|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
735
w
oriens.uz
www.
November
2021
o‘zlashtira omaslik oqibatida kelib chiqadi. Shuning uchun standartlar chizmalarni
taxt qilish asosiy omil hisoblanadi.
Davlat standartlar
.Ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarning sifatini
yaxshilash ularni ma’lum o‘lchamga va sifatga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida
xalqaro davlat standartlari belgilangan (qisqacha GOST). Bundan tashqari
standartlarning qiyidagi turlari mavjud: OST– xalq xo‘jaligi tarmoqlari standarti;
RST–respublika standartlari; STP– korxona standartlari. Standartlar texnika
taraqqiyotining o‘sishida, ijtimoiy mehnat unumi va xalqning turmush farovonligini
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. U barcha korxonalar, loyihalash
tashkilotlari va o‘quv yurtlari uchun qonun hisoblanadi. 1926 yildan boshlab barcha
korxonalar mahsulotlarini standartlashtirish maqsadida chizmachilik kursiga
standartlar tatbiqqilingan. 1928 yilning oxirida birinchi marta mashinasozlik
chizmalari qoida va normalarining yagona sistemasi ishlab chiqildi hamda nashr
qilindi. Chizmalar uchun davlat standarti OST 350–358. Shu vaqtdan boshlab barcha
standartlar ustida ishlash to‘xtamay davom etmoqda. 1934, 1939, 1946, 1952, 1959,
1965, 1966, 1968, 1972, 1980, 1986 va O‘DS 2006 yillarda chizmalar standarti qayta
ko‘rib chiqildi. Standartlarning chizmachilikka tatbiq qilinishi chizmalarga bir xil
talablar qo‘yilishiga imkon yaratdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Standartlar chizmalar chizishni tezlatish, o‘qilishini osonlashtirish, yangiliklar
kiritish, konstruktorlarning takliflarini kiritish maqsadida o‘zgartirib boriladi.
1971 yilda «Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi» (ESKD) joriy
qilindi. Standartlar barcha loyihalash tashkilotlari, sanoat va qurilish korxonalari
hamda o‘quv yurtlari uchun majburiy bo‘lib, uni buzish va unga amal qilmaslik qat’iy
man etiladi.
Chizma formatlari. Chizma listlarining formatlari, ramka o‘lchamlari, asosiy
yozuvlar (shtamplar). Chizmalarning ma’lum tartibida saqlanishini hisobga olgan
holda ularni ixtiyoriy kattalikdagi qog‘ozga chizmasdan, aniq o‘lchamga ega bo‘lgan
asosiy formatlarga chiziladi.
Asosiy va qo‘shimcha formatlar bo‘lib, ularning o‘lchamlari GOST301–68 ga
asosan olinadi. Tomonlari 1189X841 mm, yuzasi 1 m
2
ga teng format asosiy format
deyiladi. Chizmalar qanday (original, kopiya, dublikat, chizmaning asli, ko‘chirilgan
nusxa, ikkinchi nusxa, kalkadagi chizma) bo‘lishidan qat’iy nazar ular chiziladigan
formatlar yuqorida ko‘rsatilgan GOST talabiga binoan bajariladi. Chizma listlarining
formati ingichka chiziq bilan chizilgan tashqi ramka bo‘yicha aniqlanadi (1-shakl).
Asosiy formatlar 44, 24, 22, 12, 11 kabi belgilanadi va 44 formatning katta tomonini
|
| |