Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019




Download 2,32 Mb.
bet18/25
Sana14.05.2024
Hajmi2,32 Mb.
#230559
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
DTM-2019 word

METALLAR

1. Teng massadagi litiy gidrid va kaliy gidrid suvda to‘liq eritildi. KH eritilishi natijasida 4,48 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Olingan litiy gidroksid massasini (g) hisoblang.


A) 36 B) 24 C) 48 D) 12

2. 76 g xrom(III) –oksid namunasi vodorod yordamida qisman qaytarildi. Olingan qattiq qoldiq massasi 64 g bo‘lsa, sarflangan vodorod hajmini (1, n.sh.) hisoblang.


A) 33,6 B) 44,8 C) 16,8 D) 89,6

3. СаСО3 va МgСО3 to ‘liq parchalanganda olingan qattiq qoldiq massasi dastlabki aralashma massasining yarmini tashkil etdi. 2 mol shunday aralashmadagi СаСО3 massasini (g) hisoblang.


A) 125 B) 75 C) 50 D) 100

4. 9,4 g mis(II) –nitrat tutgan eritmaga 65 g Me plastinka tushirildi. Mis batamom siqib chiqarilgach, plastinka massasi 11 % ga kamaydi va eritmada Me(NO3) 2 tarkibli tuz hosil bo‘ldi. Metallni aniqlang.


A) Pb B) Cd C) Ag D) Zn

5. Alyuminiy yetarli miqdordagi KOH eritmasida eritilganda 804 g tetragidrokso–birikma olindi. Ushbu jarayonda alyuminiydan vodorodga o‘tgan elektronlar miqdorini (mol) toping.


A) 14 B) 20 C) 12 D) 18

6. Ammoniy nitrat va ammoniy bixromatdan iborat aralashma to‘liq parchalanganda 76 g qattiq modda va 33,6 litr (n.sh.) gazlar ajraldi. Dastlabki aralashmadagi ammoniy nitrat massasini (g) hisoblang.


A) 80 B) 40 C) 30 D) 60

7. Qanday massali (g) temir (II) –oksidi С yordamida to‘liq qaytarilsa, CO va CO2 dan iborat 23,2 g massali 0,6 mol gazlar aralashmasi olinadi?


A) 54 B) 72 C) 36 D) 18

8. 29,6 g natriy oksidi va peroksididan iborat aralashmada Na va О atomlari soni nisbati 8:7 bo‘lsa, aralashmadagi natriy oksidning massasini (g) toping.


A) 6,2 B) 12,4 C) 24,8 D) 9,3

9. Mg va Li dan iborat aralashma oksidlanganda qattiq modda massasi ikki marta ortdi. Dastlabki aralashmadagi ishqoriy metallning massa ulushini toping.


A) 0,30 B) 0,70 C) 0,40 D) 0,60

10. Natriy gidrokarbonat 80 % unum bilan parchalanganda 29,6 g qattiq qoldiq olindi. Reaksiyada ajralgan CO2 hajmini (1, n.sh.) aniqlang.


A) 4,48 B) 3,36 C) 6,72 D) 2,24

11. 48 g III valentli noma’lum metall oksidi H2 va CO aralashmasi yordamida qaytarildi. Reaksiya natijasida 5,4 g suv va 26,4 g CO2 olingan bo‘lsa metallni toping.


A) Cr B) Mn C) Fe D) Al

12. Mis (II) –sulfat eritmasiga Fe plastinka tushirildi. Natijada eritma massasi 1 g ga kamaydi. Olingan plastinkadagi temirning massasi mis massasidan 2 marta kam bo‘lsa, boshlang‘ich plastinka massasini (g) toping.


A) 8 B) 11 C) 15 D) 12

13. Temirning 1/3 qismi xlorid kislotada eritilganda 25,4 g tuz hosil bo‘ldi. Qolgan qismi qancha (1, n.sh.) xlor bilan ta’sirlashadi?


A) 6,72 B) 8,96 C) 13,44 D) 17,92

14. Temirning yarmi kislorodda qizdirilganda 46,4 g qo‘sh oksid hosil bo‘ldi. Qolgan yarmini eritish uchun qancha hajm (litr) 0,4 M li xlorid kislota eritmasi talab etiladi?


A) 2 В) 1 C) 1,5 D) 3

15. 400 g 20 % li mis (II) –sulfat eritmasiga 20 g Fe plastinka tushirildi. Eritmada Fe2+ va Сu2+ ionlarining mol nisbati 2:3 bo‘lganda plastinka massasi necha grammga ortadi?


A) 3,2 B) 0,8 C) 2,4 D) 1,6

16. Simob suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritmaga yetarli ishqor qo‘shilganda 65,1 g cho‘kma tushdi. Kislotadan ajralgan NO ning hajmi (1, n.sh.) qanday bo‘lgan? (Reaksiyada Hg(NO3) 2 hosil bo‘lgan)


A) 8,96 B) 4,48 C) 2,24 D) 5,6

17. Marganesning teng yarmi konsentrlangan sulfat kislotada eritilganda 2,24 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Qolgan yarmi konsentrlangan nitrat kislotada eritilsa, qancha (g) gaz ajraladi?


A) 9,2 B) 4,48 C) 4,6 D) 2,24

18. Kuprit va xalkozin (mis yaltirog‘i) ta’sirlashuvidan olingan metall konsentrlangan sulfat kislotada eritildi. Bunda ajralgan gaz hajmi dastlabki reaksiyada hosil bo‘lgan gaz hajmidan 2 marta ko‘p bo‘lsa, metallning qancha qismi sulfat kislotada erimay qolgan?


A) 1/6 B) 5 /6 C) 2 /3 D) 1/3

19. Ikki valentli metall oksidi va sulfatining ekvimolar aralashmasi tarkibida metallning massa ulushi 30 % bo‘lsa, uni aniqlang.


A) Ca B) Fe C) Mg D) Cr

20. Azot va kisloroddan iborat 300 ml (n.sh.) gazlar aralashmasi litiy metali ustidan o‘tkazildi. Natijada aralashma metall bilan to‘liq reaksiyaga kirishib oksid va nitrid hosil qildi. Agar qattiq modda massasi 0,408 g ga ortgan bo‘lsa, dastlabki gazlar aralashmasining


zichligini (g/l (n.sh.) ) aniqlang.
A) 1,25 B) 1,38 C) 1,26 D) 1,36

21. Malaxit qizdirilganda massasi 31 g ga kamayib, qora kukun hosil bo‘ldi va u qizdirilib ustidan vodorod o‘tkazilsa kukun massasi 12 g ga kamayib qizil rangga kirdi. Ikkinchi reaksiya unumini (%) toping.


A) 85 B) 75 C) 90 D) 80

22. Xrom simobda eritilib havoda oksidlansa, qora rangli birikma hosil qildi. Unga to‘la eriguncha oz–ozdan HCl qo‘shib borildi. Hosil bo‘lgan eritmaga mo‘l xlorid kislota qo‘shilsa, 2,8 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Dastlabki xrom massasi (g) qanday bo‘lgan?


A) 13 B) 39 C) 52 D) 26

23. Oltinga mis qo‘shib tayyorlangan zargarlik buyumi konsentrlangan nitrat kislotaga solinganda 1,12 litr (n.sh.) gaz ajratib, 4,8 grammi erimay qoldi. Taqinchoq probasi qanday bo‘lgan?


A) 375 B) 800 C) 750 D) 583

24. CdS va kinovar aralashmasida kadmiy va oltingugurt massa ulushlari teng bo‘lsa, Cd va Hg qanday mol nisbatda bo‘lgan?


A) 1:3 B) 1:2,5 C) 1:1 D) 1:1,5

25. Ekvimolar nisbatda olingan 31,2 g ikkita ishqoriy metall aralashmasining suv bilan reaksiyasi natijasida 0,2 mol gaz ajraldi. Metallarni aniqlang.


A) Na va Cs В) K va Rb C) Na va K D) Li va Cs

26. 2,1 g CaH2 yetarli suvda eritilib olingan gaz 9,6 g CuO ustidan o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan qattiq qoldiq tarkibidagi ω(Сu) ni aniqlang.


A) 0,8 B) 0,75 C) 0,6 D) 0,5

27. Ikki valentli metall plastinka mis (II) –sulfat eritmasiga tushirilganda eritma massasi 3 g ga kamaydi va 9 g MeSO4 hosil bo‘ldi. Plastinka qaysi metalldan yasalganligini aniqlang.


A) Fe B) Zn C) Mg D) Cr

28. Litiy va litiy oksiddan iborat 5,8 g aralashma mo‘l miqdordagi suvda eritildi. Natijada 0,6 mol LiOH hosil bo‘lgan bo‘lsa, dastlabki aralashma miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,3 B) 0,4 C) 0,6 D) 0,5

29. Alyuminiy va temirdan iborat aralashmaning 0,3 moli mo‘l miqdordagi xlorid kislotada to‘liq eritilishi natijasida 8,96 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo‘lsa, dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang.


A) 13 B) 11 C) 13,9 D) 12,5

30. 22 g Me2S mo’l miqdordagi suyultirilgan sulfat kislotada eritildi. Hosil bo’lgan gaz 120 g 28 % li KOH eritmasidan o’tkazilib olingan eritmada ishqor va tuzning molar konsentratsiyаlari tenglashdi. Reaksiya uchun qaysi metall sulfidi ishlatilgan?


А) Сu B) Na C) K D) Hg

31. Temirr (II) va temir (III) – oksidlaridan iborat 0,5 mol aralashma vodorod bilan to’la qaytarilganda 12,6 g suv hosil bo'ldi. Boshlang’ich aralashmadagi FeO ning massasmi (g) aniqlang.


A ) 14,4 B ) 28,8 C ) 10,8 D ) 21,6

32. Ruxning mol ulushi 75 % bo’lgan rux va xromdan iborat aralashmaga mo‘l miqdorda HCl ta’sir ettirilganda 0,9 mol gaz ajralsa, dastlabki aralashmadagi xromning massasini (g) aniqlang.


A) 7,8 B) 15,6 C) 5,2 D) 10,4

33. Kalsiy va kalsiy nitriddan iborat 0,3 mol aralashmaga suv ta’sir ettirilganda 37 g ishqor hosil bo’lsa, dastlabki aralashmadagi kalsiyning massasini (g) aniqlang.


A ) 4 B ) 8 C ) 12 D ) 6

34. Ammoniy dixromat to’liq раrchalanganda 3,36 litr n.sh. gaz ajraldi. Olingan qattiq qoldiq yetarli NaOH bilan qizdirilganda qancha (g) tuz hosil bo’ladi?


A) 48,6 D) 21,4 C) 16,2 D) 32,1

35. Mis (I) – oksid va mis (I) – sulfidlar aralashmasi o‘zaro ta’sirlashganda tarkibida 0,8 mol Cu va 3,2 g S atomlari tutgan qattiq qoldiq olindi. Reaksiyada ajralgan gaz hajmini n.sh. da aniqlang.


A) 2,24 B) 1,12 C) 3,36 D) 4,48

36. Мa’lum miqdordagi rux sulfatga 40 % li NaOH eritmasi qo’shilganda 19,8 g cho’kma tushdi va 0,2 mol Na2[Zn(OH) 4] hosil bo’ldi. Sarflangan ishqor eritmasining massasini (g) hisoblang.


A) 120 B) 140 C) 100 D) 80

37. 4 litr suvda 272 mg CaSO4 hamda 730 mg magniy gidrokarbonat bo’lsa, suv qaynatilmasdan oldin va keyin umumiy qattiqlik qanday (mg ⦁ ekv/litr) bo’ladi?


A) 3,5 va 1,0 B) 2,5 va 1,0 C) 3,5 va 2,5 D) 3,5 va 3,5

38. Qattiqligi 3 ⦁ 10–3 mg⦁ekv/litr bo’lgan 300 litr hajmdagi suvga qaysi moddadan 47,7 g qo’shib yumshatish mumkin?


A) natriy sulfat B) soda C) o’yuvchi natriy D) so’ndirilgan ohak
39. 400 g 20 % li mis (II) – sulfat eritmasiga 20 g Fe plastinka tushirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka masaasi 21,6 g ni tashkil etdi. Eritmadagi Fe2+ va Cu2+ ionlarining mol nisbatini toping .
A) 2:1 B) 3:1 C) 2:3 D) 1:1

40. 48 g mineral [ ω (Cu) = 0,8; ω (S) = 0,2 ] mo’l miqdordagi kislorodda yondirilganda 150 kJ issiqlik ajralgan bo’lsa, mineralning yonish issiqligini (kJ/mol) hisoblang.


A) 600 B) 450 C) 300 D) 500

41. 0,4 mol mis qipig‘ini eritish uchun unga oldin konsentrlangan sulfat kislota va qolgan qipiqqa suyultirilgan nitrat kislota eritmasi ta’sir ettirildi. Olingan mis tuzlari 200°C da massasi o‘zgarmay qolguncha qizdirilganda 40 g qattiq qoldiq hosil bo‘ldi. Reaksiyada hosil bo‘lgan oltingugurt (IV) –oksidi miqdorini (mol) hisoblang.


A) 0,4 B) 0,3 C) 0,1 D) 0,2

42. Mis, alyuminiy va magniydan iborat 27,4 g aralashma xlorid kislota eritmasida eritilganda 1,1 mol gaz ajraldi. Erimay qolgan qoldiq konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda 0,2 mol gaz ajraldi. Dastlabki aralashmadagi alyuminiyning miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,45 B) 0,6 C) 0,9 D) 0,3

43. 0,5 mol mis nitrat kislota eritmasida eritilishi natijasida D(He) = 8,5 bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Reaksiyada sarflangan nitrat kislota miqdorini (mol) hisoblang.


A) 1,5 B) 1,4 C) 1,2 D) 1,3

44. Temir (II) –sulfid va temir (III) –sulfiddan iborat aralashma 100 ml suvga aralashtirildi. Bunda umumiy massasi 47,8 g bo‘lgan cho‘kma va 10,2 g gaz ajraldi. Dastlabki aralashmadagi temir (II) –sulfidning massasini (g) hisoblang.


A) 39,6 B) 52,8 C) 26,4 D) 20,8

45. Kumush va misdan iborat 0,9 mol aralashma teng ikki qismga ajratildi. Bir qismi suyultirilgan nitrat kislota eritmasida eritilganda 0,2 mol NO ajraldi. Qolgan qismi konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda necha mol NO2 ajraladi?


A) 0,75 B) 0,6 C) 0,5 D) 0,4

46. 1,3 mol natriy suyultirilgan nitrat kislota eritmasida eritildi. Bunda N2O va H2 dan iborat 0,5 mol gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Reaksiya uchun sarflangan suv miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,6 B) 0,9 C) 0,45 D) 0,3

47. 18,2 g LiH va AlP dan iborat aralashma 82,8 ml suvda eritildi. Bunda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining zichligi asetilenning zichligiga teng bo‘ldi. Ajralgan cho‘kma massasini (g) hisoblang.


A) 23,4 B) 15,6 C) 31,2 D) 7,8

48. Mis va kadmiydan iborat 200 g qotishma tarkibida 64 % mis bor. Ushbu qotishmaga qaysi metalldan qanday massada qo‘shilsa, Cd4Cu7 tarkibli qotishmaga aylanadi?


A) 40 g Сu В) 56 g Сu С) 40 g Cd D) 56 g Cd

49. Temirdan yasalgan plastinka dastlab xlorid kislota eritmasida eritilishi natijasida 8,4 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Plastinka chiqarib olinib kumush nitrat eritmasiga tushirildi. Ikkala jarayon oxirida plastinka massasi 11 g ga ortdi. Plastinkaga o‘tirgan kumush massasini (g) aniqlang.


A) 32,4 B) 43,2 C) 10,8 D) 21,6

50. Simob (II) –nitrat va temir (III) –nitratdan iborat 0,06 mol aralashma qizdirildi. Hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi natriy gidroksid eritmasi orqali o‘tkazilganda 448 ml gaz (273 K va 101,325 kPa) ortib qoldi. Dastlabki aralashmadagi simob (II) –nitratning miqdorini (mol) hisoblang.


A) 0,05 B) 0,01 C) 0,04 D) 0,02

51. Mis va mis (II) –nitratdan iborat 44 g aralashma ochiq havoda qizdirilganda massa 20 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi mis (II) –nitratning miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,05 B) 0,2 C) 0,15 D) 0,1

52. Kuprit va xalkozin aralashmasi tarkibida 192 g Сu va 125 ⦁ NA dona neytron mavjud. Aralashma o‘zaro ta’sirlashganda qancha (g) mis olinadi?


A) 96 B) 160 C) 64 D) 128

53. Temir ikkiga ajratildi va birinchi qismi qaynoq konsentrlangan, ikkinchi qismi suyultirilgan sulfat kislotada eritildi. Ajralgan gazlar aralashtirilsa, aralashma molar massasi 39,2 g/mol bo‘ldi. Temirning qancha qismi FeSO4 hosil qilgan?


A) 1/4 B) 1/2 C) 1/3 D) 2/3

54. Temir, mis va oltindan iborat aralashmaga xlorid kislota ta’sir ettirilganda eritma massasi 2,7 g ga ortdi. Erimay qolgan qoldiq konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda 1,12 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Qolgan qoldiq massasi 4,0 g ni tashkil etdi. Dastlabki aralashmadagi temirning massa ulushini (%) toping.


A) 28 B) 20 C) 56 D) 40

55. +2 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan metall sulfati va oksidi aralashmasida oltingugurtning massa ulushi 16 %, kislorodniki 36 % bo‘lsa, metallni toping.


A) Zn B) Fe C) Mg D) Сu

56. Natriy va alyuminiydan iborat 19,2 g aralashma suvda eritilganda 13,44 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo‘lgan eritmadagi ishqor massasini (g) aniqlang. (reaksiyada Na[Al(OH) 4 ] hosil bo‘ladi)


A) 24 B) 12 C) 16 D) 20

57. 51,6 g KMnO4 va CaCO3 aralashmasi to‘liq parchalanganda 127°C va 166,2 kPa da o‘lchangan zichligi 2g/l gazlar aralashmasi olindi. Dastlabki aralashmadagi kalsiy karbonatning massasini (g) hisoblang.


A) 10 B) 20 C) 30 D) 25

58. 0,4 mol temir, temir (II) va temir (III) –oksidlar aralashmasiga xlorid kislota eritmasi ta’sir ettirilganda 2,24 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Xuddi shunday miqdordagi aralashma H2 yordamida qaytarilganda esa 9 g suv olindi. Dastlabki aralashmadagi temir (II) –oksidning massa ulushini (%) hisoblang.


A) 40 B) 60 C) 44,4 D) 55,6

59. Mis va mis (I) –oksiddan iborat 40 g aralashma 472 g 80 % li sulfat kislota eritmasida eritildi. Hosil bo‘lgan eritmada mis (II) –sulfatning massa ulushi 20 % bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritma massasini (g) aniqlang.


A) 512 B) 496 C) 480 D) 486,4

60. Misning 1/3 qismi konsentrlangan nitrat kislota eritmasida eritilganda kislota eritmasining massasi 8,4 g ga kamaydi. Misning qolgan qismi suyultirilgan nitrat kislota eritmasida eritilganda kislota eritmasining massasi necha grammga ortadi?


A) 39,6 B) 79,2 C) 26,4 D) 118,8

61. Fe va K2СО3xН2О dan iborat 58,8 g aralashma xlorid kislota eritmasida eritildi. Bunda D(He) = 4,7 bo‘lgan 11,2 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. « x » ning qiymatini hisoblang.


A) 4 B) 5 C) 2 D) 3

62. Mis, alyuminiy va ruxdan iborat 44,2 g aralashma teng ikki qismga ajratildi. Bir qismi konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda 0,6 mol azot (IV) –oksidi hosil bo‘ldi. Qolgan qismining yarmi xlorid kislotada eritilganda 0,175 mol vodorod ajraldi. Dastlabki aralashmadagi ruxning miqdorini (mol) hisoblang.


A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4

63. 12,45 g Zn va Al dan iborat aralashma mo‘l miqdordagi KOH eritmasida eritilganda 6,72 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan tuzlarning massa (g) yig‘indisini hisoblang. (Alyuminiy geksagidrat hosil qilgan.)


A) 56,25 B) 58 C) 45,7 D) 54,5

64. Misning 2/3 qismi suyultirilgan nitrat kislota eritmasida eritilganda kislota eritmasining massasi 26,4 g ga ortdi. Misning qolgan qismi konsentrlangan nitrat kislota eritmasida eritilganda kislota eritmasining massasi necha grammga kamayadi?


A) 8,4 B) 7 C) 14 D) 16,8

65. Alyuminiy nitrat va ishqoriy metall nitratidan iborat aralashma 400°C gacha qizdirilganda 34,2 g qattiq qoldiq hosil bo‘ldi. Ajralgan gazlar aralashmasi 200 g 24 %li natriy gidroksid eritmasiga yuttirilganda 0,1 mol gaz yutilmay qoldi. Metallni aniqlang.


A) litiy B) kaliy C) natriy D) rubidiy

66. 30 g FeO va CuO dan iborat aralashma mo‘l miqdordagi ammiak bilan qaytarildi. Olingan metallar 294 g 30 % li HNO3 kislota eritmasi bilan to‘liq ta’sirlasha olsa, FeO massasini (g) aniqlang. (Reaksiya natijasida NO hosil bo‘ladi.)


A) 27 B) 9 C) 18 D) 36

67. 60 g FeO va CuO dan iborat aralashma mo‘l miqdordagi ammiak bilan qaytarildi. Olingan metallar 588 g 30% li HNO3 kislota eritmasi bilan to‘liq ta’sirlasha olsa, CuO massasini (g) aniqlang. (Reaksiya natijasida NO hosil bo‘ladi)


A) 12 B) 24 C) 8 D ) 16

68. n(O) = 1,5 mol bo‘lgan KNO3 va Cu(NO3) 2 aralashmasida kaliy atomlari umumiy atomlarning 1/8 qismini tashkil etadi. Ushbu aralashma to‘liq parchalanganda hosil bo‘lgan gazlar hajmini (1, n.sh.) hisoblang.


A) 4,48 B) 6,72 C) 11,2 D) 8,96

69. Rux nitrat tuzi qizdirilganda ma’lum qismi termik parchalandi va 70,2 g qattiq qoldiq olindi. Hosil bo‘lgan qattiq moddalar aralashmasi 320 g 20 % li NaOH eritmasi bilan to‘liq ta’sirlashgan bo‘lsa, rux nitratning dastlabki miqdorini (mol) hisoblang.


A) 0,7 B) 0,5 C) 0,8 D) 0,6

70. Natriy nitrat va III valentli metall nitrat (aktivlik qatorida Сu gacha joylashgan) to‘liq parchalanganda 0,85 mol gazlar aralashmasi va 29 g qattiq qoldiq olindi. Qattiq qoldiq 36,2 g suvda eritilganda ω = 69/250 eritma hosil bo’lsa, noma’lum metallni aniqlang.


A) Cr B) Al C) Mn D) Fe

71. 33,8 g ikki valentli metall gidridi va nitrididan iborat aralashma suvda eritilganda 13,44 litr (n.sh.) gazlar hosil bo‘ldi. Olingan gazlar aralashmasi HCl eritmasiga yuttirilganda 1/3 qismi yutilmay qolgan bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi gidridning massasini (g) aniqlang.


A) 8,4 B) 2,6 C) 4,2 D) 5,2

72. Temirning 1/3 qismi xlorlandi, qolgan qismi esa xlorid kislota eritmasida eritildi. Agar sarflangan kislota massasi xlor massasidan 7,9 g ga ko‘p bo‘lsa, birinchi reaksiyadan hosil bo‘lgan tuzning massasini (g) hisoblang.


A) 50,8 B) 25,4 C) 32,5 D) 65

73. 19,2 g mis plastinka kumush nitrat eritmasiga tushirilib, massasi 22,8 g ga ortganda eritmadan chiqarib olindi. Ushbu plastinkani eritish uchun qancha (mol) nitrat kislota saqlagan 30 % li eritma sarflanadi?


A) 1,2 B) 0,8 C) 1,6 D) 2,4

74. Natriy, kaliy va kalsiydan iborat 0,7 mol aralashma suvda eritilganda 12,32 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi kaliyning miqdori (mol) natriynikidan 2 marta kam bo‘lsa, hosil bo‘lgan natriy gidroksidning massasini (g) hisoblang.


A) 10 B) 8 C) 12 D) 4

75. Natriy, kaliy va kalsiydan iborat 0,7 mol aralashma suvda eritilganda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi kaliyning miqdori (mol) natriynikidan 1,5 marta ko‘p bo‘lsa, hosil bo‘lgan kalsiy gidroksidning massasini (g) hisoblang.


A) 29,6 B) 14,8 C) 7,4 D) 22,2

76. 1 mol ammoniy dixromat va kaliy dixromatdan iborat aralashmaning ma’lum bir qismi xlorid kislotada eritilganda 0,75 mol xlor ajraldi. Aralashmaning qolgan qismi qizdirilganda qancha (mol) gaz ajraladi?


(N(Cr) /N(H) = 1,25)
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,15 D) 0,25


Download 2,32 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Download 2,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019

Download 2,32 Mb.