• Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari
  • Paketli kommutatsiyaning afzalliklari




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/54
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #126392
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
    Bog'liq
    61e54be6345e45.35724858

    Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: 
    - pulsatsiyali trafikni uzatishda tarmoqning o‗tkazish 
    qobiliyatini oshirish imkoniyatini beradi; 
    - foydalanuvchilararo trafik xolatini inobatga olgan holda, tarmoq 
    sharoitiga nisbatan fizik kanallarning o‗tkazish qobiliyatini taqsimlash 
    imkoniyatini beradi. 
    Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: 
    - kommutatorlarning buferlaridagi xalaqit tarmoq xolatiga bog‗liq
    bo‗lganligi sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligining noaniqligi
    - ma‘lumot paketlarining o‗zgaruvchanligi; 
    - buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma‘lumotlar 
    (paketlar)ni yo‗qolishi. 
    Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo‗llaniladi (Quality 
    of Service (QoS) kabi). Bunday usullar qo‗llanilishi sababli paketlar 
    kommutatsiyasi hozirgi kunda yuqori tezlikli tarmoqlarni tashkil etishda eng 
    samarali deb tan olingan. 
    Paketli kommutatsiya tarmoqlari ikki xil ishlash tartibiga ega: virtual 
    kanallar tartibi (ulanish orqali aloqa) va deytagrammali tartib (ulanishsiz aloqa).
    Paketli 
    kommutatsiya 
    kommutatorining 
    kanallar 
    kommutatsiyasi 
    kommutatoridan farqi kommutatorning chiqish porti paket qabul qilingan vaqtda 
    boshqa paketni uzatish bilan band bo‗lganda paketlarni vaqtinchalik saqlab turish 
    uchun ichki bufer xotirasiga egaligidir.
    Ma‘lumotlarni uzatishning bunday sxemasi magistral aloqada kommutatorlar 
    orasida trafik pulsatsiyasini kamaytirishga va shu orqali ularni tarmoq o‗tkazish 
    qobiliyatidan yanada samaraliroq foydalanishga imkon beradi.
    Tarmoqda birlik vaqt mobaynida paketlar kommutatsiyasi usulini qo‗llab 


    38 
    uzatiladigan 
    kompyuter 
    ma‘lumotlarining 
    umumiy 
    hajmi 
    kanallar 
    kommutatsiyasini qo‗llab uzatiladigan ma‘lumotlar hajmiga nisbatan ko‗proq 
    bo‗ladi. Buning sababi, katta sonlar qonuniga ko‗ra alohida abonentlar pulsatsiyasi 
    vaqt bo‗yicha shunday taqsimlanadiki, ularning maksimal qiymatlari bir-biriga 
    mos kelmaydi, shuning uchun kommutatorlar, agar xizmat ko‗rsatilayotgan 
    abonentlar soni haqiqatdan ham ko‗p bo‗lsa, doimiy va yetarli pog‗onada bir 
    maromda yuklangan bo‗ladi.

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish