1.2 Barkamol avlodni tarbiyalashda o’zbek tilining o’rni
Bolalarning bogʻlanishli nutqini oʻstirishni muvaffaqiyatli oʻzlashtirib
olishlari nafaqat obektiv, balki subektiv shart-sharoitlarga ham bogʻliqdir. Bularning
ichida tilning oʻziga nisbatan va uni egallab olish jarayoniga nisbatan shaxs sifatida
yondoshuv, toʻgʻrirogʻi unga boʻlgan bilish istagi muhim jihatlardan biri
hisoblanadi. Agar ta’lim olayotgan bolalarning oʻzlari bu jarayonga befarq boʻlsalar
va unda ishtirok etishga intilmasalar, koʻrgazmali oʻquv qurollarining qanchalik
toʻliq va mukammalligiga, ta’lim jarayoni qanchalik samarali metodlar va usullar
bilan olib borilayotganiga qaramasdan kutilgan natijalarga erishish muvaffaqiyatsiz
kechadi. Kuzatishlarimiz amaliyotda rus (oʻzbek) tiliga oʻqitish jarayonida
mashgʻulotlarning hissiyot bilan bogʻliq jihatlariga yetarli darajada e’tibor
berilmaydi va bu bolalarning zarur oʻquv materialini oʻzlashtirmasliklariga olib
kelmoqda. Bu haqda V.A.Suxomlinskiy ham oʻz asarlarida quyidagi fikrlarni
bildirgan edi. Agar ta’lim jarayonida tegishli hissiy muhit mavjud boʻlmasa,
mashgʻulotda oʻquvchilarda rus tiliga boʻlgan jonli qiziqishni kuchaytiradigan
samarali hissiy ragʻbat vositalaridan foydalanilmasa eng yaxshi dars uslubi ham
yuqori natija bermasligini bir necha bor ta’kidlagan. Eng yaxshi tadqiqotlar natijalari
shuni koʻrsatmoqdaki, hissiyot omili fikrlash jarayoniga taaluqlidir, u axborotni
ishlab chiqish jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solish uchun zarurdir.
Insonning fikrlashi alohida motiv va ehtiyojlarga ega.Aqliy hissiyotlar inson
ruhiyatidagi fikrlash va hissiyot sohalarining amalda bir - biriga qoʻshilib
ketganligining yorqin ifodasidir. Bunga hissiyotga qiziquvchanlik, shubhalanish,
hayron qolish, zavqlanish, dono fikrga lol qolish, sekin fikrlashdan hafsalasi pir
boʻlish, tushunmaslik azobi va hokazolar kiradi. Aqliy hissiyotlar – quchogʻida‖
inson oʻzining aqliy faoliyatini kuzatib boradi va fikrlash jarayonining ayrim
jihatlarini tartibga soladi. Ma’lumki, odamga oʻz ona tilidan boshqa tilni (rus, oʻzbek
va boshqa) oʻrgatishga odatda bir necha yillar ketadi, lekin amaliyot shuni
koʻrsatmoqdaki, bu borada erishilgan natijalar juda past darajada. Nima uchun
shunday? Balki, odatdagi oʻquv jarayonida faqat xotira va nutq markazlari ishlashi
va hissiyot sohasining ishga tushirilmasligi sababdir. Pedagogning vazifasi – qoʻshib
yuborish‖dan iborat va ana shunda natija hayratli boʻladi. Nutqni oʻstirishga oid
bilimlarning toʻliq oʻzlashtirilishi uchun ular nafaqat tushunarli boʻlishi, balki
bolalar tomonidan his qilinishi ham lozim. Bolalar koʻpincha boshidan kechiradigan
hissiy – ochlik ushbu tilni oʻrganishga nisbatan salbiy munosabatni, qarshilikni,
olinayotgan axborotni qabul qilmaslik istagi shakllanadi. Ijobiy hissiyotlar esa
aksincha asab toʻqimalarining uygʻonuvchanligini oshiradi va ruhiy jihatdan tartibga
solishni yaxshilaydi, bu esa oʻquv materialini nisbatan yengil va mustaqil qabul
qilishga yordam beradi. Oʻzbek tili mashgʻulotlarida hissiy muhit yaratilishiga
toʻsqinlik qiluvchi sabablar nimalardan iborat degan savol tugʻiladi. Bunday
sabablarda biri shuki, bolalar guruhi tarbiyachi tomonidan yaxlit bir butunlik sifatida
qabul qilinadi va unda barcha bolalar oʻquv materialini bir xil qabul qilmoqdalar,
degan xato tasavvurni shakllantiradi. Tarbiyachi bilan bolalar oʻrtasida katta oraliq
masofa mavjud boʻlgan holatlarda pedagog imkon darajasida barcha vositalar
yordamida bu masofani qisqartirishga harakat qilishi, har bir bolaning yoniga
boorish va ular bilan tushunarli tilda soʻzlashishi lozim. Ta’lim jarayonida bolalar
bilan jonli va uzviy muloqot juda zarurdir. U nafaqat til vositalari yordamida, balki
yoqimli tabassum, iliq nazar, jalb qiluvchi talaffuz yordamida ham amalga
oshirilishi lozim. Qachonki, tarbiyachi bolalarni chuqur hurmat qilmas ekan,
oʻrtadan sun’iylikni olib tashlamas ekan, bolalar faqat bu mashgʻulotning tezroq
tugashini orzu qilib oʻtiradilar. Amaliyotda jonli muhit, ijodiy jarayon, bilim olishga
boʻlgan haqiqiy intilish boʻlmasligi darkor. Hissiy kechinmalarsiz, tarbiyachi bilan
bolalar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarsiz, qiziqishisiz ta’limda yaxshi natijalarga
erishib boʻlmaydi. Yangi oʻquv material nafaqat tushunarli boʻlganida, balki u
chuqur his qilingan taqdirdagina bola toʻlaqonli, mustaqil bilim oldi deyish mumkin.
Mohirona berilgan yangi bilimlar bolalar qalbida quvonchli hayajon hislarini
uygʻotishi lozim. Ba’zan, haqli savol tugʻiladi: nima uchun zamonaviy texnika
vositalari puxta ishlab chiqilgan ta’lim metodikasi, har xil samarali mashqlar oʻrin
olgan turli oʻquv – metodik qoʻllanmalar mavjudligi sharoitida, biz ikkinchi tilni
oʻqitish jarayonida har doim ham yaxshi natijalarga erisha olmaymiz? Nima uchun
bolalar bir tarbiyachining mashgʻulotida jon deb rus (oʻzbek) tilini oʻrganishadi-yu,
boshqasiuning mashgʻulotida tezroq mashgʻulot tugashini intiqlik bilan kutishadi?
Bu holatda mashgʻulotda hissiy muhit yaratilishining sababchisi pedagogning
oʻzidir, zero, u nafaqat mashgʻulot mazmuni haqida, nafaqat oʻquv materialini
bolalarga yetkazish haqida, balki yaxshi kayfiyat yaratish haqida ham qaygʻurishi
zarur. Ba’zan tarbiyachi belgilangan mashgʻulot rejasini bajarishga intilib,
koʻpincha oʻrganilayotgan material bolalarda qanday hislar uygʻotayotganini,
ularning har biri muallimning soʻzlariga qanday shaxsiy munosabat bildirayotganini
unutib qoʻyadi. Bolalarni hayajonlanishga, hayron qolishga va hayratlanishga
majbur qilgan bilimlar eng mustahkam bilimlar hisoblanadi, shuning uchun
tarbiyachi mashgʻulotlarda shunday vaziyat yaratishi kerakki, toki bola birinchidan,
zarur materialni rus (oʻzbek) tilida gapirib berishga istak bildirsin, va ikkinchidan, u
bu narsani xohish - istak bilan va oʻz tashabbusiga koʻra qilsin. Bolalar aynan bir
iborani takrorlagan holda muallimdan oʻyinchoq soʻrayversalar, bu ular uchun
zerikarli boʻladi. Biroq tarbiyachi bolalarga bugungi darsga katta oʻyinchoq –
momiq ayiq tashrif buyurganini va u oʻzi bilan birga turli oʻyinchoqlarni sovgʻa
qilish uchun olib kelganini, lekin u sovgʻalarni qaysi bolalarga berishni bila
olayotganini, shuning uchun kimki, ayiqpolvondan sovgʻa olishni istasa, uning
oldinga kelishi va undan oʻyinchoq soʻrashi lozimligini tushuntirsa, har bir bola
kerakli iborani aytishni xohlab qoladi. Oʻzbek tilini oʻqitish amaliyotida har doim
topishmoqlardan yetarli darajada foydalanilyapti, deb boʻlmaydi. Vaholanki,
qiziqarli topishmoqni ifodali aytib berish boʻyicha tanlov yaxshi hissiy ragʻbat
omillari boʻlishi mumkin. Tarbiyachi mashgʻulotlarda qulay muhit yaratishga
hizmat qiluvchi bunday omillarining boy toʻplamiga ega boʻlishi lozim.
Muallimning umumiy madaniyati, uning oʻquv materialini bolalar ongiga qiziqarli
tarzda yetkaza olish mahorati, mashgʻulotning yaxshi tashkil etilganligi va oʻquv
jarayoniga nisbatan ijobiy munosabat, soʻzning ifoda imkoniyatlariga egalik
bolalarga rus (oʻzbek) tilini oʻrgatishga qiziqish uygʻotishda katta ta’sir koʻrsatadi.
Bunda ohang, talaffuzga alohida e’tibor berish zarur; bir xil ohang bolalarning
uyqusini keltiradi. Texnika vositalaridan foydalanish oʻquv jarayoniga xilma - xillik,
bayon etilayotgan materialga esa jonlilik va koʻrgazmalilik baxsh etadi. Ayni paytda
shuni qayd etish lozimki, hissiy ragʻbat omillarini qoʻllashda me’yorga rioya qilish
lozim, chunki har qanday me’yoridan ortiqchalik eng yaxshi niyatni ham puchga
chiqaradi. Xatto eng yaxshi metodika ham tarbiyachi mahoratining oʻrnini bosa
olmaydi va u muallimning shaxsiy tashabbusini, uning kasbiy mahorati va iqtidorini
boʻgʻmasligi lozim. Bolaning bogʻlanishli nutqini oʻstirishni bilimga boʻlgan
qiziqishi uning ushbu tilga samarali oʻzlashtirishining muhim omillaridan biri
hisoblanadi. Bolalarning bogʻlanishli nutqini oʻstirishni oʻqitish jarayonida ijobiy
emotsional muhitning yoʻqligi bolalarning oʻquv materialini oʻzlashtirmasliklariga
olib keladi. Emotsional omil fikrlash jarayonida yuzaga chiqadi, u axborotni qayta
ishlash jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solish uchun zarurdir. Aqliy
hissiyotlar inson psixikasining fikrlash va emotsional sohalarining fikrlash va
amaldagi birikmasi ifodasi hisoblanadi. Aqliy hissiyotlar ―quchogʻida‖ inson
oʻzining aqliy faoliyatini boshdan kechiradi va fikrlash jarayonining ayrim
tomonlarini tartibga soladi.
|