Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
42
katakchalarni boshqarish muammosini keltirib chiqaradi. Bu muammo 5.10.10.3
bo‘limda to‘liq ko‘rib chiqilgan.
Foydalanuvchi tomonidan aniqlanuvchi ketmaket tiplar
Ketmaket tip deb, ehtimol qiymatlar sohasi natural raqamlar ketmaketligi
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pascal va Ada tillarida asosiy ketmaketlikli
tiplar
butun, belgili va mantiqiy tiplari hisoblanadi. Ko‘pgina tillarda
foydalanuvchilarning
o‘zi ikkita turli ketmaket tiplarini aniqlashlari mumkin:
sanaluvchi va cheklangan
tiplar.
Sanaluvchi tiplar
Sanaluvchi tiplar deb, uni tavsiflashda barcha ehtimol qiymatlar sanab o‘tilgan
tipga aytiladi. Oddiy sanaluvichi tip quyidagicha:
type DAYS is (Mon, Tue, Wed, Thu, Fri, Sat, Sun);
Sanaluvchi tiplarga xos muammo quyidagicha: literal o‘zgarmas bir nechta tip
tavsifida kelishi mumkinmi va agar javob ha bo‘lsa, aniq literal tipi dasturda qanday
aniqlanadi?