Davlat moliyaviy nazorati sohasida xorijiy mamlakatlar




Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana17.01.2024
Hajmi456,6 Kb.
#139631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XORIJ TAJRIBASI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son 
 342
idorasi. Prezidentlik respublikalarida ham parla-
ment nazorati amalga oshiriladi, masalan, Qo‘shma 
Shtatlarda bu Kongressga bo‘ysunuvchi Bosh nazo-
rat va moliya boshqarmasi. 
Shunday qilib, Fransiya Hisob palatasi (Cour 
des Comptes) tashqi nazoratning oliy organi bo‘lib, 
unga keng vakolatlar berilgan. U o‘z faoliyatini par-
lament va hukumatdan mustaqil ravishda olib bora-
di. Bu mustaqillik 1807-yilda tashkil topganidan 
beri amalda bo‘lgan uning sud maqomiga asosla-
nadi. U moliyaviy yurisdiksiyaga ega, hukumat va 
ijtimoiy sug‘urta hisoblarini tekshirish, boshqarish 
va tasdiqlash uchun mas’uldir, hamda davlat siyo-
satini baholashda ham ishtirok etadi. Hisob palatasi 
o‘z faoliyatini o‘z kuzatuvlarining sifati va xolisligini 
kafolatlaydigan: mustaqillik (taftishlarni rejalashti-
rish va o‘tkazishda hamda keyinchalik amalga oshi-
riladigan chora-tadbirlarni tanlashda), kollegiallik 
va tartibning qarama-qarshiligi tamoyillariga muvo-
fiq amalga oshiradi. Birinchi Prezident palataga 
raislik qiladi. Bosh kotib va bosh kotibning ikkita 
yordamchisi Prezidentga bo‘ysunadi, Prezidentning 
taklifiga binoan farmon bilan tayinlanadilar va 
boshqarmalarni boshqaradilar. Hisob palatasi yetti 
palata va bosh prokuraturadan iborat. Har bir pala-
ta, qoida tariqasida, muayyan vazirlik faoliyatini, 
shuningdek, nazorat qilinadigan hududga taalluqli 
davlat korxonalari, muassasalar va boshqa tashki-
lotlarning hisobotlarini nazorat qiladi. Bir nechta 
palatalarning o‘zaro ta’sirini talab qiladigan nazorat 
kollegial organlar tomonidan amalga oshiriladi[28]. 
Bosh prokuraturaning asosiy vazifasi Fransiya qo-
nunchiligini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berishdan 
iborat. Bundan tashqari, bosh prokuror Hisob pala-
tasining barcha palatalari faoliyatida ishtirok etadi 
va audit natijalari bo‘yicha hisobotlarni tekshiradi. 
Moliya va sud muassasalari to‘g‘risidagi 
Kodeksga muvofiq (Code des juridictions financiè-
res) hisob palatasi davlat muassasalarining moliya-
viy hisobotlarini tekshiradi hamda mintaqaviy va 
hududiy Hisob palatalari tomonidan qabul qilingan 
qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqa-
di (Samoylova, 2010). Shunindek, ushbu kodeksga 
muvofiq, byudjet mablag‘larini boshqaruvchilar fao-
liyatini nazorat qiluvchi hamda mansabdor shaxs-
larni javobgarlikka tortish huquqiga ega bo‘lgan 
Byudjet va moliya intizomi sudi tashkil etildi. 
Joriy moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish 
Moliya vazirligi xodimlari tomonidan amalga oshiri-
ladi, hisob palatasi faqat yakunlangan moliyaviy 
operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi 
(Ibragimova, 2016). Hisob palatasi parlament va 
hukumatga byudjet qonunchiligining bajarilishini 
nazorat qilishda yordam berishdan tashqari, huku-
matni tekshirish va maslahat berish hamda parla-
mentga ko‘maklashishga ham chaqirilgan. Ushbu 
missiya LOLF (La loi organique relative aux lois de 
finances) qonuni, ijtimoiy ta'minotni moliyalashti-
rish bo'yicha harakatlar to‘g‘risidagi konstitutsiya-
viy qonun hujjatlariga va 2008-yildagi konstitut-
siyani qayta ko‘rib chiqishga asosan mustahkamlan-
gan va kengaytirilgan. 2011-yilda Hisob palatasi-
ning siyosatni baholashda parlamentga yordami be-
rishi qonunda belgilab berildi. Hisob palatasi organ 
yoki muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan 
faoliyatning tejamkorligi, samaradorligi va natija-
viyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Frantsiya 
Hisob palatasi kollegial faoliyat yuritadi, bu bilan u 
boshqa davlatlarning (masalan, Buyuk Britaniya) 
oliy nazorat organlaridan sezilarli darajada farq 
qiladi.
Fransiyada mintaqaviy va hududiy hisob pa-
latasi davlat buxgalterlarning hisoblarini, shuning-
dek, hududiy hokimiyat va ularning davlat organla-
rining boshqaruv va byudjet faoliyatini tekshiradi-
gan mustaqil organdir (Erkaboyev va Ibragimov, 
2023). Ammo 82-213-sonli Qonunning qoidalariga 
binoan, nazoratning mazmuni ishning materiallari-
ga qarab farqlanadi, ularni ikkita asosiy guruhga 
bo‘lish mumkin (Filatova, 2018): 
1) hududiy hisob palatasi yakuniy qaror 
qabul qiladigan holatlar (mutlaq vakolatlarga ega); 
2) hududiy hisob palatalarining qarorlari 
ustidan Fransiya Hisob palatasiga shikoyat qilinishi 
mumkin bo‘lgan holatlar (qo‘shma vakolatlar). Asli-
da, agar qaror bahsli bo‘lsa, Frantsiya Hisob palatasi 
apellyatsiya sudi vazifasini bajaradi. 
Hisob palatasi davlat tashkilotlari va bosh-
qarmalarining buxgalteriya bo‘limlari tomonidan 
amalga oshirilayotgan barcha davlat hisob-kitobla-
rini tekshirish va baholash, barcha davlat obyektlari 
ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat-
ga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘-
liq muammolarni hal etish variantlarini ko‘rsatuv-
chi qarorlar chiqarishga haqli. Tekshiruvlar natijala-
riga ko‘ra Frantsiya Hisob palatasi har yili Respub-
lika Prezidentiga taqdim etishi, shuningdek mat-
buotda chop etishi kerak bo‘lgan hisobotlar shakl-
lantiriladi (Zaitseva, 2016). 
Hisob palatasining yangi kompetensiyasi ser-
tifikatlashtirishdan iborat. Sertifikatlashtirish nafa-
qat texnik masala, balki hisob palatasi vakolatlari va 
faoliyatining yangi sohasi hisoblanadi. Yakuniy 
maqsad aholiga aniqroq va tushunarli moliyaviy va 
buxgalteriya ma’lumotlarining ishonchli manbasini, 
shuningdek, davlatning moliyaviy holati va ijtimoiy 
ta’minotning yanada shaffof ko‘rinishini taqdim 
etishdan iborat[28]. 
Moliyaviy yurisdiktsiya Kodeksiga muvofiq 
(Financial Jurisdictions Code) hisob palatasi hamda 
mintaqaviy va hududiy hisob palatalari aʼzolari oʻz 
vazifalarini bajarish chogʻida hisob palatasining va 
mintaqaviy hisob palatalarining maslahat kengash-
lari fikrini hisobga olgan holda belgilangan kasbiy 
standartlarga rioya etishlari shart. Bundan tashqari, 
hisob palatasi o‘z faoliyatini Oliy nazorat organlari 
xalqaro tashkiloti (INTOSAI) tomonidan qabul qilin-
gan standartlarga muvofiq amalga oshiradi.

Download 456,6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat moliyaviy nazorati sohasida xorijiy mamlakatlar

Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish