118
7. Keyingi paydo bo‘lgan oynadan
Close tugmasini bosing.
Endi sizda jadvalingizdagi maʼlumotlar kiritilgan Microsoft Word fayli paydo bo‘ladi.
3-usul: ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda email xatini yaratish
Agar bir qancha insonlarga yuborilishi kerak boʻlgan xat yozsangiz, har bir xatga faqat bir kishining
ismi va manzilini kiritishni xohlaysiz. Agar nusxa olish va joylash funksiyasidan foydalansangiz, har bir
kishining maʼlumotlarini birma-bir nusxalashingiz kerak boʻladi. Masalan, maktab rahbariyati barcha
oʻquvchilarning ota-onalar va vasiylarga maktab oʻyinlari haqida xabar beruvchi xat yuborishi kerak.
Maktab har bir xatda faqat bir ota-ona yoki vasiyning ismi va manzili boʻlishini xohlaydi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda e-pochta xatini yaratishda maʼlumotlar bazangizdagi
har bir yozuv uchun hujjatning faqat bir nusxasi olinadi. Har bir inson bir yangi yozuv, shunday
ekan, kishi boshiga bittadan hujjat yuboriladi.
Bu axborotdan faqat xat yuborish uchun emas, undan har bir inson uchun shaxsiy belgi, plakat
yoki sertifikat yaratishda ularning ismini yozish uchun ham foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda e-pochta xatini yaratish uchun quyidagi oʻn bosqichdagi
amallar ketma-ketligini bajarishingiz kerak: