Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning




Download 488,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.01.2024
Hajmi488,79 Kb.
#137751
1   2   3   4
Bog'liq
Camtasia studio dasturi imkoniyatlarini o`rganish bo`yicha uslubiy ko`rsatma

2.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning 
nazariy asoslari 
Respublikada elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan 
axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib 
o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron 
adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan 
tadqiq etilmoqda. 2006 yildan e'tiboran, elektron o‘quv adabiyotlaridan 
foydalanishning uchinchi bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari 
uchun elektron darslikni yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash 
bo‘yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, 
uning to`zilishi, o‘z ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga 
solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron o‘quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o‘quv 
jarayonida keng foydalanish bosqichiga o‘tishda, o‘quv adabiyotlarining yangi 
avlodini ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi 
kunning dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish 
muhim masala hisoblanadi. Shu o‘rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o‘tsak 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Darslik - Davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik 
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol qoyasi singdirilgai, muayyan o‘quv 
fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal 
o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo‘nalishdarida foydalanish 
imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. Elektron darslik esa
kompyuter texnologiyasiga asoslangin o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim 
olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama 
samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidgi shakllarda ifodalanadi: 
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallari verbal 
(matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia (multimedia —turli xil 
aborot) qo‘llanmalar, yani ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, 
video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi, 



seziladigan) xususiyatli, o‘quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida» 
stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan 
qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda. 
Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini 
o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va tarqatishdan iborat. Bu yo‘nalishda 
asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o‘z ichiga olgan bilimlar omborini 
yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq 
etilishi an'anaviy o‘qitish jarayonidan o‘quvchining o‘zi ta'lim jarayonining 
borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o‘tishini ta'minlaydi. Elektron darsliklardan 
foydalangan holda tashkil etilgan o‘qitish texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida 
keskin o‘zgarish qilishga qodir. Ko‘pchilik iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining 
qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar.
Ta'limning bunday tizimida maktab va oliy ta'lim o‘qituvchilari bilimlarini 
o‘quvchilarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to‘g`ri keladi. 
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim 
yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Elektron darslikni yaratish borasida anchagina 
ishlar qilinayotgan bo‘lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega 
bo‘lishdek ochiq tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday 
kamchiliklar asta-sekin yo‘qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda 
murakkab jarayondir. Ta'lim texnologiyasi qo‘llaniladigan o‘quv jarayoni 
markazida o‘quvchi, texnologiya qo‘llanish mazmunida o‘quvchilarning mustaqil 
ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv faoliyati asosida o‘qituvchi 
bilan o‘quvchining hamkorligi yotadi. Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun 
emas, balki shaxs bilan ishlashga mo‘ljallangan. O‘quvchi o‘zining qobiliyati, 
fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. 
Elektron darslik o‘quvchining bilim olishini vaqt bo‘yicha chegaralamaydi. 
Shuning uchun ham o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqti o‘quvchining hoxishiga 
ko‘ra qisqarishi yoki o`zayishi mumkin. Elektron darslik o‘quvchilarga axborotni 



o‘qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga 
mo‘ljallangan vazifalarii bajarish, o‘z bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, 
ularni to‘ldirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi 
mumkin. Elektron darslik o‘z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya 
mashg‘ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi va bir vaqtda o‘zida bilim berish va 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo‘lishi 
kerak. Boshqacha qilib aytganda, u kursning asosiy axborotli qismini bayon 
etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi, olingan bilimlarni mustahkamlashga 
mo‘ljallangan mashqlar, o‘quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini 
beradigan testlar kabi uchta komponent bo‘lishini talab etadi. Kompyuterga 
mo‘ljallangan darslik: bir zumda teskari aloqani ta'minlashi; zarur axborotni 
tezlikda topishga yordam berishi; gipermatnli tushuntirishlarga ko‘p marta 
murojaat qilishda vaqtni tejashi; ekranga matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqaribgina 
qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va 
modellashtirishi; aniq bir bo‘lim bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish; zarur o‘quv 
axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan 
tubdan farq qiladi. Elektron darslik, shuningdek, o‘quv materiallarini ilmiy va 
ko‘rgazmali qilib tasvirlash; tahliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to‘la, tizimli va 
mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o‘quv materialini bir tizimda berish va 
faollashtirish 
kabi 
muammoli; 
o‘quv 
materialini 
o‘zlashtirilishining 
mustahkamligi; 
ta'limni 
differentsiallashgan 
va 
individuallashtirilganligi; 
moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psihologo- pedagogik; to‘la 
didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limning interfaolligi, teskari aloqa, o‘z-o‘zini 
boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va 
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil faoliyat jarayonida darslik bilan ishlash 
imkoniyati; ishlashda qulaylik; katta xajmdagi axborotni saqlashning osonligi va 
o‘quv adabiyoti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarning (masalan, 
kompyuterlarning) mavjudligi kabi tashkiliy- texnologiik imkoniyatlar bo‘lishini 
taqozo etadi. Nashr etilgan o‘quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik 



imkoniyatlari an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar tajribada qiuoslab ko‘ilganda, eng ko‘zga ko‘ringan belgilarni oxirgi 
tur (multimediali) o‘quv qo‘llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. 
Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida 
foydalanish uchun mo‘ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega 
bo‘lmog‘i lozim:
predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi;
o‘quv predmetining to`zilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, 
audio va videoizoxlarga asosiy mavzularning mos kelishi;
matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning asosiy bo‘limlari 
bo‘yicha o‘qituvchilarning o‘quv materiallarining video yoki audio yozuvli 
bayonlarini berilishi;
rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo‘lishi va 
bunda gipergrafikadan foydalanilishi;
ko‘p oynalik interfeysning qo‘llanilishi; matn qismlarida zarur manbalarga 
murojaat etishga mo‘ljallangan gipermatn tizimining mavjudligi;
matn bilan tushuntirish kiyin bo‘lgan predmetning boblari kushimcha 
videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi;
audioaxborotlar musika bilan olib borilishi; o‘quvchilar sinf va sinfdan 
tashqarida bajarishi kerak bo‘lgan vazifa va mashqlarning, shuningdek, ularning 
javoblarining berilishi;
asosiy tushuncha va modullarning izohli lug‘atining mavjudligi bilan 
an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.




Download 488,79 Kb.
1   2   3   4




Download 488,79 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning

Download 488,79 Kb.
Pdf ko'rish