|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 31/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge Kirish
Maqsadni ifodalab beruvchi multimedia taqdimotlarini yarata olish juda qimmatli ko‘nikma
hisoblanadi. Masalan, kelajakda koʻplab kasbiy faoliyat turlari va universitet kurslarida oʻzingiz
haqingizda, shuningdek, tegishli mahsulotlar, xizmatlar yoki mavzular haqida axborotlar taqdim
etishda yordam berishi uchun taqdimot yaratishingizni soʻrashlari mumkin.
Multimediali taqdimot yaratish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘yish juda oson ekan achinarli holat.
Chunki bunday taqdimotlarda slaydlar almashinishi uchun
o‘tish effektlari va animatsiyalardan
haddan ziyod ko‘p foydalanish taqdimotni tushunarsiz va chalkash holatga olib kelishi mumkin.
Agar multimedia elementlari, jumladan, slayd o‘tishlari va animatsiyalardan toʻgʻri va samarali
foydalanishni bilib olsangiz, bu taqdimotingizni yanada jozibali, qiziqarli va rasmiyroq koʻrinish
berishi mumkin.
Siz auditoriyangizni zeriktirish yoki chalgʻitish oʻrniga ularning diqqatini jalb qilish uchun bu
elementlardan qanday qilib samarali foydalanishni oʻrganib olasiz. Bundan tashqari, o‘tish
va animatsiyalarni tanlay olish hamda ushbu
effektlarga turli vaqt sozlamalari kabi har xil
triggerlarni yaratish imkonini ham beradi. Shuningdek, taqdimot uchun loyiha xususiyatlariga
mos keluvchi shaklda reja tuzishni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar sizga qiziqarli va yaxshi
formatlangan multimediali taqdimot yaratish imkonini beradi.
Multimedia:
taqdimotga qoʻshish
mumkin boʻlgan
elementlar, jumladan,
animatsiya, audio va
video.
O‘tish effekti: bir
slayddan keyingi
slaydga oʻtish uchun
foydalaniladigan
animatsiya.
Animatsiya:
slayddagi matn va
tasvirlarga qoʻshish
mumkin boʻlgan turli
harakatlar.
Trigger: animatsiyani
boshlash uchun
tugma
|
| |