|
SUN’IY INTELLEKT VA UNING RIVOJLANISH TARIXIBog'liq TDPU 2021 maySUN’IY INTELLEKT VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
TDPU Informatika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Tel: 99-554-55-74. Elektron pochta: ilm2025@mail.ru
Bugun insoniyatning aqliy taraqqiyoti yangi, o‘ziga hos bosqichga o‘tmoqda. Bu
bosqich bevosita inson kabi aql-idrokga ega bo‘lgan mashinalarni yaratish va uni
jamiyatning barcha sohalariga jadal tadbiq etish bilan chambarchas bog‘liq. Yangi
turdagi mashinalarning asosiy quroli bu ulardagi sun’iy idrok hisoblanadi va mashina
salohiyatini belgilovchi asosiy omil sifatida e’trof etiladi. Sun’iy intellektni yaxshiroq
anglash uchun olimlar tomonidan unga berilgan ta’rif bilan tanishib chiqishimiz
maqsadga muvofiq. Sun’iy intellekga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lsada hech bir ta’rif
umum e’trof etish uchun yakdillik bilan qabul qilinmagan. Ammo, bugungi kunda
sun’iy intellektga umumiy ma’nosi o‘xshash bo‘lgan ta’riflar mavjud. XX asr
ohirlarida sun’iy intellekt haqidagi aksariyat keraksiz yondashuv va ta’riflardan voz
kechildi. Biroq inson aql-idroki sun’iy idrok uchun asosiy na’muna sifatida saqlanib
qoldi. Maqsad inson aql-idrokiga tayanib mashinaning ish jarayonlarni
avtomatlashtirish va shu orqali mashinalarda aqlli odamlarning xatti-harakatlarini
ko‘paytirish edi. Ammo, bugungi kunda sun’iy intellektga yangicha yondashuv paydo
bo‘lmoqda. Jumladan ko‘pchilik tadqiqotchilar sun’iy intellekni odamga o‘xshash
emas, balki har qanday usuldan foydalangan holda murakkab muammoli sohalarda
yoki jarayonlarda yaxshi ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishni
nazarda tutuvchi g‘oyalarni ilgari surishmoqda.
15
Bu kabi yondashuvlar sun’iy
14
Железняк В.А. Урок по теме «Двоичное кодирование звуковой информации». // Ж. «Информатика и
образование» №6/2007. – С. 81-89.
15
Floridi L. “The 4
th
revolution how the info sphere is reshaping human reality” Oxford: Oxford Unversity Press.
(2016)
|
| |