119
4
Ma’lumotlar bazasiga
qayta ishlov berish
11 <= 10 bu yolgʻon, chunki 11 raqami 10 dan kam emas va u 10
ga teng ham
emas.
19 >= 20 bu yolgʻon, chunki 19 raqami 20 dan katta emas va u 20 ga teng ham
emas.
20 >= 20 rost, chunki 20 raqami 20 ga teng.
21 >= 20 bu rost, chunki 21 raqami 20 dan katta.
Boʻyi 164 sm dan past yoki teng boʻlgan barcha
superqahramonlarni topish
uchun soʻrov yarating.
05/05/1995 sanasida yoki undan keyin (>=) tugʻilgan
barcha
superqahramonlarni topish uchun soʻrov yarating.
Yakuniy loyiha – Yangi mavjudotlar!
Hozirgina kimsasiz orolda yashaydigan bir guruh jonzotlar kashf etildi! Bu
mavjudotlarning ikkitasi quyida tasvirlangan.
Iggily kuchuk quruqlikda yashovchi hayvon boʻlib, uning sakkizta oyogʻi bor.
U qizil
va qora hamda faqat bitta koʻzi bor. Topilgan Iggily kuchukning uzunligi – 110 sm
bo‘yi – 55 sm va vazni – 6 kg. Iggily kuchuk okeanda suzayotgani kuzatilgan.
Kimmaeel suv hayvoni. Uning oyoqlari yoʻq. Shunki u okeanda suzadi va yashaydi.
Kimmaeel atigi 8 sm uzunlikda va balandligi – 1,5 sm, vazni esa 0,1 kg. Kimmaeel
pushti va kulrangdir.
1-mashg‘ulot
Tasavvurimizdagi mavjudotlar haqidagi axborotlarni
saqlash uchun kerakli
maydonlarni aniqlang.
120
2-mashg‘ulot
Aniqlagan maydonlaringiz uchun eng mos keluvchi maʼlumot turlarini aniqlang.
3-mashg‘ulot
Oʻqituvchi tomonidan berilgan “imaginaryCreatures.accdb” maʼlumotlar
bazasini
oching. Mavjudotlar jadvalini oching. Maʼlumotlar
bazasiga Iggily kuchuk va
Kimmaeel haqidagi axborotlarni kiriting.
4-mashg‘ulot
Maʼlumotlar bazasiga yana oʻnta mavjudot kiriting.
5-mashg‘ulot
Quyidagi savollarga javob topish uchun soʻrovlar yarating: