123
5
Dasturlashni oʻrganish
Boshlashdan avval
Quyidagilarni
bajara olishingiz kerak
• Scratch dasturida spraytni surish va ma’lum burchakka
burish kabi spraytni
boshqarish amallarini bajarish;
• Scratchda yaratilgan dasturlarni saqlash
va mavjudlarini ocha olish;
• blok-sxema tushunchasiga ega bo‘lish va dastur
tuzishda undan foydalana olish;
• blok-sxemalarni yarata olish;
• burchak tushunchasiga ega boʻlish hamda shakllarning
burchaklarini hisoblay
olish.
Kirish
Scratch – spraytlar deb atalgan xarakterlarni boshqarish
uchun sodda dasturlarni
yozishga imkon beruvchi dastur turi. Dastur kodi bloklarini
ketma-ket yoki ichma-
ich joylashtirish
orqali hosil qilinadi, undagi ma’lumot qiymatlarini (masalan,
sprayt
oldinga qancha harakatlanishi kerak kabilarni) tahrirlash imkoniyatini ham beradi.