Slaydga oʻtish effektlarini qoʻshish




Download 38,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/112
Sana21.11.2023
Hajmi38,32 Mb.
#102461
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
7-sinf Informatika kitobi Cambridge

40
Slaydga oʻtish effektlarini qoʻshish
Slayd oʻtish effekti – bir slayddan boshqasiga oʻtishda yordam beradigan animatsiya turi. 
Slayd o‘tish effektlari taqdimotni yanada qiziqarli bo‘lishiga va 
auditoriya e’tiborini jalb 
qilishga yordam beradi. Auditoriya kontentni tushunishi va uni to‘liq anglab olishini istasangiz
auditoriyani qiziqtirish juda muhimdir.
Esingizda bo‘lsin, juda ko‘p turli o‘tish effektlari auditoriyani chalg‘itishi mumkin. Buning uchun 
faqat bitta yoki ikki xil effektni tanlash samaralidir. Auditoriyangizni uzoq kuttirib qoʻymaslik 
uchun slaydni o‘tish effektlarini almashtirish vaqtlarini sozlaganingizga ishonch hosil qiling. 
Slaydlarning juda tez o‘tishi ham auditoriya uchun qiyinlik qilishi mumkin. Chunki ular kontentni 
berilgan vaqt ichida oʻqiy olishga ulgurmay qoladi.
Slaydga oʻtish effektini qoʻshsangiz, u slaydning boshiga qoʻshiladi. Shuning uchun slayd chiqishi 
bilan oʻtish ishga tushadi. Siz kerakli slaydni tanlashingiz hamda 
Transitions
menyu oynasi 
orqali kerakli slaydga o‘tish effektini qo‘shishingiz mumkin.
Shuningdek, slayd o‘tish bo‘limi “Transitions to This Slide”ning oxiridagi kichik belgini bosish 
orqali slayd o‘tish effektlarining to‘liq namunalari ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. 
Doʻstingiz fotosuratda mavjudligi tufayli bu tasvir sizga tegishli boʻlsa ham taqdimotda 
undan foydalanish uchun doʻstingizning ruxsati kerak. Doʻstingizdan tasvirdan foydalanish 
uchun ruxsat oling. Bu 
axloqiy xulq-atvor uchun yaxshi namuna bo‘ladi.
Axloqiy xulq-atvor: 
axloqiy tamoyillarni 
koʻrsatadigan xatti-
harakatlar. Bunga 
yaxshi xulq-atvor 
sifatida qaraladi.
Kalit so‘z
Auditoriya: 
taqdimotni tomosha 
qiluvchi insonlar.
Kalit so‘z
2-amaliy ko‘nikma



Download 38,32 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Download 38,32 Mb.
Pdf ko'rish