I BOB. Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida




Download 46.55 Kb.
bet2/10
Sana19.04.2022
Hajmi46.55 Kb.
#19972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-chi Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida
Nurjaxon pedagogika, 4 amaliy mashg‘ulot Mavzu Detallarni plastik deformatsiyalash u, 718498, 4-Testlar , 2 5221958497041647213, Sysadmin reja, Fizika. 10-sinf (2017, N.Turdiyev, K.Tursunmetov), 2.10. ozbek tili fonetikasi
I BOB. Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida

    1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining maqsad va vazifalari

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllangan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitusiyasida e‘tirof etilgan insonparvarlik, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy - siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik (huquqiy) madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosan talabi sanaladi. Davrning ushbu o‘ta dolzarb talabi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarlari mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Aholi o‘rtasida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etdi, ijtimoiy tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik (huquqiy) madaniyatni shakllantirish muammolarining ijobiy hal еtilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart - sharoitlarni vujudga keltirish: bir tomondan, jamiyat manfaatlari uchun; ikkinchi tomondan; shaxs (fuqaro) manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi sharoitida ijtimoiy ta‘lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda (kompleks) tarzda tashkil etish bugungi kunning da‘vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish oila > ta‘lim muassasalari > jamoatchilik > davlat > jamiyat belgiligini yaratish asosida amadga oshiriladi. O‘z fuqarolariga ega bo‘lish har bir davlatning zarur va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo‘lmay, muayyan mexanizmga, jonli sifatida maydoniga chiqadi. Huquqiy o‘rni qonun yo‘li bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat‘iy nazar, ma‘lum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deyiladi. Shunday huquqga ega shaxs fuqaro deb ataladi. O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan tegishli qoidalarga belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunlarda ko‘rsatib o‘tilgan burchlarni bajaradi.
Demak, "fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan, huquqiy va ahloqiy me‘yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma‘naviy еtuklikni nazarda tutadi". Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: - muayyan davlat jamiyat a‘zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog‘liq ekanligini tushunib etish; - xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so‘zsiz, qat‘iy amal qilish; - o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish, shaxsiy manfaatlardan Respublika manfaatlarini ustun qo‘ya bilish, xalq vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligaini himoya qilish, asrab avaylash; - davlat ramzlariga cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ular muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha‘ni, qadrqimmati ekanligini anglash; - ijtimoiy-siyosiy onglik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish; - milliy va umuminsoniy ahloq hamda huquq me‘yorlarining buzilishiga nisbatan murosasiz kurash.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talab fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlar mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar, odatlar ma‘qullanadi yoki qoralanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar, huhuqiy davlat va jamiyat qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayoni yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining vazifalarini murakkablashtiradi. Chunki demokratik huquqiy jamiyat barpo еtilishining muvaffaqiyati fuqaroning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasiga, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligiga,ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari, demokratik talablar hamda ahloqiy-huquqiy me‘yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi-fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglash orqali o‘quvchilarga yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, vatan jamiyat uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

Download 46.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 46.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida

Download 46.55 Kb.