2.2. Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv
jarayoniga joriy etish.
Dasturlash asoslarini o‘rgatish umumta’lim tizimidagi o`quvchilarni
tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad,
olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish uchun
fundament hosil qilishdan iborat. Masalan, axborot tizimlari, axborot tizimlarini
loyihalash, informatika va dasturlash usullari bo‘yicha yuqori darajali bilimlarni
olishga imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ushbu maqolada yuqorida keltirilgan dastur
natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizim va undan foydalanuvchilarni
dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan tashkil topgan
o‘rgatuvchi izimni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish tajribalari haqida fikr
yuritamiz. Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi:
- dasturlash asoslari bo‘yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line
rejimida) bilim olish; - talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish;
- olingan bilimlarni shu vaqtning o‘zida amaliyotda sinovdan o‘tkazish va
baholash;
- bilim olish jarayonida tug`ilgan muammolar bo‘yicha ta‘lim beruvchi
bilan tarmoq orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish;
- zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish;
- kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o‘quv qo‘llanmalarni
tezkorlik bilan yetkazib berish va olish;
- ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil
etish va h.k.
Shu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o‘tkazilayotgan va
respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta‘lim
tizimini qo‘llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatlari
10
tug`iladi. Dasturlash asoslarini o‘rganuvchilar uchun multimediali o‘quv
tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan media ta‘lim tizimini
joriy etishga asos bo‘ladi va talab darajasida tizimni qo‘llash uchun ma‘lumotlar
bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o‘tkazish jarayonidayoq
dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha
ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari tug`iladi. Ishlab chiqilgan dasturlash
asoslarini o‘rgatuvchi tizim Webplatformaga asoslangan bo‘lib, tizimdan
foydalanuvchilar onlayn rejimida Internet tarmog`i orqali foydalanish imkoniyati
yaratilgan. Internet orqali taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir
necha turga ajratish mumkin:
- umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib oluvchi
erkin foydalanuvchilar;
- tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok
etuvchilar dasturchilar va hokazo;
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi talabalar;
- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar.
Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi,
ya‘ni faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan
nazariy va amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va
dastur natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Har bir
dars nazariy materiallar, amaliy mashg`ulotlar uchun multimediali mashg`ulotlar
va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat tizimlaridan tashkil topgan. Dastur
natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy va amaliy mashg`ulotlardan keyin
taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 %dan) yuqori natija ko‘rsatgan dasturchilar
uchun mo‘ljallangan. Har bir dars mashg`uloti uchun olingan bilimlarni sinovdan
o‘tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan bilimlarga mos dasturlash
bo‘yicha masalalar taklif etiladi. Shu bilan birgalikda nazorat tizimida past
ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim oluvchilar uchun qayta
11
o‘zlashtirishga mo‘ljallangan yordamchi bilimlar taklif etiladi. Yordamchi bilimlar
ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha nazariy materiallarning
multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash bo‘yicha algoritmlash,
dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi amallarni o‘rgatuvchi virtual
modellardan tashkil topgan. Yordamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual
modellar quyidagilarni o‘zida qamrab oladi:
- dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi;
- ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‘rinishi;
- algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga
mosligini ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan);
- foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar (aniq
masalalarni dasturlash bo‘yicha topshiriqlar).
Dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi
maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin:
1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning o‘zlashtirish
samaradorligi sifatini monitoring qilish;
2) talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash;
3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish;
4) talabalarning dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi:
1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmog`ida fanlarni o‘qitishda amaliy va
laboratoriya mashg`ulotlari jarayonida foydalanish rejimi.
2) Internet tarmog`ida onlayn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun
qo‘llaniladigan rejim.
12
Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari
quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan foydalanuvchi
(talaba, o‘qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud.
Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma‘lumotlar bazasidagi
mavjud parametrlar orqali cheklashi mumkin. Foydalanuvchi interfeysi
ma‘lumotlar bazasi bilan bog`liq holda foydalanuvchining hisob yozuvlari,
masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun testlar to‘plami va boshqa tizimli
ma‘lumotlar bilan ishlaydi. Masalalar yechimlarini tekshiruvchi Chekker alohida
tizim administratori tomonidan ishga tushiriladi, bu Chekker yechimni qabul qilib
tekshiruv amallarini bajaradi. Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker
qism-tizimi tashkil etadi. Bu qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan:
1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga o`zatish moduli;
2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma‘lumotlar bazasiga joylashtiruvchi
modul;
3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo‘yish;
4) ma‘lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya
qilingan)ni taqqoslash va natijani foydalanuvchiga o`zatish moduli.
Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim
klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da ta‘lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash,
o‘quv tarbiya jarayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik
texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, o`zluksiz
ta‘lim tizimini jaxon axborot tarmog`iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog`i
bilan to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
13
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish
nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan. Axborot texnologiyalari jaxonda jadal sur‘atlar
bilan rivojlanib takomillashib borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni
buyuk ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu
haqida birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining ―Yuksak ma‘naviyat –
yengilmas kuch asarida quyidagi fikrlarni keltiri bo‘ladi: … shu nuqtai nazardan
qaraganda zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir
bobolarimizning ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisli ilmiy-ijodiyot
kashfiyotlari bugun ham jaxon abgor ommasini xayratga solayotganini g`urur bilan
ta‘kidlash lozim. Ta‘lim islohotlari amalga oshirilayotgan xozirgi davrda har bir
fanni o‘qitish mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish va buni tubdan isloh qilish
nuqtai nazardan yondashuv zarur bo‘ladi. O‘qitish tizimida
Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanishning asosiy maqsadi o‘quvchi
va talabalarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish
jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda o‘zlashtirish uchun bilim asoslarini
berishni ta‘minlashdan, ularga o‘quv va ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona
foydalanish ko‘nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot
texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan xissasi to‘g`risida
tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta‘lim tizimida axborot, innovatsion va pedagogik
texnologiyalarni o‘rganishga ajratilgan soatlarni talabalarga shunday yetkazish
kerakki, ular bu kurslardan so‘ng bemalol axborot kommnikatsiya texnologiyalari
hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab chiqarish jarayonida foydalana
oladigan bo‘lishlari lozim. Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar
bazasida iloji boricha nazariy qismi, ya‘ni axborot kommunikatsiya
texnologiyalari va ularning turlari. Zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari imkoniyatlari. Microsoft Office dasturlaridan foydalanish hamda
innovatsion axborot texnologiyalari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanishlarni ham nazarda tutadi. Mashg`ulot (dars) o‘tish uchun zarur o‘quv
materiallarni tayyorlash va qayta ishlash va ta‘lim jarayoni sifatini aniqlovchi
14
dasturlar. Talabalar bilimini baxolash va nazorat (test) dasturiy ta‘minot turlari va
ulardan foydalanish metodikasi mutaxassislar tomonidan ma‘ruza- suxbat tarzida
o‘tiladi. Tayanch manbalar bazasida o‘tiladigan axborot kommunikatsiya
texnologiyalari to‘ligicha amaliy mashg`ulot tariqasida o‘tilib asosan: fanda
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, MS Word dasturida
elektron dars ishlanmalarini yaratish, MS Excel dasturi yordamida statistik
ma‘lumot va materiallarni qayta ishlash, MS Power Point dasturi yordamida dars
(mashg`ulot) taqdimotlarini yaratish texnologiyalarini, Paint dasturi yordamida har
xil chizma va shakllarni ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi. Bu yerda
asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni to‘liq
o‘zlashtirgan holda ishlab chiqarishda bu dastur materialllari va ma‘lumotlaridan
foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida doimiy turadi.
Qachonki, talabalar kompyuter texnikasidan, axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o‘rganib, olgan bilimlarini
mustaxkamlashda, ulardan tegishli xulosalar chiqarishda, kompyuter grafikalaridan
foydalanishda, axborot kommunikatsiya materiallaridan o‘quv jarayonida
foydalanish tizimlarini o‘rganib olmagunlaricha. O‘zimizga ma‘lumki xozirgi
zamonda
axborot
kommunikatsion
texnologiyalarisiz,
yangi
pedagogik,
innovatsion
texnologiyalarsiz
amalga oshirib bo‘lmaydi. Umumta‘lim
o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol usullarda darsa
(mashg`ulot) o‘tishni o‘rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu usullarni
o‘rganish davomida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha barcha o‘zlashtirgan
innovatsion texnologiyalarni (interfaol usullarni) mutaxassislik bo‘yicha
o‘tiladigan fan mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mashg`ulot) olib borishga
o‘rgatishdan iborat. Bu o‘rinda Farg`ona politexnika instituti. Geodeziya,
kartografiya va kadastr yo‘nalishi talabalariga ta‘lim-tarbiya berishda kafedra
professor-o‘qituvchilari internet ma‘lumotlaridan, GPS qurilmasi materiallaridan.
elektron taxiometr yordamida amallar bajarish bo‘yicha texnologik materiallardan
keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
15
Ta‘lim jarayoniga pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini kirib
kelishi o‘z navbatida ularda ma‘lumotlar olish, berish, jo‘natish tizimlarini
mukammal o‘rganib olishlariga olib keldi va bu xolat shu kunlarda ham davom
etmoqda. Yuqoridagi kabi bu masala ham fan o‘qituvchilari va uquvchi-talabalar
pedagogik texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirib olmagunlarigacha kun tartibidan
yechilmaydi. Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish uni amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb
masalalaridandir.
|