Sarlovha qismi paketning uzatilish signali, manba manzili, makon manzili,  uzatishni sinxronlash kabilarni o‗z ichiga oladi.  Ma’lumot




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana22.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#126392
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
61e54be6345e45.35724858

Sarlovha qismi paketning uzatilish signali, manba manzili, makon manzili, 
uzatishni sinxronlash kabilarni o‗z ichiga oladi. 
Ma’lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‗ljallangan ma‘lumotlardan 
iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5— 4 Kb bo‗lishi mumkin.
Treyler qismi ko‗p hollarda xatoliklarni tekshirishga mo‗ljallangan (misol 
uchun, siklik kod yordamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelining amaliy 
pog‗onasida boshlanadi. Uzatish mo‗ljallangan axborot yuqori (amaliy 
pog‗onasi)dan quyi pog‗onaga yetkaziladi va har bir pog‗ona ma‘lumot qismiga 
tegishli axborotni qo‗shadi. 
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik 
qismlarga — paketlarga bo‗linadi. Ma‘lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy 
uzatish birligi hisoblanadi.
Katta hajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo‗linishi tarmoqda ma‘lumot 
uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi.
Xabarlar turli uzunlikga ega bo‗lishi mumkin — bir necha baytdan o‗nlab 
megabaytgacha, paketlar esa o‗zgaruvchan uzunlikka ega bo‗lishlari mumkin. 
Har bir paket kerakli qurilmaga yetib borishi uchun manzil axboroti 
belgilangan sarlovha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo‗lishi 
mumkin va quyidagilarni o‗z tarkibiga olishi shart: 
- uzatuvchini ifodalaydigan manba manzili; 
- uzatilayotgan ma‘lumotlar; 
- qabul qiluvchining manzili
- tarmoq vositalariga ma‘lumot uzatilishi lozim bo‗lgan marshrut axboroti; 
- xabarni dastlabki ko‗rinishda taqdim etuvchi axborot; 
- uzatish aniqligini ta‘minlovchi xatoliklarni tekshirish axboroti. 
Paketlar kommutatsiyasida uzatilayotgan axborot bir nechta maxsus porsiya-


36 
paketlarga bo‗linadi va bir - biriga bog‗liq bo‗lmagan holda uzatiladi. Shuning 
uchun paketlar uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishida bir necha yo‗llardan 
uzatilishi mumkin.
Kanallar kommutatsiyasidan farqi ―saqla va uzat‖ uslubi bilan ishlaydi. 
Ma‘lumotlarni uzatishni davom ettirishdan avval uzatilgan paketlarni saqlab oladi. 
Bu usulda paketlarni uzatish bir qator yutuqlarga olib keladi, tarmoq resurslaridan 
oqilona foydalanish, paketlarni kechikmasligi (aloqa seansini o‗rnatish bilan 
bog‗liq), biroq paketlarni tarmoq taklif etayotgan turli yo‗llar orqali marshrutlash 
uchun ma‘lum vaqt talab qilinadi.
Paketlar kommutatsiyasida uzatish vaqtida resurslardan faydalanish uchun 
raqobat vujudga keladi. O‗z navbatida bu tirbandlikni hosil qiladi. Bunday vaqtda 
paketlar tarmoqda uzatilishi uchun o‗z navbatini kutadi (2.3 – rasm). 
2.3 – rasm. Paketlarni tarmoqda har xil yo‗llar orqali uzatilishi 


37 
Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi. Paketli 
kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‗lib, 
unda paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‗lganda, 
paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi.  

Download 3,37 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sarlovha qismi paketning uzatilish signali, manba manzili, makon manzili,  uzatishni sinxronlash kabilarni o‗z ichiga oladi.  Ma’lumot

Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish