tashish jarayonlarini intellektual raqamlashtirish

Download 152 Kb.