Susning “ Plankalkul ” tili Bu mavzuda gaplashadigan birinchi dasturlash tili g‘ayritabiiy bo‘lib tuyulishi
mumkin. Birinchidan, u hech qachon ishlatilmagan. Undan tashqari, 1945- yilda
ishlab chiqilganiga qaramay, u haqidagi ma’lumotlar 1972-yilgacha chop etilmagan.
Chunki juda ozchilik bu til bilan tanish bo‘lgan, uning ko‘pchilik qobiliyatlari 15
yilgacha boshqa tillarda namoyon bo‘lmagan.
Tarixi 1936-1945 yillar oralig‘ida, nemis olimi Konrad Sus elektromexanik relelardan
kompleks va murakkab kompyuterlarni seriyasini qurgan. 1945 yilning boshida,
Ittifoqdoshlarining bombardimoni tufayli uning oxirgi 34 modelidan boshqa hamma
modeli yo‘q bo‘lib ketgan. Shundan so‘ng u chekka Hintershteyndagi Bavariya
qishlog‘iga ko‘chib ketadi, uning ilmiy tadqiqot jamoasi esa tarqab ketadi.
Sus yolg‘iz ishlab boshlaganidan keyin, u 34 modelida hisoblashni bajaradigan
ifodalarni kiritish uchun til yasashga kirishib ketadi. Bu uning 1943-yilda boshlagan
uning doktorlik ishi loyihasi edi. U bu tilni “Plankalkul” deb nomladi, ya’ni hisoblash
dasturi. Qo‘l yozmalar 1945 yilga borib taqalsa ham, Sus uni 1972 yilda e’lon qilgan
va turli tuman masalalarni yechish algoritmlarini shu tilda yozgan.
Umumiy tushunchalar Plankalkul nihoyatda to‘liq, ayniqsa ma’lumotlar strukturasi sohasidagi eng
yangi o‘ziga hosliklarga ega edi. Plankalkuldagi eng sodda ma’lumot tipi – bit edi.
Butun va haqiqiy sonlar tiplari bit tipidan qurilgan.
Odatiy skalyar tiplardan tashqari, Plankalkulda massivlar va rekordlar (S ga
asoslangan tillarda strukt deb ataladi) ham bor. Rekordlar o‘z ichiga ichki rekordlarni
ham olishi mumkin.
Bu til aniq bir “goto” operatoriga ega bo‘lmasa ham, Ada tilidagi for operatoriga o‘xshash iteratsiya operatoriga ega. Undan tashqari bu tilda, siklning
yakuniga yetganligi yoki yangi sikl ochilishi uchun Fin operatori ham bor.
Plankalkulda tanlash operatori ham bor lekin else punktiga ega emas.
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
20
Sus dasturining eng qiziqarli hususiyatlaridan biri bu, matematik amallarni
dasturdagi o‘zgaruvchilarning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda biriktirib
olishidadir