AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR
1. Etilamin kislorodda to’liq yondirilganda 6,02 ⦁ 1022 dona azot molekulalari hosil bo’ldi va 0,25 mol kislorod ortib qoldi. Boshlang’ich arlashma massasini (g) hisoblang.
A) 41 B) 31 C) 33 D) 39
2. Glitsin gomologi yonish tenglamasidagi koeffitsiyentlar yig’indisi (eng kichik butun sonlar nisbatida) 47 ga teng bo’lsa, oddiy moddalar oldidagi koeffitsiyentlar yig’indisini ko’rsating.
A) 17 B) 29 C) 26 D) 16
3. 15 g glitsin 208 g 1 molyalli NaOH eritmasi bilan ta’sirlashganda qancha (g) tuz hosil bo’ladi?
A) 9,7 B) 19,4 C) 15,0 D) 7,5
4. Noma’lum aminokislotaning teng mol miqdordagi glitsin bilan 17,8 g aralashmasi 16 g dipeptid hosil qildi. Noma’lum aminokislotani toping.
A) fenilalanin B) 2–metil–2–aminopropan kislota
C) 2–aminopropan kislota D) valin
5. Alanin va sirka kislota aralashmasida N(C) = 1,2 ⦁ NA va N(N) = 1,204 ⦁ 1023 dona bo’lsa, ushbu aralashmani neytrallash uchun konsentratsiyasi 2,5 mol/l bo’lgan NaOH eritmasidan qancha (ml) talab etiladi?
A) 250 B) 350 C) 200 D) 300
6. Etanol va to’yingan bir asosli aminokislotadan hosil bo’lgan 39,75 g murakkab efirning gidrolizi uchun 4,5 g suv sarflangan bo’lsa, aminokislota molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 117 B) 131 C) 103 D) 89
7. 17,55 g noma’lum glitsin gomologi 109,5 g 5% li xlorid kislota eritmasi bilan to’liq ta’sirlashadi. Aminokislota namunasidagi uglerodlar sonini hisoblang.
A) 0,5 ⦁ NA B) 0,25 ⦁ NA C) 1 ⦁ NA D) 0,75 ⦁ NA
8. 56,1 g glutamin kislota va alanin aralashmasini neytrallash uchun 0,7 mol NaOH tutgan eritma sarflandi. Aralashmadagi glutamin kislotaning mol ulushini (%) hisoblang. [HOOC(CH2)2CH(NH2)COOH] = 147 g/mol
A) 40 B) 75 C) 60 D) 25
9. Molekular massasi 6750 ga teng bo’lgan 45 g halqasimon oqsil gidrolizi natijasida 52,2 g aminokislotalar aralashmasi hosil bo’lgan bo’lsa, oqsildagi peptid bog’lar sonini toping.
A) 62 B) 59 C) 60 D) 61
10. 2CnH2n+3N + (3n+1,5)O2 = 2nCO2 + (2n+3)H2O + N2 reaksiya mahsulotlari ohakli suvga yuttirilganda 10 g cho’kma tushdi va eritma massasi 2,9 g ga kamaydi. Alkilaminning molar massasini (g/mol) toping.
A) 31 B) 59 C) 73 D) 45
11. Monoaminomonokarbon kislota molekulasidagi bog’larni hosil qilishda 20 ta elektron qatnashgan bo’lsa, 1 mol aminokislotadan foydalanib qancha (g) dipeptid olish mumkin?
A) 75 B) 66 C) 89 D) 80
12. Glitsin gomologi molekulasidagi bog’larni hosil qilishda 26 ta elektron qatnashgan bo’lsa, 1 mol aminokislotadan foydalanib qancha (g) dipeptid olish mumkin?
A) 89 B) 80 C) 66 D) 75
13. R–NO2 + 3H2 R–NH2 + 2H2O jarayonda organik modda tarkibidagi vodorod atomlarining mol ulushi 3/7 dan 5/7 gacha ortgan bo’lsa, hosil bo’lgan alkilaminni aniqlang.
A) C4H9NH2 B) C3H7NH2 C) CH3NH2 D) C2H5NH2
14. 2 mol gaz holatidagi metan va etilamin aralashmasi (D(H2) = 13,8) tarkibida qancha uglerod atomi mavjud?
A) 1,6 ⦁ NA B) 1,4 ⦁ NA C) 3,2 ⦁ NA D) 2,8 ⦁ NA
15. C6Hx(NO2)y + 6H2 C6Hx(NH2)y + zH2O. Dastlabki birikma aromatik bo’lsa, x ni aniqlang.
A) 5 B) 2 C) 4 D) 3
16. 23,4 g glitsin gomologi 73 g 10 % li xlorid kislota eritmasi bilan to’liq ta’sirlashadi. Aminokislota namunasidagi uglerodlar sonini hisoblang. (NA = 6 ⦁ 1023 mol–1) .
A) 6 ⦁ 1023 B) 3 ⦁ 1023 C) 4,5 ⦁ 1023 D) 1,5 ⦁ 1023
17. Sistein namunasida bog’ hosil qilishda qatnashgan sp3–gibridi orbitallar soni 0,75 ⦁ NA dona bo’lsa, namuna massasini (g) hisoblang.
A) 5,6 B) 4,8 C) 6,05 D) 5,85
18. 0,25 mol glitsin natriy gidroksid eritmasida eritilganda 19,4 gramm tuz hosil qildi. Reaksiya unumi (%) hisoblang.
A) 80 B) 75 C) 70 D) 90
19. Etan va metilamin aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilishidan hosil bo’lgan suv bug’i kondensatsiyalangandan so’ng gazlar aralashmasining hajmi 15,68 litr (n.sh) ni tashkil qildi. So’ngra gazlar ishqor eritmasidan o’tkazilganda 2,24 litr (n.sh) gaz qoldi. Dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 9,1 B) 12,3 C) 9,2 D) 12,2
20. Noma’lum alkilamin to’liq yondirilganda 3,36 litr (n.sh) oddiy modda hosil bo’ldi. Xuddi shunday miqdordagi alkilaminga mo’l miqdorda bromid kislota ta’sir ettirilganda 42 g tuz hosil bo’lsa, alkilaminning molar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 45 B) 73 C) 59 D) 31
21. Noma’lum monoaminomonokarbon kislota tripeptid hosil qilganda massasi 16 % ga kamaygan bo’lsa, uning metil efiri molekular massasini hisoblang.
A) 117 B) 75 C) 103 D) 89
22. Metilamin, etilamin va metandan iborat 0,7 mol aralashma to’liq yondirilganda 20,16 litr (n.sh) karbonat angidirid va 4,48 litr (n.sh) azot hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi metan hajmini (l, n.sh) hisoblang.
A) 8,96 B) 6,72 C) 11,2 D) 4,48
23. 0,03 mol to’yingan amin tarkibida 1,5 ⦁ NA dona elektron mavjud bo’lsa, ushbu formulaga eng ko’pi bilan nechta ikkilamchi amin mos keladi?
A) 7 B) 4 C) 6 D) 5
24. Bir xil aminokislota qoldig’idan tarkib topgan 40 g dipeptid yetarli miqdordagi xlorid kislota eritmasida gidrolizlanganda 62,75 g modda hosil bo’ladi. Aminokislotani aniqlang.
A) valin B) sistein C) glitsin D) alanin
25. Teng mol miqdordagi 13,4 g birlamchi amin va α – aminokislota aralashmasi 0,2 mol HCl bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi. Agar moddalar tarkibida H atomlari soni teng bo’lsa, aralashmadagi aminning massasini (g) hisoblang.
A) 3,1 B) 4,5 C) 9,0 D) 6,2
26. 27 g aminosirka kislota va etilamin aralashmasi 14,6 g HCl bilan to’liq reaksiyaga kirishgan bo’lsa, aralashmadagi aminosirka kislota massasini (g) hisoblang.
A) 15,0 B) 22,5 C) 7,5 D) 18,0
27. 0,25 mol α – xlorsirka kislotaga ammiak ta’sir ettirilib olingan aminokislota tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashgan gibrid orbitallar sonini hisoblang. Mahsulotning hosil bo’lish unumi 80%.
A) 1,2 ⦁ NA B) 2,4 ⦁ NA C) 3,6 ⦁ NA D) 2,6 ⦁ NA
28. Nitroetan va etanal aralashmasi H2 bilan qaytarilganda 13,7 g amin va spirt aralashmasi hosil bo’ldi. Reaksiya natijasida 0,2 mol suv olingan bo’lsa, sarflangan aldegid massasini (g) hisoblang.
A) 2,2 B) 6,6 C) 8,8 D) 4,4
29. Etan va metilamin aralashmasi yetarli miqdordagi kislorodda yondirilib, ajralgan suv bug’lari kondensatsiyalandi. Natijada azotning hajmiy ulushi 20 % bo’lgan 33,6 litr (n.sh) gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashmadagi etanning massasini (g) hisoblang.
A) 9 B) 6 C) 15 D) 12
30. 90 g glitsindan 2 ⦁ 10–2 mol ochiq zanjirli polipeptid sintez qilingan bo’lsa, polipeptid tarkibidagi aminokislotalar sonini aniqlang.
A) 50 B) 40 C) 70 D) 60
31. Anilin va fenol aralashmasi bromli suv bilan ta’sirlashib 39,7 g cho’kma hosil qiladi. Xuddi shunday aralashmaga Na ta’sir ettirilganda 1,12 litr (n.sh) gaz ajraladi. Boshlang’ich aralashmadagi anilin massasini (g) hisoblang.
A) 5,58 B) 2,79 C) 3,72 D) 1,86
32. Alifatik to’yingan amin yondirilganda 3,36 litr (n.sh) azot va 13,2 g karbonat angidrid ajraldi. Reaksiyada hosil bo’lgan suv massasini (g) hisoblang.
A) 9 B) 13,5 C) 18 D) 10,8
33. Malum hajmdagi metilamin mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi. Sistema normal sharoitga keltirilganda gazlar aralashmasining hajmi boshlang’ich hajmga nisbatan 50 % ga, massasi esa 9 g ga kamayadi. Reaksiya uchun olingan kislorod miqdorini (mol) toping.
A) 0,75 B) 0,45 C) 0,5 D) 0,6
34. 1 mol nitroetan katalizator ishtirokida H2 bilan qaytarildi. Olingan organik moddalar aralashmasida C atomlari soni O atomlari sonidan 1,2 molga ko’p va H atomlari sonidan 4,2 molga kam bo’lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang.
A) 60 B) 80 C) 70 D) 50
|