|
Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлариBog'liq TDPU 2021 mayЗамонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари
РЕСПУБЛИКА МИҚЁСИДА ИЛМИЙ
-
АМАЛИЙ АНЖУМАН МАТЕРИАЛЛАРИ
intellektning real hayotda qo‘llanilishiga va uning rivojlanishuvining jadalashuviga
sababchi bo‘lmoqda. Yani sun’iy intellektni yaratishda umumiylikdan xususiylikga
o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa tarixan yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatishga olib
kelishi mumkin. Yani 1950-yilda, Dormunt konferensiyasida sun’iy intellekt sohasi
bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ko‘zlangan
maqsadlar imkonsiz ish bo‘lganligi anglandi. Bundan tashqari bugungi kunda sun’iy
intellekt mustaqil harakatga keluvchi mehanizm sifatida ko‘ruvchi ko‘plab
yondashuvlar ham olimlar o‘rtasidagi asosiy munozara mavzusi sifatida e’tirof etib
kelinmoqda.
Sun’iy intellekt qisqa davr ichida katta tarixiy jarayonni boshdan kechirdi.
Ammo tahlilchilar tomonidan sun’iy intellekt tarixi qadimgi Rim va Yunonistonga
borib taqalishi e’tirof etiladi. Jumladan qadimgi Yunonistonda insonlar tomonidan
qudrat manbasi sifatida ko‘rilgan hudolar timsolida sun’iy kuchni tasavvur etilshgan.
Bu o‘sha davrda mo‘jizaga ishongan insonlar uchun o‘ziga xos idealogik g‘oyalar
asosida yashashlariga sabab bo‘lgan. Bu muhit bevosita yangi bilimlarning
yaratilishiga va bilimdon insonlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Jumladan Pifagor,
Aristotel, Ptalamey va boshqalar tomonidan o‘sha davr uchun mo‘jiza sifatida qabul
qilingan turli hil ixtirolar qilingan. Bular esa o‘sha davrda insonlar ongida tabiiylikdan
tashqari sun’iylik asosida imkonsizdek tuyilgan ishlarni qilish mumkinligi haqida
yetarlicha g‘oya va qarashlarni yuzaga keltirdi. Sun’iy intellektning keyingi tarixiy
davri inson diniy qarashlari bilan bog‘liq. Yani har qanday dunyoviy ilmlarni
o‘zlashtirishga rag‘bat beruvchi diniy jamoa a’zolari sun’iy intellekt bilan bog‘liq
jarayonlarni rivojlantirishga ma’lum bir hissa qo‘shishgan. O‘rta asrlarda sharqda ilm
fan rivojlanishi va bu keyinchalik g‘arb renesans davriga asos bo‘lishi ham sun’iy
intellekt rivoji uchun muhim voqeadir. Xususan 1666-yil matematik va faylasuf
Gotfrid Leybnits inson fikrlarini ma’lm bir alifbo shakliga keltirish va shu orqali
jumlalarni qismlarga ajratishni taklif etdi. Ramon Lull esa barcha fikrlar nisbatan kam
miqdordagi oddiy tushunchalarning kombinatsiyasidan boshqa narsa emasligini
ta’kidlab,
Dissertatio de arte combinatoria
(Kombinatorial san’at to‘g‘risida) ilmiy
maqolasini nashr etadi. 1726-yilda Jonatan Svift "
Gulliverning sayohatlari" ni
nashr
etadi, unda Dvigatelning tavsifi, Laputa orolidagi mashina (spekulyativ bilimlarni
amaliy va mexanik operatsiyalar bilan takomillashtirish loyihasi).
1763-yil Tomas Bayes voqealar ehtimoli haqida mulohaza yuritish uchun asos
yaratdi. Bayes xulosasi mashinalarni o‘rganishda etakchi yondashuvga aylanadi.
1854-yil Jorj Bul mantiqiy fikrlashni tenglamalar tizimini echish bilan bir xil
tarzda va doimiy ravishda amalga oshirish mumkin ekanligini ta’kidlaydi.
1898-yilda Madison Square Garden arenasida o‘tkazilgan elektr ko‘rgazmasida
Nikola Tesla dunyodagi birinchi radio boshqariladigan kemani namoyish qildi
.
1914 yil Ispaniyalik muhandis Leonardo Torres va Quevedo odamlarning
aralashuvisiz shaxmat o‘ynaydigan mashinani namoyish etdi.
1921 yil chex yozuvchisi Karel Lapek RUR (Rossumning Universal
Robotlar) badiiy kitobida "robot" so‘zini ilk bor qo‘lladi. "Robot" so‘zi "robota" (ish)
so‘zidan kelib chiqqan.
1927 yil
Metropolis
ilmiy-fantastik filmi chiqdi. Unda 2026 yilgi Berlindagi
betartiblikni keltirib chiqaradigan dehqon qizi Mariyaning robot nusxasi tasvirlangan
|
| |