|
Dasturiy injiniring kafedrasi
|
bet | 36/38 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #243559 |
Bog'liq Amaliyot SQL da dasturlashuslubiy ko\'rsatma11-Amaliy ish.
Professional dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
Ko’p odamlar dasturlar yozishadi. Odamlar ishda o’z ishlarini osonlashtirish uchun elektron jadval ko’rinishli dasturlar tuzushadi, tadqiqotchilar va injinerlar
ilmiy tajribaga oid ma’lumotlarga ishlov berish uchun dasturlar tuzishadi, yoki qiziqish sabab dasturlar tuzishadi. Professional dasturiy ta’minot bu dasturchidan tashqari boshqa insonlar ham foydalanishi maqsadida ishlab chiqiladi va odatda individual bo’lib emas guruh bo’lib ishlanadi.
Dasturiy injiniring professional dasturiy ta’minotni qo’llab quyyatlashga yo’naltirilgan bo’lib u dasturning o’ziga xos xususiyatlari, dizayni va evolutsiyasini ta’minlovchi usullarni o’z ichiga oladi.
Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1.Dasturiy ta’minot xususiyati
2.Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3.Dasturiy ta’minotni tekshirish
4.Dasturiy ta’minot evolutsiyasi
Dasturiy ta’minot jarayoni
Dasturiy ta’minot bu dasturiy mahsulotni tayyor holatga olib kelish faoliyatilari to’plamidir. Bu faoliyatlar Java yoki C kabi standart dasturlash tillarida dasturlarni ishlab chiqishni o’z ichiga olishi mumkin.
Dasturiy ta’minot jarayoni modeli bu dasturiy ta’minot jarayonining soddalashtirilgan ko’rinishidir.
Jarayon modellari:
Sharshara modeli
Ortib borish modeli
Qaytib foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniringi
Sharshara modeli
Sharshara modeli birinchi bo’lib e’lon qilingan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayoni modelidir (Royce, 1970).
Sharshara modeli asosiy bosqichlari bevosita dasturiy ta’minotni rivojlantirish bosqichini aks ettiradi:
Requirements analysis and definition Tizim foydalanuvchilari bilan maslahatlashib tizimning servislari, chegaraklari va maqsadlari belgilab olinadi
|
| |