YOSHLIK DAVRLARINING MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI




Download 179,5 Kb.
bet2/13
Sana20.01.2024
Hajmi179,5 Kb.
#141915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
DAVLATIMIZNING YOSH AVLODNI TARBIYALASH VA SOG

YOSHLIK DAVRLARINING MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Annatotsiya: Yosh fiziologiyasi ósib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak- qon tomir, tayanch xarakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish soğliqni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi.
Kalit sôzlar: Yosh fiziologiyasi, sitologiya, odam onotomiyasi, gigiyena, nerv sistemasi, yurak qon tomir.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi fani- turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada.
Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash. Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi.

Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.


Gigiyena grekcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidemologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.
Fiziologik jarayonlarning yoshga qarab o'zgarishiga qadimgi davrlarda yashagan allomalar ham e'tibor berganlar
Eramizdan oldingi bir necha ming yilliklardayoq qadimgi Yunon, Rim, Xitoy, Misr, Hindistonda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bo`lgan, ular funksiyalar to`g`risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Bunday olimlardan Gippokrat, Aristotel, Galen, Erozistrast va boshqalarni eslatish mumkin. 
Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo`shgan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar) juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o`zidan oldin o`tgan Sharq, mutafakkirlarining asarlarini chuqur o`rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan,
Aristotel, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o`rgandi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fittib" (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo`lib, 1956 va 1962 yillarda rus va o`zbek tillarida to`liq nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga ta'luqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo`llanma bo`lib keldi.
Organizm bir-biriga bog‟liq bo‟lgan qonuniyat asosida o‟sadi va rivojlanadi. Shunga qaramasdan, bola ba‟zan tez o‟sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Tuxum hujayra urug‟langandan boshlab odam rivojlana boshlaydi, bu jarayon to umrining oxirigacha davom etadi. Embrionning rivojlanishini embriologiya, turli yosh davrlarini esa gerantologiya fani o‟rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi tushuniladi. Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo‟lsalar ular shunchalik o‟chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta‟sir ko‟rsatish ularning salomatligiga ham ta‟sir ko‟rsatishdir.
Bola ma‟lum yoshgacha to‟xtovsiz, ammo o‟sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‟sishi (bosh, oyoq, va qo‟l suyaklari, ko‟krak qafasi va qorin bo‟shlig‟i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‟lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‟qima va hujayralarda ya‟ni organlarda o‟sish bir vaqtda ayollarda o‟rtacha 17-18 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O‟sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi

Download 179,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 179,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOSHLIK DAVRLARINING MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Download 179,5 Kb.