|
Dasturlash uslublari va paradigmalar
|
bet | 11/30 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #146384 |
Bog'liq PARADIGMA YN1- t a ’ r i f . M to‘plamda aniqlangan va ( 0 , 1) to‘plamdan qiymat qabul P(x) funksiya bir joyli (bir o‘rinli) predikat deb ataladi.M to‘plamni P(x) predikatning aniqlanish sohasi deb aytamiz.P(x) predikat chin qiymat qabul qiluvchi hamma x=M elementlar to‘plamiga P(x)predikatning chinlik to‘plami deb ataladi, ya’ni P(x) predikatning chinlik to‘plami 1p= (x:x=M ,P ( x )=1) to‘plamdir.
2- t a ’ r i f . Agar M to‘plamda aniqlangan P(x) predikat uchun Ip=M(Ip=Ø) bo‘lsa, u aynan chin (aynan yolg‘on) predikat deb ataladi.Endi ko‘p joyli predikat tushunchasini o‘rganamiz. Ko‘p joyli predikat predmetlar orasidagi munosabatni aniqlaydi.«Kichik» munosabati ikki predmet orasidagi binar munosabatni ifodalaydi . «x
3- t a ’ r i f . M=M1x M2 to‘plamda aniqlangan va (1,0) to‘plamdan qiymat oluvchi ikki argumentli P(x,y) funksiya ikki joyli predikat deb ataladi.
Predikatlar ustida mantiqiy amallar. Predikatlar ham mulohazalar singari faqatgina chin yoki yolg‘on (1 yoki 0) qiymat qabul qilganliklari tufayli ular ustida mulohazalar mantiqidagi hamma mantiqiy amallarni bajarish mumkin.Bir joyli predikatlar misolida mulohazalar mantiqidagi mantiqiy amallarning predikatlarga tatbiq etilishini ko‘raylik.
4- t a ’ r i f . Berilgan M to‘plamda aniqlangan P(x) va Q(x) predikatlarning kon’yunksiyasi deb, faqat va faqat x=M qiymatlarda aniqlangan hamda P(x) va Q(x)lar bir vaqtda chin qiymat qabul qilgandagina chin qiymat qabul qilib, qo lgan barcha hollarda yolg‘on qiymat qabul qiluvchi yangi predikatga aytiladi va u P(x)^Q(x) kabi belgilanadi.
5- t a ’ r i f . Berilgan M to‘plamda aniqlangan P(x) va Q(x) predikatlarning diz’yunksiyasi deb, faqat va faqatgina x=M qiymatlarda aniqlangan hamda P(x) va Q(x) predikatlar yolg‘on qiymat qabul qilganda yolg‘on qiymat qabul qilib, qolgan barcha hollarda chin qiymat qabul qiluvchi yangi predikatga aytiladi va u P(x) v Q(x) kabi belgilanadi.P(x)vQ(x) predikatning chinlik sohasi IpUIQ to‘plamdan iborat bo‘ladi.
|
| |