• Oddiy arxitekturalar yaratish: Sodda tuzilmada dasturlar murakkab tuzilmalardagiga nisbatan aralashuvni engilroq amalga oshiradi
  • Testlashning yaxshi imkoniyati
  • Dasturning kengayish qobiliyati




    Download 1.18 Mb.
    bet34/60
    Sana21.02.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #42999
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
    Bog'liq
    2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
    7-sinf-informatika-testlar, Автомобил электр ва электрон ТХК ва Т 2017, 163532874710984126, Mavzu6, file, Eshimbetov.N at m.ish, 713824, Matematik induksiya prinsipi, turistik mahsulotlar, kombinatorika elementlarida o\'rin almashish va guruhlashlar, Kurs ishi so‘z ustida ishlash sarik, Kirish kuchlanishi rostlash qurulmalari, Iboralar lug\'ati (eng yangi, mukammal-2019), 638 09.10.2020
    Dasturning kengayish qobiliyati deganda shuni tushunish kerak-ki, dasturiy ta’minotdagi o‘zgarishlar oddiy maqsadga qaratilgan holda va imkoni boricha nomaqul qo‘shimcha ta’sirlarsiz o‘tkazilishi mumkin. Dasturning kengayish qobiliyatiga komplekslilik (murakkablik) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Dasturning, modulning yoki sinfning o‘lchami kattalashib borishi bilan o‘zgarishlar borgan sari murakkab bo‘la boradi.
    Dasturiy ta’minotning katta tizimi ko‘pincha ulkan, lekin nozik konstruktsiyaga o‘xshaydi, undan bitta g‘ishtni ham butun san’at asarini yakson qilmasdan olib bo‘lmaydi”.
    Bundan dasturning kengayish qobiliyatini yaxshilash uchun konstruksiya qurishning faqat ikkita tamoyilini keltirib chiqarish mumkin:

    • Oddiy arxitekturalar yaratish:

    • Sodda tuzilmada dasturlar murakkab tuzilmalardagiga nisbatan aralashuvni engilroq amalga oshiradi

    • Modullarning keng echimi

    • Modullarning boshqa modullar bilan birlashuvi murakkablikni oshiradi. Biron-bir modulning o‘zgarishi boshqa modullarga moslashishni talab qiladi. Bu xatolarga olib kelishi mumkin va bundan imkoni boricha modulning avtonom tuzilishi yordamida qochish kerak.

    “Kapsulyatsiya” va “polimorfizm” konseptsiyasi tufayli ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash dasturning kengayishiga yuqori qobiliyatni ta’minlash uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni kasb etadi. Kuchli modullashni (protseduraga oid dasturlash) har doim yaxshi dastur kodinig sifat belgisidir.


    Testlashning yaxshi imkoniyati dasturni bajarishning aniqligini ko‘zda tutadi. Dasturni aniq bajarish tufayli xatolarni cheklash osonroq. Testlash imkoniyati asosan strukturalash moduliga va strukturalash darajasiga bog‘liq bo‘ladi (mas. sinflar va protseduralarni strukturalash).
    Моdul tuzilmalari mustaqil ishlovchi qismlar bilan alohida qismlarning xatosiz ish predmetiga tekshiruvini engillashtiradi. Ob’ektga mo‘ljallangan tizimlar kapsulyasiyalar va ularning yuksak modulli tuzilmalari sababli testlash imkoniyatini ta’minlash uchun ayniqsa qo‘l keladi.
    Tushunarlilik, dasturning kengayishiga qodirlik va testlash imkoniyati foydalanuvchiga qulay dasturiy kodning asosiy sifat belgialaridir. Dasturchi strukturalashtirlgan dasturlash qoidalariga rioya qilishi, izoh satrlarida dasturning o‘z boshlang‘ich kodini yaxshi xujjatlashtirishi va yuqori modulli tuzilimali o‘z dasturini ishlab chiqishi kerak.

    Download 1.18 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




    Download 1.18 Mb.