Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
36
uskunaviy ta’minot xususiyatlarining akslantiruvlari hisoblanadi – masalan, butun
sonlar. Boshqa tiplarni amalga oshirish ahamiyatsiz dasturiy to‘xtalishni talab qiladi.
Ma’lumotlarning strukturaviy tiplarini yaratish uchun tilda ma’lumotlarning
asosiy tiplari bir yoki bir nechta konstruktorlari bilan birga qo‘llaniladi.
Sonli tiplar
Ko‘pchilik boshlang‘ich dasturlash tillarida faqat sonli elementar tiplar mavjud
bo‘lgan. Zamonaviy tillarda ushbu tiplar oldingidek asosiy rolni o‘ynaydi.
Butun sonlar
Eng ko‘p tarqalgan elementar sonli tip butun son hisoblanadi. Hozirda ko‘p
kompyuterlar butun sonlarning bir qancha o‘lchamlarini qo‘llaydi
va ushbu
imkoniyatlar dasturlashning ba’zi tillarida o‘z aksini topgan. Ada tili amalga
oshirilganda, masalan, butun sonlarning uch o‘lchamliligiga yo‘l qo‘yiladi:
SHORT
INTEGER, INTEGER va LONG INTEGER. S kabi ba’zi dasturlash tillari butun sonlarning
ishorasiz tiplariga ega va ushbu tiplar o‘zida ishorasiz butun sonlarni taqdim etadi.
Barcha butun sonlar bitlar satrlari ko‘rinishida kompyuterda beriladi,
bunda
bitlardan biri (qoidaga ko‘ra, chapdan oxirgisi) ishora taqdim etadi. Ma’lumotlarning
butun tiplari uskunaviy ta’minot orqali ta’minlanadi.
Manfiy butun sonlar ishorali son yozuvi ko‘rinishida xotirada saqlanadi, bunda
ishora biti son manfiyligini ko‘rsatib, qolgan bitlar sonlarning absolyut qiymatlarini
taqdim etadi. Ishorali sonni yozish kompyuter arifmetikasida qo‘llanilmaydi.
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlarda manfiy sonlarni
saqlash uchun hisoblash va
sanash uchun qulay bo‘lgan ikkilik sanoq sistemasida sonning qo‘shimcha kodi
qo‘llaniladi. Manfiy butun sonning qo‘shimcha kodi ikkilik sanoq sistemasida
mantiqan unga musbat son va bir qo‘shish orqali bajariladi.
Bir qancha
kompyuterlarda quyidagi kabi boshqacha usul qo‘llaniladi: ikkilik sanoq
sistemasidagi sonning teskari kodi. Bunday yozishda butun
sonning manfiy qiymati
uning absolyut qiymatiga mantiqiy qo‘shilish hisoblanadi. Teskari aloqa ko‘rinishida
taqdim etishning kamchiligi shundaki, u 0 sonini yozishning ikki usuli mavjudligidir.
Agar sizni butun sonlarni taqdim
etish muammosi qiziqtirsa, assembler tilidagi har
qanday dasturlash kitobidan o‘qib olishingiz mumkin.