5-shakl
Birinchi, ikkinchi, еttinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi xonalardagi yozuvlarni 5-
yoki 7- shriftlarda, qolgan xonalardagi yozuvlarni esa 3,5- yoki 2,5- shriftlarda yozish
4-shakl
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
739
w
oriens.uz
www.
November
2021
tavsiya etiladi. Chizma ramkasi va asosiy yozuv chizig‘i asosiy tutash chiziqda asosiy
yozuvning (6-shaklga qarang) ayrim chiziqlari ingichka tutash chiziqqa chiziladi.
6-shakl
Chizma chiziqlari. Chizmani bir xil yo‘g‘onlikdagi chiziqlar bilan chizilsa, uni
o‘qish juda murakkab bo‘ladi. Chizmaning to‘g‘ri o‘qilishi, sifatli chiqishi chizma
chiziqlarini o‘z o‘rnida ishlatishga bog‘liq.
GOST 2. 303–68 da tasdiqlangan to‘qqiz xil chiziq ishlatiladi. Lekin bu chiziq
to‘rlario‘z-o‘zidan hosil bo‘lmasdan, ma’lum tarixiy davrni bosib o‘tgan. XVIII asrda
chizmaningasosiy chiziqlari sifatida kontur va shtrix-punktir chiziqlardan
foydalanilgan. Shtrix-punktir chiziq chizmada ko‘rinmaydigan konturlarni, uzilish
joylarni, keyinchalik chizmaga o‘lcham qo‘yish paydo bo‘lganidan so‘ng chiqarish
va o‘lcham chiziqlarini tasvirlash uchunishlatilgan. XIX asrning 40- yillaridan
boshlabko‘k rangli asosiy tutash chiziq bilan chiziqlari tasvirlangan. Yanabir qancha
o‘zgarishlardan so‘ng, chizmani chizish va ulardannusxa ko’chirish uchun qulay
bo‘lgan 6-shaklda ko‘rsatilgan
chiziq
to‘rlari ishlatila boshlandi.
Asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi (s) tasvirning kattaligi va murakkabligi
hamda chizma formatiga qarab tanlanadi (s=0,6 ... 1,5 mm). Bir xil masshtabda
chizilgan chizmalar uchun shu chizmadagi hamma tasvirlarning yo’g‘onligi bir xil
bo‘lishi kerak, s ning yo’g‘onligiga qarab boshqa chiziqlarning yo‘g‘onligi
tanlanadi,s ning yo‘g‘onligi 0,9 mm dan kam bo‘lmasa hamda chizma tushda
bajarilsa s yo‘g‘onlikdagi chiziqlarni ishlatishga ruxsat etiladi.
|