|
Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлариBog'liq TDPU 2021 mayЗамонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари
РЕСПУБЛИКА МИҚЁСИДА ИЛМИЙ
-
АМАЛИЙ АНЖУМАН МАТЕРИАЛЛАРИ
1964-yil Deniel Bobrou nomzodlik dissertatsiyasida tabiiy tilni qayta ishlash
sohasidagi ilk tadqiqot ishlaridan birini olib bordi va Student nomli kompyuter
dasturini ishlab chiqdi.
1965-yil Gerbert Saymon bevosita o‘sha davr ilmiy ruhidan kelib chiqgan holda
katta bashoratni e’lon qildi. Uning fikricha "mashinalar yigirma yil ichida inson qilishi
mumkin bo‘lgan har qanday ishni bajara oladi". Bu o‘sha davr uchun olamshumul fikr
edi.
1965-yil Xubert Dreyfus, Gerbert Saymon fikrini inkor etdi. Uning fikricha
inson aqli kompyuterga o‘xshamasligini, kompyuter ma’lum bir chegara doirasida
vazifalarni bajarishini va sun’iy intellekt taraqqiyotini shubha ostiga oladi.
1965-yil Jozef Vayzenbaum har qanday mavzuda ingliz tilida dialog olib
boradigan ELIZA interaktiv dasturini ishlab chiqadi.
1966-yil Shakey robot yaratildi. Shakey o‘z harakatlari haqida mulohaza yurita
oladigan birinchi mobil robot hisoblanadi. Ko‘plab ilmiy manbalar Shakeyni birinchi
elektron shaxs deya e’tirof etadi. Robot yaratuvchilaridan biri bo‘lgan Mrvin Minskiy
Shakey roboti sakkiz yil ichida inson kabi tafakkurga ega bo‘lishiga va’da beradi.
Ammo uning fikrlari yanglish ekanligini keyinchalik o‘z isbotini topdi.
1968-yil Terri Vinograd tabiiy tilni erta anglaydigan kompyuter dasturi
SHRDLU-ni ishlab chiqdi. Dastur inson bilan soda tushinchalar asosida muloqot olib
borishi mumkin edi.
1969-Artur Bryson va Yu Chi Ho Yayılım nomli ko‘p bosqichli dinamik
tizimlarni optimallashtirish usuli yaratishdi. Ko‘p qatlamli sun’iy neyron tarmoqlarini
o‘rganish algoritmi 2000 va 2010 yillarda chuqur o‘rganish texnologiyasining
muvaffaqiyatli bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.
1970 yil-Yaponiyaning Vaseda universitetida WABOT-1 nomli birinchi
antropomorfik robot yaratildi. U oyoq-qo‘llarni boshqarish, ko‘rish va suhbatlashish
tizimlaridan iborat edi.
1972-yil Birinchi ekspert tizimi Stenford Universitetida ishlab chiqildi.
1973-yil Jeyms Laythill davlat tomonidan moliyalashtirilgan sun’iy intellekt
tadqiqotlari bo‘yicha Britaniyaning Ilmiy tadqiqotlar kengashiga hisobot berdi.
Hisobotda "shu vaqtgacha amalga oshirilgan kashfiyotlar va’da qilingan katta
natijalarni bermaganligini e’tirof etdi" va bu sun’iy intellekt tadqiqotlarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining keskin kamayishiga olib keladi.
Natijada soha taraqqiyoti bir muncha sekinlashdi.
1979-yil Stenford unversitetida yaratilgan avto aravacha
taxminan besh soat ichida stul bilan to‘ldirilgan xonani odamlarning
aralashuvisiz kesib o‘tdi. Bu jarayon murakkab detektorlar yordamida
bajarildi.
1980-yil Yaponiyaning Vaseda universitetida WABOT-2
roboti yaratildi. U odam bilan muloqot qilish va musiqiy kuylarni ijro
etishga qodir gumanoid robot sifatida mashhurlikga erishdi.
1981-yil Yaponiyada "Beshinchi avlod kompyuterlari" loyihasini amalga
oshirishga kirishildi. Loyihaning maqsadi odamlarga o‘xshab suhbatlashadigan, tillarni
tarjima qiladigan, rasmlarni tahlil qiladigan va fikr yuritadigan kompyuterlarni ishlab
chiqish edi.
WBOT-2
|
| |