Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
38
kommersiya ilovalarida asosiy hisoblanadi, shuning uchun ular COBOL tilining asosini
tashkil qiladi.
O‘nli sonlarning ( haqiqiy tiplardan farqli ravishda) afzalliklari shundaki ular,
o‘nli kattaliklarning
aniq qiymatiga ega, bu albatta, chekli diapazonda bo‘ladi.
Ularning kamchiliklari bosqich ko‘rsatkichi yo‘qligi sabab o‘zgaruvchilarning o‘zgarish
diapazonining cheklanganligi va ularni xotirada taqdim etishda isrofgarchilikka yo‘l
qo‘yilishi hisoblanadi.
O‘nli sonlar,
belgilar satri kabi, xotirada o‘nli shifrlarning ikkilik kodlari orqali
yoziladi. Bunday taqdimotlar ikkilik kodlangan o‘nli sonlar (BCD –
binary-coded
decimal). Ba’zi hollarda o‘nli kattaliklar 1 baytga bir shifr ko‘rinishida beriladi,
boshqalarida esa bayt ikkita shifrga ega. Buni misolda ko‘rsatamiz. O‘nlik
shifrni
kodlashtirish eng kamida 4 bit talab qiladi. Natijada, kodlangan olti razryadli o‘nlik
sonni saqlash uchun 24 bit xotira kerak bo‘ladi. Buni ikkilik ko‘rinishda saqlash atigi
20 bit talab qiladi. O‘nlik kattaliklar ustida amallar
mashinalarning uskunaviy
ta’minoti orqali amalga oshiriladi yoki dasturiy ta’minot orqali modellashtiriladi.
Mantiqiy tiplari
Mantiqiy tiplari tiplarning orasida eng oddiysi hisoblanadi. Ularning qiymati
diapazoni faqat ikkita elementdan iborat bo‘lib, birinchisi rostlik ikkinchisi yolg‘onlik
belgisidir. Birinchi bo‘lib ushbu tiplar ALGOL 60 tilida paydo bo‘ldi va 1960
yildan
boshlab dasturlashning ko‘pgina universal tillariga qo‘shildi. Keng tarqalgan S tili
bundan mustasnodir, bunda shart o‘rniga sonli ifodalar qo‘llanilishi mumkin. Bunday
ifodalarda nol bo‘lmagan qiymatli barcha operandlar to‘g‘ri, nol esa yolg‘on qiymat
hisoblanadi. S++ tilida mantiqiy tipi ko‘rib
chiqilganiga qaramay, bu tilda mantiqiy
tiplari o‘rniga sonli tiplarni qo‘llash ham mumkin.
Mantiqiy tiplari ko‘pincha o‘zgartirishlar yoki ishoralarni
taqdim etish uchun
qo‘llaniladi. Ushbu maqsadlar uchun boshqa tiplar ham ishlatilishi mumkinligiga
qaramay, mantiqiy tiplari dasturning o‘qiluvchanligini oshiradi.
Mantiqiy qiymatlar yagona bit bo‘lib taqdim etilishi mumkin, ammo ko‘pgina
mashinalarda xotiraning alohida bitiga samarali qarashning iloji bo‘lmagani uchun,
ushbu qiymatlar xotiraning minimal katakchasida saqlanadi.