Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019




Download 2,32 Mb.
bet17/25
Sana14.05.2024
Hajmi2,32 Mb.
#230559
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
DTM-2019 word

METALLMASLAR

1. N2 + 3H2 → 2NH3 reaksiya tenglamasi bo’yicha H2 ning 75 % i sarflandi. Olingan gazlar aralashmasida NH3 ning hajmiy ulushi 25 % bo’lsa, azotning qancha qismi sarflangan?


A) 4/5 B) 5/6 C) 1/5 D) 1/6

2. Vodorod sulfidning yarmi mo’l miqdordagi havoda (φO2 = 0,2), qolgan yarmi kislorod yetarli bo’lmagan sharoitda yondirildi. Ikkinchi reaksiyada 0,4 mol S2 olingan bo’lsa, birinchi reaksiya uchun sarflangan havo miqdorini (mol) hisoblang.


A) 3 B) 8 C) 4 D) 6

3. 0,3 mol kalsiy ortofosfat va 1,2 mol ortofosfat kislotaning o’zaro tasirlashuvidan hosil bo’lgan fosforli birikma massasini (g) hisoblang. (η = 100%) .


A) 210,6 B) 217,6 C) 280,8 D) 163,2

4. Qizdirilgan mis (II) – oksidi ustidan 44,8 litr (n.sh) ammiak gazi o’tkazildi. Olingan gazlar aralashmasi (n.sh) HCl eritmasidan o’tkazilganda 5,6 litr (n.sh) gaz kislota eritmasiga yutilmay qoldi. Ammiakning qancha qismi CuO bilan ta’sirlashgan.


A) 1/4 B) 1/3 C) 2/3 D) 3/4

5. Xlor gazi ikkiga ajratildi va birinchi qismi sovuq, ikkinchi qismi qaynoq o‘yuvchi natriy eritmasi bilan to‘liq reaksiyaga kirishdi. Har ikkala reaksiya uchun bir xil miqdorda NaOH sarflangan bo‘lsa, xlorning qancha qismi birinchi reaksiya uchun sarflangan?


A) 3/4 B) 1/2 C) 5/8 D) 3/8

6. NaNO3 va AgNO3 aralashmasi to‘liq parchalanganda hosil bo‘lgan oddiy va murakkab moddalar mol nisbati mos ravishda 5:6 bo‘lsa, boshlang‘ich tuzlar qanday massa nisbatda bo‘lgan?


A) 2:1 B) 1:2 C) 1:1 D) 3:1

7. Xlor suvda eritilgandan so‘ng eritmadan 1,12 litr (n.sh.) O2 ajraldi. Qolgan eritmani neytrallash uchun necha molarli 0,5 litr kalsiy gidroksid eritmasi talab etiladi?


A) 0,2 B) 0,3 C) 0,4 D) 0,1

8. 35 g kremniyning bir qismi natriy ishqori eritmasida eritildi va olingan eritmaga xlorid kislota qo‘shilganda 39 g cho'kma hosil bo‘ldi. Kremniyning qolgan qismi qancha (g) magniy bilan birikadi?


A) 48 B) 36 C) 12 D) 24

9. 18 g Mg va 7 g Si dan iborat aralashma reaksiya to‘liq sodir bo‘lguncha qizdirildi, so‘ngra xlorid kislota eritmasi bilan ishlov berildi. Olingan gazlar aralashmasining molar massasini (g/mol) aniqlang.


A) 14 B) 9 C) 17 D) 12

10. Silan va is gazidan iborat aralashma mo‘l kislorodda yondirilganda 12 g qattiq qoldiq olindi hamda gaz (n.sh.) ajraldi. Ajralgan gaz NaOH eritmasiga yuttirilganda 21,2 g o‘rta tuz hosil bo‘ldi. Boshlang‘ich gazlar aralashmasining hajmini (1, n.sh.) hisoblang.


A) 8,96 B) 11,2 C) 13,44 D) 6,72

11. Azot (II) – oksidi va azotdan iborat 60 ml gazlar aralashmasiga havo [φ(O2) = 0,2] qo‘shildi. Hosil bo‘lgan aralashmada 10 ml kislorod va 120 ml azot bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi azot (II) – oksidining hajmini (ml) hisoblang.


A) 20 B) 40 C) 30 D) 10

12. Metan va silandan iborat 12,8 g aralashmaga 6,72 litr (n.sh.) propan gazi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan aralashmada 4,6 ⦁ NA ta vodorod atomlari bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi silanning massasini (g) hisoblang.


A) 3,2 B) 16 C) 6,4 D) 8

13. 70,2 g kalsiy digidrofosfat tarkibida necha gramm ozuqa elementi bo‘ladi?


A) 28,4 B) 18,6 C) 42,6 D) 56,8

14. Vodorod sulfid va oltingugurt (IV) – oksid reaksiyasi natijasida 48 g cho‘kma hosil bo‘ldi va 11,2 1itr (n.sh.) SO2 ortib qoldi. Dastlabki gazlar aralashmasining o‘rtacha molar massasini (g/mol) hisoblang.


A) 49 B) 54 C) 46 D) 44

15. 8,83 g ammoniy karbonat va natriy nitrat aralashmasi to‘liq parchalanganda 4,83 g qattiq qoldiq olindi. Dastlabki aralashmadagi azot atomlari sonini aniqlang.


A) 0,34⦁NA B) 0,13⦁NA C) 0,18⦁NA D) 0,1⦁NA

16. Reaksiya uchun olingan kalsiy karbonat massasi xlorid kislota massasidan 23,5 g ga ko‘p. Agar reaksiya natijasida 0,4 mol karbonat angidrid ajralgan bo‘lsa, sarflanmay qolgan kalsiy karbonat massasini (g) hisoblang. (η = 80 %)


A) 10 B) 20 C) 40 D) 30

17. Apatitga koks va SiO2 qo‘shib oq fosfor olish jarayonida 24 ⦁ NA dona sp3 – gibrid orbitalga ega bo'lgan oddiy modda olingan bo‘lsa, sarflangan uglerod massasini (g) hisoblang.


A) 120 B) 240 C) 180 D) 90

18. 11,2 g pirit va temir (II) – sulfid aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilganda xuddi shunday massali SO2 olingan bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi piritning miqdorini (mol) hisoblang.


A) 0,075 B) 0,025 C) 0,100 D) 0,050

19. 18 g piritning to‘liq yonishi natijasida olingan gaz 4 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Sarflangan brom eritmasining massasini (g) hisoblang.


A) 800 B) 1200 C) 960 D) 640

20. Oltingugurt (IV) – oksid va uglerod (IV) – oksidlaridan iborat gazlar aralashmasida sp2 gibrid orbitallar soni sp – gibrid orbitallar sonidan 12 marta ko‘p bo‘lsa, aralashmadagi SO2 ning mol ulushini toping.


A) 2/5 B) 1/4 C) 2/3 D) 3/4

21. Teng hajmda (n.sh.) olingan H2S va SO2 dan iborat gazlar aralashmasiga o‘z hajmidan 1,75 marta ko‘p kislorod qo‘shib yondirildi. Sharoit boshlang‘ich holatga keltirilganda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining o‘rtacha molar massasini (g/mol) hisoblang.


A) 52 B) 46 C) 48 D) 50

22. 0,3 mol NH3 va H2S dan iborat gazlar aralashmasi yetarli kislorod bilan yonidirilganda tarkibida 1,75 mol atom tutgan mahsulotlar olindi. Dastlabki aralashma massasini (g) hisoblang.


A) 6,8 B) 5,95 C) 9,35 D) 8,5

23. Vodorod sulfid (mo‘l miqdorda) va kisloroddan iborat 500 ml (n.sh.) gazlar aralashmasi yondirilib, sharoit boshlang‘ich holatga keltirildi. Agar sistemada 275 ml gaz mavjud bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini (%) aniqlang.


A) 15 B) 40 C) 20 D) 25

24. Bertolle tuzi parchalana boshlagach katalizator qo‘shildi. Hosil bo‘lgan aralashmada kaliy xlorid va perxloratlarning mol miqdori 3:1 nisbatda bo‘lsa, tuzning qancha qismi kislorod hosil qilmay parchalangan? (Tuz to‘liq parchalangan)


A) 3/4 B) 2/3 C) 1/4 D) 1/3

25. Bertolle tuzi parchalana boshlagach katalizator qo’shildi. Hosil bo’lgan aralashmada kaliy xlorid va perxloratlarning mol miqdori 3:1 nisbatda bo’lsa, 0,6 mol KClO4 va qancha (mol) gaz ajralgan? (tuz to’liq parchalangan)


A) 0,4 B) 2,4 C) 0,8 D) 1,2

26. Sulfit angidrid, kislorod va neondan iborat aralashmaning o’rtacha molar massasi 40 g/mol. Aralashma (V2O5 ishtirokida) qizdirilganda yakuniy aralashmada ikki xil gaz qoldi. Oxirgi aralashmaning o’rtacha molar massasini (g/mol) hisoblang.


A) 50 B) 60 C) 40 D) 30

27. Ortofosfat kislotaning qaynoq eritmasiga 41,7 g fosfor (V) – xlorid qo’shildi. Olingan eritmada kislorodli va kislorodsiz kislotalarning massa ulushlari teng bo’lsa, dastlabki eritmadagi ortofosfat kislota massasini (g) hisoblang. [M(PCl5) = 208,5g/mol]


A) 39,2 B) 33,8 C) 16,9 D) 19,6

28. Bertolle tuzi parchalana boshlaganda katalizator qo’shildi. Reaksiya natijasida ekvimolar nisbatda tuzlar aralashmasi va 0,3 mol kislorod hosil bo’lgan bo’lsa, qanday massadagi (g) tuz parchalangan?


A) 24,5 B) 73,5 C) 98 D) 49

29. Germetik yopiq idishga ikkita stakan joylashtirildi. Birinchisida mo’l miqdorda fosfor (V)–oksid, ikkinchisida 60 g 8 % li NaOH eritmasi mavjud. Ma’lum vaqtdan so’ng ikkinchi idishda ishqor konsentratsiyasi (%) 2 marta o’zgardi. Birinchi idish massasi necha grammga o’zgargan? (Havodagi suv bug’lari inobatga olinmasin.)


A) 24 B) 15 C) 30 D) 20

30. 200 kg fosforit talqoni tarkibida fosfor tutgan birikmaning massa ulushi 77,5 % bo’lsa, necha kilogramm pretsipitat fosforit talqoni o’rniga ishlatilishi mumkin?


A) 86 B) 172 C) 344 D) 258

31. 25,6 g kislotali oksid (EO2) natriy gidroksid eritmasiga to’liq yuttirilganda teng mol miqdordagi 46 g kislotali va o’rta tuz hosil bo’ldi. O’rta tuzning massasini (g) hisoblang.


A) 27,6 B) 24 C) 25,2 D) 20

32. Yopiq idishdagi 48 g pirit mo’l kislorodda yondirilganda idish ichidagi bosim 20 % ga kamaydi. Tajriba uchun olingan kislorod miqdorini (mol) hisoblang. (T = const)


A) 1,5 B) 1,4 C) 1,1 D) 1,2

33. Tuproqni o’g’itlantirish uchun uning 1 m2 sathga 1,24 g fosfor va 2,24 g azot tutgan o’g’itlar talab etiladi. 50 m2 tuproqni o’g’itlantirish uchun tarkibida qo’shimchalari bo’lmagan ammoniy digidrofosfat va ammiakli selitra aralashmasidan qancha (g) talab etiladi?


A) 470 B) 390 C) 620 D) 585

34. 11,2 litr (n.sh) CH4, CO2 va CO dan iborat aralashma mo’l NaOH eritmasi orqali o’tkazilganda gazlar hajmi 4,48 litr (n.sh) ga kamaydi. Qolgan aralashmani yoqish uchun 6,72 litr (n.sh) kislorod sarflanishi ma’lum bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi metanning miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,25 B) 0,15 C) 0,1 D) 0,2

35. 98 g 20 % li ortofosfat kislotaning qaynoq eritmasida 7,1 g fosfor (V) – oksid eritildi. Olingan eritmaga 24 g NaOH qo’shilganda hosil bo’lgan tuz massasini (g) hisoblang.


A) 32 B) 36 C) 42,6 D) 49,2

36. Vodorod sulfid mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi va normal sharoitga keltirilganda bo’shlang’ich gazlar hajmi 2 marta kamayib 6,72 litrni tashkil etdi. Reaksiyada hosil bo’lgan suv massasini (g) hisoblang.


A) 3,6 B) 5,4 C) 7,2 D) 1,8

37. Oleum tarkibida kislota va oksidning mol miqdori 1:2 nisbatda va umumiy atomlar soni 3 ⦁ NA dona bo’lsa, ushbu miqdor oleumni neytrallash uchun qancha hajm (litr) 2 M li NaOH eritmasi talab etiladi?


A) 0,3 B) 0,4 C) 0,6 D) 0,5

38. Azot atmosferasida ikki garfit elektrodi orasida elektr yoyi razryadi o’tkazilganda azotning 25 % i sarflanib, 27,2 g bitta oddiy va bitta murakkab modda aralashmasi olindi. Azotning dastlabki miqdorini (g) aniqlang.


A) 16,8 B) 22,4 C) 28 D) 14

39. Teng massadagi kremniy (IV) – oksid va magniy aralashmasi qizdirilganda 8 g oksid tutgan moddalar aralashmasi olindi. Olingan qattiq qoldiq tarkibidagi oddiy modda massasini (g) hisoblang. (η = 100%)


A) 6 B) 1,4 C) 4 D) 2,1

40. Fosfor (V) –oksidning 1/3 qismi issiq suvda, qolgan qismi sovuq suvda eritilganda umumiy massasi 51,6 g bo’lgan kislotalar olindi. Tajriba uchun olingan fosfor (V) – oksid massasini (g) hisoblang.


A) 14,2 B) 56,8 C) 28,4 D) 42,6

41. 28 g kremniyning bir qismi natriy ishqorida eridi va hosil bo’lgan eritmaga xlorid kislota qo’shilganda ajralgan cho’kma massasi 39 g bo’lsa, qolgan kremniyga birikadigan magniy massasini (g) aniqlang.


A) 12 B) 36 C) 24 D) 48

42. 1 mol CO mo’l miqdordagi kislorodda yondirilganda hajmlari teng bo’lgan gazlar aralashmasi olindi. Ushbu gazlar aralashmasi natriy peroksidga yuttirilganda massa ulushi teng bo’lgan gazlar hosil bo’ldi. Oxirgi aralashmadagi O2 miqdorini (mol) hisoblang.


A) 1,3 B) 1,4 C) 1,1 D) 1,2

43. Kremniy va ugleroddan iborat 5,4 g aralashmaga konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov berilganda eritmaning massasi 16 g ga kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi C va Si ning mol nisbatini aniqlang.


A) 1:3 B) 2:3 C) 1:1 D) 1:2

44. KMnO4 parchalandi, qolgan qoldiq tarkibida kaliy va kislorod atomlari soni 1:3,6 nisbatda bo’lsa, reaksiya unumini (%) aniqlang.


A) 70 B) 50 C) 40 D) 60

45. Ichimlik sodasi va kristall soda aralashmasi qizdirilganda 31,8 g o’rta tuz hosil bo’ldi va 2,24 litr (nsh) CO2 ajraldi. Dastlabki tuzlar aralashmasi massasini (g) hisoblang.


A) 74 B) 38 C) 48,6 D) 67,8

46. H2SO3 eritmasi orqali 1 mol vodorod sulfid gazi o’tkazildi. Olingan qattiq modda eng ko’pida necha litr (n.sh) ftor bilan tasirlashadi?


A) 100,8 B) 134,4 C) 89,6 D) 67,2

47. Qo’shsuperfosfat olish chun 62 gr apatit bilan necha gramm tegishli kislota qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi kerak?


A) 58,8 B) 78,4 C) 39,2 D) 29,4

48. CO2 va O2 dan iborat 3 mol aralashma (Mo’r = 40 g/mol) natriy peroksid ustidan o’tkazilganda o’rtacha molar massasi 36,8 g/mol bo’lgan gazlar olindi. Reaksiya unumini (%, CO2 ga nisbatan) hisoblang.


A) 80 B) 50 C) 70 D) 60

49. Xlor gazi KOH ning qaynoq eritmasi orqali o’tkazilib, olingan eritma bug’latildi. Qolgan tuzlar aralashmasi (MnO2 ishtirokida) qizdirilganda 0,1 mol KClO3 va 1,1 mol KCl olingan bo’lsa, Bertolle tuzining parchalanish unumini (%) hisoblang.


A) 80 B) 60 C) 50 D) 70

50. Teng mol nisbatdagi kaliy permanganat va natriy nitratdan iborat aralashma qizdirilganda olingan kislorod mis naychadan o’tkazildi. Bunda mis naychaning 40 % i oksidlandi. Olingan nay 0,8 mol sulfat kislota tutgan eritmada to’liq erisa, boshlang’ich aralashma miqdorini (mol) aniqlang.


A) 0,5 B) 0,4 C) 0,2 D) 0,6

51. Kremniy va uglerod aralashmasi konsentrlangan ishqor eritmasida eritilganda 13,44 litr (n.sh) gaz ajraldi. Erimay qolgan qoldiq ajratib olinib konsentrlangan sulfat kislotada eritildi. Natijada 20,16 litr (n.sh) gazlar ajralgan bo’lsa, dastlabki aralshmadagi uglerodning massa ulushining hisoblang.


A) 0,2 B) 0,4 C) 0,3 D) 0,25

52. 12 g kremniy (IV) – oksid va 14,4 g magniy aralashmasi qattiq qizdirildi. Natijada SiO2 tutmagan qattiq moddalar aralashmasi olindi. Oxirgi aralashma tarkibidagi Si massasini (g) hisoblang.


A) 4,2 B) 2,8 C) 1,4 D) 5,6

53. 24,4 g natriy silikat suvda eritildi. Ushbu eritma orqali necha litr (n.sh) karbonat angidrid o’tkazilsa, eritmadagi uglerod va kremniyning massa ulushlari tenglashadi? (Vm = 22,4 l/mol)


A) 0,4Vm B) 0,28Vm C) 0,2Vm D) 0,14Vm

54. Magniy sulfidi va fosfidi aralashmasida fosfor atomlari metal atomlaridan 2,5 molga kam, oltingugurt atomlaridan 3,5 molga ko’p bo’lsa, aralashma gidrolizidan necha litr (n.sh) fosfin hosil bo’ladi?


A) 33,6 B) 44,8 C) 89,6 D) 67,2

55. Pirit SO2 SO3 = H2SO4 yuqoridagi jarayonda olingan kislota massasi dastlabki pirit massasidan 0,3 g ga kam bo’lsa, kislota massasini (g) hisoblang.


A) 14,7 B) 24,5 C) 19,6 D) 29,4

56. Kremniy va alyuminiydan iborat aralashma ishqor eritmasida eritilganda 8,96 litr (n.sh) gaz ajraldi. Xuddi shunday aralashma xlorid kislotada eritilganda 6,72 litr (n.sh) gaz ajralsa, kislotada erimay qolgan modda massasini (g) hisoblang.


A) 2,8 B) 4,2 C) 5,6 D) 1,4

57. Kaliy gidrokarbonat va kalsiy karbonat aralashmasi qizdirilganda DHe = 8,4 bo’lgan gazlar aralashmasi olindi. Boshlang’ich aralashmadagi tuzlarning massa nisbati (mos ravishda) qanday bo’lgan? ( tajribada suv gaz holatida deb hisoblang).


A) 1:1 B) 4:1 C) 3:1 D) 1:2

58. 51 g CS2 va S6 aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilganda 11 g CO2 tutgan gazlar aralashmasi olindi. Hosil bo’lgan gazlarning umumiy hajmini (l, n.sh) hisoblang.


A) 44,8 B) 39,2 C) 67,2 D) 78,4

59. CaC2 va CaCO3 dan iborat aralashma yetarli miqdordagi xlorid kislotada eritilganda DHe = 8 bo’lgan gazlar hosil bo’ldi. Reaksiyada 66,6 g tuz olingan bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi kalsiy karbonat massasini (g) hisoblang.


A) 15 B) 30 C) 10 D) 20

60. Mis simning 40% i mis (II) – oksidga qadar oksidlanib, konsentrlangan nitrat kislotada eritildi. natijada 6,72 litr (n.sh) gaz ajralgan bo’sa, sarflangan kislota miqdorini (mol) hisoblang.


A) 1,0 B) 1,6 C) 0,5 D) 0,8

61. 1 mol mis (II) – nitrat termik parchalanganda 3 mol kislorod atomi tutgan qattiq qoldiq olindi. Reaksiya unumi (%) hisoblang.


A) 50 B) 70 C) 60 D) 80

62. 1 mol mis (II) – nitrat termik parchalanganda 2,5 mol kislorod atomi tutgan qattiq qoldiq olindi. Reaksiyada ajralgan gaz hajmini (l, n.sh) hisoblang.


A) 19,6 B) 39,2 C) 16,8 D) 33,6

63. Litiy havoda qoldirildi. Olingan qattiq qoldiq gidrolizlanganda 4,48 litr (n.sh) gaz va 19,2 g ishqor hosil bo’ldi. Litiyning qancha qismi oksid hosil qilgan? (havo faqat N2 va O2 dan iborat deb hisoblang)


A) 2/3 B) 1/3 C) 1/4 D) 3/4

64. Litiy havoda qoldirildi. Olingan qattiq qoldiq gidrolizlanganda 6,72 litr (n.sh) gaz va 36 g ishqor hosil bo’ldi. Litiyning qancha qismi nitrid hosil qilgan? (havo faqat N2 va O2 dan iborat deb hisoblang)


A) 1/4 B) 3/5 C) 2/3 D) 1/2

65. Inert gaz va galogendan iborat gazlar (n.sh) aralashmasining etanga nisbatan zichligi 2,3 ga teng. Aralashma qizdirilganda 20,7 g yagona X modda hosil bo’lishi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi og’ir gazning massasini (g) toping.


A) 26,2 B) 13,1 C) 52,4 D) 39,3


Download 2,32 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Download 2,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019

Download 2,32 Mb.