|
Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog'lig'ini himoya qilish
|
bet | 3/13 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 179,5 Kb. | | #141915 |
Bog'liq DAVLATIMIZNING YOSH AVLODNI TARBIYALASH VA SOGIRSIYAT VA IRSIY KASALLIKLAR
Irsiyat - Bu organizmning o`z belgilari va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodga o`tkazib turish xossasidir.
Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma ildizlar o`xshash bo`ladi. Irsiyat tufayli inson uchun xarakterli belkgilar avloddan-avlodga o`tadi.
Irsiy belgilarning nasldan - naslga o`tishi ko`payishi orqali yuzaga keladi. Jinsiy ko`payishga yangi avlodlar urug`lanish natijasida bunyod bo`ladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy xujayralarga jo bo`lgan. Jinsiy ko`payish avlodlar o`rtasidagi bog`lanish jinsiy xujayralar orqali yuzaga keladi. Irsiyat qoidalari odamga ta`sir o`tkazadi. Hozirgi vaqtda 2000 dan ortiq norma va patalogik belgilarning nasldan -naslga o`tib borishi aniqlangan. Irsiyatni nasldan -naslga o`tishini bilish uchun xujayra haqida malumotga ega bo`lish kerak . Barcha tirik organizmlar xujayralardan tashkil topgan. Elektron mikraskop kashf etilishi bilan xujayraning tarkibi va undagi moddalarni o`ganila boshlandi. .
Xujayralarda xromosomalarning borligi va ular odamning o`ziga xos belgilarini nasldan-naslga o`tkazishi , ular oqsilar va nuklein kislatalardan tashkil topganligi aniqlandi. Xromosomalar ipsimon va tayoqchasimon shaklda bo`lib ularning soni odamlarda 46 tani tashkil etadi. Jinsiy xujayralarda esa 23tadan xramosomalar mavjud.
Erkak va ayol jinsiy hujayralari qo`shilib 46 taga yetadi. Xromasomalarda genlar mavjud. Mana shu genlar irsiyat birligidir. Shuning uchun irsiy kasalliklar va belgilarini o`rganadigan fan Genetika deb ataladi.
Tibbiyotda 1500 dan ortiq patalogik irsiy belgilar aniqlangan.
Irsiy kasalliklar nasldan-naslga o`tmasligi uchun ularni to`g`ri aniqlash va ularga yo`l qo`ymaslik, davolash muhimdir. Buning uchun odam irsiyatning metodlarini o`rganish kerak.
Genetik metod – Bu olimlarning ko`proq sondagi avlodlarini, nasl-nasabini o`rganib chiqish lozim. Shunda insonning ko`p belgilari irsiy kasaslliklarini nasldan-naslga o`tib borishini aniqlash mumkin. Odamga ba`zi qobiliyatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog`liq. Masalan: Moddalar almashinuvining ba`zi kasalliklari: qandli diabetning nasldan-naslga o`tishi, genetik metod bilan aniqlangan. Bu kasallik me`da osti bezi faoliyatining buzilishi natijasida insuliy garmonini qonga chiqarolmay qoladi. Keyin qondagi qand miqdori ko`payib odam organizmidagi moddalar almashinuvida chuqur o`zgarishlar ro`y beradi.
Irsiy belgilardan jingalak sochlik, ko`zining moviy bo`lishi, soch rangining malla yoki qora bo`lishi, qo`y ko`z, sepkillar, pakanalik, bo`yning uzun bo`lishi va boshqa belgilar avloddan-avlodga o`tadi.
Irsiy kasalliklardan tug`ma kar, gunglik, asab-ruxiy kasalliklar – shizofreniya, aqliy zaiflik, oligofreniya, epelepsiya, qon kasalliklari – gemofeliya, tug`ma trombositlarning yetishmasligi, Verlgof kasalligi, Daun kasaslligi, Kleyfenter sindromi, Shereshefkiy – Terner kasalliklari avloddan-avlodga o`tadi.
Odamda egzaklar ikki xil bo`ladi. Ayrim xollarda ikkita yoki uchta tuxum hujayralari urug`lanadi. Bunda xuddi egizakmas yoki aka-uka, opa-singillardek bir-biriga o`xshash bir xil yoki har xil jinsdagi bolalar to`g`iladi. Bitta tuxum hujayradan ikkita embrion paydo bo`lsa, bir tuxumdan egizaklar tug`iladi, ular bir jinsli, bir-biriga juda o`xshahs bo`ladi.
Odam organizmida bo`ladigan ko`p o`zgarishlar va odam kasalliklari gepotitda bog`liq bo`ladi. Irsiy kasalliklar gepotitda bog`liq. Xromosoma apparatidagi norasolik yosh go`daklik vaqtida aniqlab davo qilinsa, kasallikni bartaraf qilish mumkin.
Odam gepotitining rivojlanib borishiga alkogol yomon darajada tasir qiladi. U rivojlanishining ham jismoniy, ham ruxiy tomonga salbiy tasir ko`rsatadi. Ichimlik ichadigan yoki chekadigan odamlarda jigar, buyrak, yurak-tomir kasalliklar boshlanadi va nerv sistemasida turli xil kasalliklarni (nevroz, psixoz) keltirib chiqaradi. Alkogol va ruxiy narkamanlarning bolalari aqliy jihatdan qoloq, ruxiy va jismoniy jihatdan noraso bo`ladi. Ichilgan ichimlik tezda qonga o`tib badanning barcha a`zolariga kirib boradi. U asab to`qimalarina ishdan chiqaradi. Markaziy nerv sistemasi faoliyati izdan chiqaradi. Ichkilikboz ota-onalarning bolalari tutqanoq, ruxiy kasalliklak va tug`ma nogiron bo`lib tug`iladi.
Odamning xromasoma to`plamida bitta ortiqcha xromasoma bo`lib, diploid to`plamida ularning soni 47 taga borib qoladi. Bu daun kasalligidir. U tug`ma aqliy qoloqlik bo`lib jismoniy jihatdan rivojlanishda kamchilik bo`ladi.
Daun kasalligining tashqi belgilari: boshning dumaloq, kichikroq bo`lish va ensaning yassi tortib qisqarib qolgani, liqqildoqlarninig kech bekilishi. Peshonaning tekis tor bo`lib, sochli joyi chegarasining past turishi. Ko`z tirqishlarining tor bo`lib, qiyshiqroq turishi. Burunning kalta asosining kengayganligi. Og`izning yarim ochiq turishi, tilning qalin tortib ko`ndalangiga ketgan chuqur –chuqur egatchalari borligi. Quloq supralarining kichkinaligi. Qo`l barmoqlari yo`g`on, yassi, kalta va qiyshaygan.
|
| |