|
Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлариBog'liq TDPU 2021 mayЗамонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари
РЕСПУБЛИКА МИҚЁСИДА ИЛМИЙ
-
АМАЛИЙ АНЖУМАН МАТЕРИАЛЛАРИ
Sedolni mag‘lub etdi. Dastur bu natijaga mustaqil o‘zini-o‘zi rivojlantirish orqali
erishdi.
2016-yil Sofiya ismli odamsimon robot Hanson Robotics tomonidan ishlab
chiqildi. U birinchi fuqaro maqomiga ega bo‘lgan robot hisoblanadi. Sofiyaning
avvalgi gumanoidlardan farqli jixatlari, uni ko‘rish qobiliyati (tasvirni aniqlash), yuz
ifodalarini yaratish (mimika) va sun’iy intellekt orqali insonlar bilan aloqa qilish
qobiliyati hisoblanadi. Bugungi kunda bu turdagi robotlar keng ko‘lamda ishlab
chiqilmoqda.
2017-yil
Facebook Sun’iy intellekt tadqiqotlari laboratoriyasida ikkita chat-
botlarga bir-biri bilan muloqot qilish o‘rgatildi. Biroq, chat-botlar suhbatlashish
jarayonida inson tilidan farqli tilni yaratshdi va unda suxbat qurishdi. Bu kutilmagan
natija edi. Yani mashinani o‘qitish texnologiyasining yangi muloqat tilini yaratish kabi
murakkab ishlarni amalga oshirishi ko‘pchilik olimlarni hayratda qoldirdi.
2018-yil
Alibaba kompaniyasi tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyasini o‘z
platformasiga joriy etdi. U Stenford tomonidan taqdim etilgan tabiiy tilni qayta ishlash
texnologiyasidan yaxshiroq natijalarni taqdim etishi bilan sohani yangi bosqichga olib
chiqdi.
2018-yil
Google tomonidan Google translate loyhasini rivojlantirdi. Unda sun’iy
neyron tarmoqlarini qo‘llagan holda qo‘shimcha hizmatlar bilan boyitdi. Jumladan
loyhada BERT texnologiyasini ishlab chiqdi. BERT universal va mustaqil tabiiy
tillarni tarjima qilish vositasi sifatida e’tirof etildi.
2018-yil
Samsung virtual yordamchi Bixbyni keng jamoatchilikga taqdim etdi.
Bixbyi foydalanuvchi bilan suhbatlashish va savollarga javob berishi, qo‘shimcha
tavsiya va takliflar taqdim etishi imkoniyatiga ega ovozli va visual ko‘rish imkoniyati
bilan boyitilgan sun’iy intellekt dasturi hisoblanadi.
Hozirda Google, Facebook, IBM va Microsoft kabi yirik texnologik korxonalar
bir qator sun’iy intellekt loyhalari ustida ish olib borishmoqda. Bunda asosiy e’tibor
tahlilchi chat-botlarga qaratilgan. Bunday chat-botlar universal imkoniyat bilan katta
hajmdagi axborotlarni tezkor tahlil qilishi, foydalanuvchilar bilan ishlash orqali ular
hohish-istaklarini prognoz qilishi va eng maqbul hizmatlarni avtomatik taqdim etish
kabi funksiyalarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari davlat tashkilotlari tomonidan
moliyalashtirilayotgan bir qancha yirik sun’iy intellekt loyhalari mavjud. Bu
loyhalarning asosiy e’tibori inson aqliga taqlid qiluvchi sun’iy idrokni yaratish va uni
ma’lum bir sohalarda muvafaqiyatli qo‘llash orqali jamiyat hayotini yaxshilashga
qaratilgandir. Umuman olganda bugungi kunda moliya, huquq, savdo, ishlab chiqarish
sohalaridagi ilg‘or texnologiyalarda sun’iy intellektning ma’lum bir elementlari
qo‘llanilmoqda. Kelgusida bu mashtabni kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligida va
jamiyat hayotidagi moddiy boyliklarni taqsimlashda ham faol qo‘llash orqali
kambag‘alikni yo‘qotish ko‘zda tutilgan. Insonlar tomonidan qadrlanmayotgan ammo
qiymati bahosiz bo‘lgan moddiy resurslarni tejash va uni jamiyatlar o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash ham sun’iy intallekt texnologiyalaridan kutilayotgan natijalar qatoriga
kiradi.
|
| |