Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana18.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#243336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TDPU 2021 may

Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари
РЕСПУБЛИКА МИҚЁСИДА ИЛМИЙ
-
АМАЛИЙ АНЖУМАН МАТЕРИАЛЛАРИ
edi. Film keyinchalik fantastic filmlar uchun na’muna bo‘lib hizmat qildi. Bu orqali 
keng omma e’tibori sun’iy intellektga qaratildi va soha rivojlanishi jarayoni 
jadalashuviga olib keldi. 
1929-yil Makoto Nishimura Yaponiyada birinchi rorbotni yaratdi. U yuz 
ko‘rinishini o‘zgartirishi va havo bosimi mexanizmi orqali boshini va qo‘llarini 
harakatga keltirishi mumkin edi. 
1943-yilda Uorren S. va Uolter Pits "Asabiy faoliyatda doimiy g‘oyalarning 
mantiqiy hisobi"nomli ilmiy maqolani nashr etdi. Maqolada idealizatsiya qilingan va 
soddalashtirilgan sun’iy "neyronlar"ning tarmoqlari va ularning oddiy mantiqiy 
funktsiyalarni qanday bajarishlari haqida bahs yuritgan. Shuningdek unda 
kompyuterga asoslangan "nerv tarmoqlari" (va keyinchalik "chuqur o‘rganishga asos 
bo‘lgan") yani inson miyasiga taqlid qilish haqida atroflicha fikrlar taqdim etilgan. 
1949-yil Edmund Berkli "
Gigant miyalar: yoki o‘ylaydigan mashinalar" nomli 
maqolasini 
nashr etadi. Unda quydagilar e’tirof etilgan: "So‘nggi paytlarda juda katta 
tezlik va mahorat bilan ishlay oladigan g‘alati ulkan mashinalar haqida yangiliklar 
paydo bo‘ldi. Bu mashinalar inson miyasiga o‘xshash tafakkur mehanizimiga ega. 
Agar u go‘sht va nerv tarmog‘i o‘rniga apparat va simdan yasalgan bo‘lsa albatta 
mashina qiyinchiliksiz ma’lumotni boshqara oladi; u hisoblashi, xulosa qilishi va 
tanlashi mumkin; u ma’lumot bilan oqilona operatsiyalarni bajarishi mumkin. Shunday 
qilib, mashina inson kabi o‘ylay oladi ". 
1950-yil Klod Shannonning "Shaxmat o‘ynash uchun kompyuterni dasturlash" 
maqolasi chop etildi. Bu shaxmat o‘ynaydigan kompyuter dasturini ishlab chiqishga 
bag‘ishlangan birinchi maqola edi. 
1950-yil Alan Tyuring "Hisoblash texnikasi va intellekti" nomi maqolasini nashr 
etdi, unda u sun’iy intellektni aniqlovchi texnologiyani taklif etadi, keyinchalik bu 
texnologiya "Tyuring testi" deb nomlandi. 
1951-yil Marvin Minskiy va Dekan Edmunds 3000 ta vakuumli naychadan 
foydalanib, 40 ta neyrondan iborat tarmoqni simulyatsiya qilish uchun SNARC 
(Stochastic Neural Analog Reimforc Calculator) ni yaratdilar. Yani birinchi neyron 
taroqning modeli tuzildi. 
1952-yil Artur Samuel birinchi bo‘lib kompyuterda shashka o‘ynash dasturini 
ishlab chiqdi. Unda harakatlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati ham bor edi. 
1955-yil 31-avgustda "sun’iy intellekt" atamasi Jon Makkarti (Dartmut kolleji), 
Marvin Minskiy (Garvard universiteti), Nataniel Rochester (IBM) tomonidan taklif 
etildi. 
1958 yil Jon Makkarti Lisp dasturlash tilini ishlab chiqadi, bu sun’iy intellekt 
tadqiqotlarida ishlatiladigan eng mashhur dasturlash tiliga aylanadi. 
1959-yil Artur Semyuel "mashinani o‘qitish" atamasini fanga kiritdi. U o‘zi 
yaratgan dastur (shashka o‘yini uchun) mustaqil ravishda o‘rganish imkoniyatiga ega 
ekanligini e’tirof etdi. Bu o‘rganish vaqti kelib insondan ko‘ra kuchli bilimga ega 
bo‘lishini nazariy tahlil qiladi. 
1961-yil Unimate nomli birinchi sanoat roboti Nyu-Jersidagi General Motors 
zavodida ishlay boshlaydi. 


 
41 

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Замонавий информатиканинг долзарб муаммолари: ўтмиш тажрибаси, истиқболлари

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish