Davlat moliyaviy nazorati sohasida xorijiy mamlakatlar




Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana17.01.2024
Hajmi456,6 Kb.
#139631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XORIJ TAJRIBASI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son 
 343
Umumiy standartlardan tashqari, hisob pala-
tasining har bir asosiy faoliyati muayyan professio-
nal standartlar bilan tartibga solinadi. 
Germaniyada davlat moliyaviy nazorati Fede-
ral audit idorasi (Bundesrechnungshof) va hududiy 
darajadagi hisob palatalari (Länder Chambers of 
Auditors) tomonidan amalga oshiriladi (Seyfrid, 
2021). Federal audit idorasi eng yuqori federal 
organ bo‘lib, o‘nta bo‘limdan iborat: 50 ga yaqin 
audit bo‘linmalariga ega to‘qqizta audit bo‘limi va 
ichki ma’muriy funksiyalar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan 
bitta yordamchi bo‘lim. Taxminan 1100 nafar xodim 
uchta joyda ishlaydi - Bonn, Berlin va Potsdam. 
Yillik byudjet 187 million yevroni tashkil etadi, bu 
federal byudjetning 0,1 foizidan sal kamroq[29]. 
"A’zolari sud mustaqilligiga ega bo‘lgan Federal 
audit idorasi hisob-kitoblarni ko‘rib chiqadi va 
Federatsiya tomonidan davlat moliyasini boshqari-
lishining to‘g‘riligi va samaradorligini aniqlaydi. (...) 
U yillik hisobotni bevosita Bundestag va Bundes-
ratga, shuningdek, Federal hukumatga taqdim 
etadi[30].
Federal audit idorasining asosiy funksiyalari 
audit, maslahatlar va hisobotlardir. U federal mo-
liyaviy boshqaruvni tekshiradi va asosiy xulosalar 
haqida parlament va jamoatchilikka yillik hisobot 
shaklida axborot beradi. Shunday qilib, Federal 
audit idorasi parlamentni hukumat harakatlari va 
byudjet ijrosi ustidan samarali nazorat qilishda 
qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u parlament 
va hukumatga audit natijalari bo'yicha maslahat 
beradi. Shuningdek, agar bu uchinchi shaxslarning 
qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasa, auditning 
yakuniy natijalarini e’lon qilish yoki jamoatchilikka 
taqdim etish huquqiga ega. Natijalarni jamoatchilik-
ka yetkazish orqali u nafaqat hukumat va parla-
ment, balki barcha fuqarolar va ommaviy axborot 
vositalari uchun o‘z ishining shaffofligini kafolatlay-
di. Federal audit idorasining auditorlik faoliyati 
hamda parlament va hukumatga tavsiyalari davlat 
sektorida moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish, 
salbiy tendentsiyalarning oldini olish va umumiy 
manfaatlar uchun barqaror, moslashuvchan va qo-
nuniy hukumat tuzilmalarini ta’minlashga qaratil-
gan[29].
Federal audit idorasi o‘z faoliyatida mustaqil-
dir va “federatsiya iqtisodiyotini va alohida aha-
miyatga ega federal obyektlarni byudjetdan moliya-
lashtirish va boshqarishni, shuningdek davlat subsi-
diyalarini oladigan davlat korxonalari, ijtimoiy 
sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi” 
(Pashentsev, 2012). Hisob palatalarining a’zolari, 
qoida tariqasida, tegishli hududning qonun chiqa-
ruvchi organi tomonidan tayinlanadi va ular o‘z 
faoliyati masalalarida mustaqildirlar. 
Federal audit idorasi byudjetning hisob-ki-
toblari, rentabelligi va to‘g‘riligini nazorat qiladi, 
shuningdek, federal moliya vazirligining barcha 
daromadlar va xarajatlar, davlat mulkining holati va 
joriy moliyaviy yil uchun davlat qarzi to‘g‘risidagi 
hukumat tomonidan Bundestag va Bundesratga 
taqdim etiladigan hisobotini tekshiradi (Guseva, 
2016). 
Federal audit idorasi har yili o‘tkazilgan 
tekshirishlar natijalari to‘g‘risida hisobot tuzadi va 
uni hukumatga, Bundestag va Bundesratga taqdim 
etadi. Bundan tashqari, hisobot natijalari haqida 
jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot 
anjumani o‘tkazadi. Joriy hisobot noto‘g‘ri va sama-
rasiz moliyaviy boshqaruvga xos bo‘lgan holatlarni 
ko‘rsatadigan 20 ta hisobot maqolalarini o‘z ichiga 
oladi. Yillik moliyaviy hisobotlarning xulosalariga 
qo‘shimcha ravishda, joriy yillik hisobot hukumatga 
moliyaviy boshqaruvni qayerda yaxshilashi kerakli-
gini ko‘rsatadigan yana 19 ta misolni o‘z ichiga 
oladi. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida federal daraja-
da eng yuqori moliyaviy tartibga soluvchi organ 
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat hisob palatasi 
(U.S. Government Accountability Office) hisoblana-
di. AQSh Davlat hisob palatasi federal agentlik 
boʻlib, AQSh Kongressining audit, baholash, tahliliy 
va tergov organi hisoblanadi. U Kongress uchun ish-
laydigan mustaqil, partiyasiz agentlik sanaladi. Dav-
lat hisob palatasi soliq to‘lovchining pullari qanday 
sarflanishini o‘rganadi hamda hukumatga pulni te-
jash va samaraliroq ishlashga yordam berish maq-
sadida Kongress va federal agentliklarni xolis, fakt-
larga asoslangan ma’lumot bilan ta’minlaydi. Misol 
uchun, 2022-moliya yilida federal hukumat uchun 
moliyaviy foyda taxminan 55,6 milliard dollarga 
baholandi, bu har bir investitsiya qilingan dollar 
uchun taxminan 74 dollarni tashkil etadi. Davlat 
hisob palatasi investitsiyalarining so‘nggi 5 yildagi 
o‘rtacha daromadi har bir dollarga 145 dollarni 
tashkil etadi. Shuningdek, u davlat dasturlari va 
operatsiyalarini yaxshilashga olib kelgan 1262 ta 
boshqa imtiyozlarni aniqladi[31].
AQSh Davlat hisob palatasi Kongress va ijro 
organlari rahbarlarini hukumat faoliyatini yaxshi-
lash va soliq to‘lovchilarning milliardlab dollarlarini 
tejash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘z vaqti-
da, faktlarga asoslangan, xolis ma’lumotlar bilan 
ta’minlaydi, u shuningdek, Kongressga o‘z konstitut-
siyaviy vazifalarini bajarishida ko‘maklashadi va 
Amerika xalqi manfaati uchun federal hukumatning 
ishini yaxshilash va javobgarligini ta’minlashga yor-
dam beradi. Shuningdek, u davlat shartnomalarini 
tuzish bilan bog‘liq nizolar kabi masalalar bo‘yicha 
qonuniy qarorlar qabul qiladi. Hisob palatasining 
ishi Kongress qo‘mitalari yoki quyi qo‘mitalarining 
talabiga binoan yoki qonunlar yoki Kongress bayon-
nomalariga muvofiq qo‘mitalar hisobotlari talab 
qilgan holda amalga oshiriladi. 
Hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, shu-
ningdek, audit AQSh Hisob palatasining nazorat va 
audit faoliyatining asosiy shakllari hisoblanadi. Shu-
ningdek, ishonch telefonlari orqali olingan ma’lu-

Download 456,6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat moliyaviy nazorati sohasida xorijiy mamlakatlar

Download 456,6 Kb.
Pdf ko'rish