Gipskarton listlarining turlari




Download 16,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/198
Sana14.12.2023
Hajmi16,58 Mb.
#118740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198
Bog'liq
кнауф материаллари
Kirish, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zaru
2.2. Gipskarton listlarining turlari 
Кarton qobiqdagi gipskarton lenta konveyerda tayyorlanib, so`ng kesiladi va 
ular alohida listlarga aylanadi. Кonveyerdan olingan har birta list turtta qirraga 
ega – ikkita ishlov berilgan va ikkita ishlov berilmagan (karton bilan yopilmagan). 
Кarton qobiq gips o`zakga mahkam yyelimlangan. Gipskarton listlarining turlari 
va ularga qo`yilgan talablar tegishli me’yorlar va standartlar bilan 
reglamantlangan. КNAUF korxonalari ishlab chiqarayotgan GKQ lar assortimenti 
ularning ishlaydigan shart-sharoiti, qo`llash joylari va tayyorlash texnologiyasi 
bilan aniqlanadi. 
Gipskarton listlar ikki tipga bo`linadi: gipskarton qurilish listlari GKQ (GKB) 
va olovga chidamli gipskarton qurilish listlari (olovga chidamli listlar) GKQO 
(GKF). GKQ ning ikki turi ham asosan qurilish gipsdan qilingan bo`lib, ularning 
yuzasi va bo`ylama qirralari mustahkam karton bilan yyelimlangan. List o`zagini 
tashqil etuvchi gips qorishmasi tarkibiga turli xildagi qo`shilmalar va 
to`ldirgichlar kiritiladi. Gips o`zagiga olovga chidamli to`ldirgich sifatida mineral 
tolalar ko`shiladi, bu mineral tolalar issiqlikdan suv parlanish holati yuzaga 
kelganda gipsni bo`laklarga parchalanishiga qo`ymaydi, natijada o`zak olovga 
chidamli izolyasion qatlamga aylanadi. 
Gipskarton qurilish plitalari (GKQ, GKB) turli xildagi tekis yuzalarni, «ho`l» 
shuvoq o`rniga qoplash uchun mo`ljallangan. Ularni yana shiftlarning karkas 


asosini yopish, osma shiftlarni qurish va yig`ma pardevorlarni yasash uchun 
ishlatish mumkin. 
Olovga chidamli gipskarton listlari (GKQO, GKF) devor va shiftlarni qoplash, 
olov chiqish xavfi yuqori bo`lgan xonalar orasidagi pardevorlarni qurish uchun 
ishlatiladi. 
Bu listlarning gips o`zagiga shisha tolali to`ldirgichlar qo`shilgan. 
Evropa standartlari yana GKQ larning ikkita turini ishlab chiqarishda 
qo`llaniladi, bular yuqori namlikga (75%dan ko`p) ega bo`lgan xonalarning devor 
va shiftlarini qoplash, hamda yuqori namlik va qurilish konstruktsiyalariga olovga 
chidamlilik talablari quyilgan xonalar uchun mo`ljallangan. Кarton sathning yuza 
tomoni va gips o`zagi namlikni shimilishini kamaytiradigan maxsus tarkib bilan 
shimdirilgan. Bu impregnirlangan listlarning turlarga (shimdirilgan) yuqori suvga 
chidamlilikga ega GKQV (GKBI) va yuqori suvga hamda olovga chidamli
(GKQVO, GKFI) bo`lgan gipskarton qurilish listlari kiradi. GKQV, GKBI 
qurilish listlarining qo’llanish joylari GKQ, GKB listlari bilan bir xildir. 
Gipskarton listlarni gidrofob tarkiblar bilan, masalan silikon bilan singdirilishi 
ularning gips o`zagining va kartonli qobig`ining ancha kam suv shimishiga
(taxminan 3 marta) va tez parlanishiga olib keladi. Atrof-muhitning odatdagi 
haroratida impregnirlangan listlarning qurishi bor yo`g`i 15 soatda kechadi
shimdirilmagan listlarning qurishi uchun esa 70 soat vaqt kerak .Impregnirlangan 
listlarning bu sifati ularning kapilyar shimish qobiliyatining pasayishi natijasida 
erishiladi. 
Oddiy va impregnirlangan listlarni suvga kiritilganda, ularda suvning kapilyar 
ko`tarilishi oddiy listda impregnirlangan listga qaraganda ikki marta ko`p bo`lishi 
kuzatiladi ( 10 va 5 sm). Кapilyar ko`tarilishning balandligini doimiyligi kapilyar 
kuchlarning va parlanish intensivligining barovarlashganidan xabar beradi, buning 
natijasida, GKQ da suvning sathi uning kapilyar ko`tarilishining balandligidan 
yuqori ko`tarilmaydi, bu esa devor va pardevorlarni ichidan kommunikatsiyalarni 
o`tish joyini tanlashda juda muhim. 
Standartlarga asosan (GOST 6266-97, TU U V.2.7-24577862-98) ikki soat 
davomida impregnirlangan listni suvga to`la cho`kdirilganda shimilgan suvning 
massasi bo`yicha miqdori 10%dan oshmasligi kerak. 
GKQ larning karton qoplamasining namlanganda zamburuqlar bilan 
zararlanishini oldini olish uchun, fungitsidlar shimdirilib, ishlov beriladi (zavodda 
tayyorlanish jarayonida). 
GKQ larning har xildagi turlarini ajratib olish uchun, karton qobiqning rangi va 
orqa tomonida, kengligi 5 sm bo`lgan, markirovka yozuvlari yordam beradi, bu 
esa qurilish ob’ektlarida listning to’g`ri montaj qilinishini ta’minlaydi. GKQ 
larning yuza tomonida orasi bir birovidan 25 sm masofada joylashgan, mixlar yoki 
shuruplar bilan mahkamlash nuqtalari belgilab chiqiladi. 
КNAUF korxonalari ishlab chiqaradigan GKQ larning har xildagi turlarini 
ajratib olish belgilari quyidagi standartlar bilan reglamentlanadi: 
Rossiya Federasiyasi GOST 6266-97 
SShA ASTM C36 
Xalqaro standart ISO 6308 


EES SEN 520 
Ukraina DSTU B V.2.7-95-2000 
Bu standartlar GKQ larning yuza va orqa tomon karton qoplamasining, hamda 
listlarning orqa tomoniga yoziladigan markirovkalar ranglarining turlicha 
bo`lishini ko`zda tutadi (2.1.-jadval). 
2.1.- jadval 

Download 16,58 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198




Download 16,58 Mb.
Pdf ko'rish