|
Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog'lig'ini himoya qilish
|
bet | 7/13 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 179,5 Kb. | | #141915 |
Bog'liq DAVLATIMIZNING YOSH AVLODNI TARBIYALASH VA SOGKUN TARTIBI VA UNING AHAMIYATI
Kun tartibi.
Kun tartibini gigiyenik qoida va talablar asosida tashkil etilish orqali har bir ishni har kuni ma`lum belgilangan vaqtda bajarishga, ma`lum belgilangan vaqtda ovqatlanish va dam olishga organizm moslashadi. Boshqacha aytganda har bir ishni bajarish, ovqatlanish, dam olish, uxlash vaqtiga shartli refkeks hosil bo`lib, dinamik stereotip shakllanadi.Buning natijasida vaqt tejaladi, har bir ish aniq belgilangan vaqtda bajariladi, ovqatlanish va dam olish me`yorida bo`ladi, organizm charchamaydi, faoliyat samaradorligi ortadi.
Kun tartibiga amal qilish tufayli odam intizomli bo`lishiga, mas`uliyatni to`liq his etishiga, uning ma`naviy va axloqiy jihatdan yuksalishiga zamin yaratadi.
Kun tartibi taxminan quyidagicha bo`lishi tavsiya etiladi:
Uyqudan uyg`onish - ertalab soat 7ºº.
Ertalabki gigiyenik gimnastika (badantarbiya). Badantarbiya yurishdan boshlanib, yugurishga o`tiladi. So`ngra gimnastika mashg`ulotlari bajariladi.Bunda tananing hamma muskullari harakatlantiriladi. Gimnastika mashg`ulotlarida qo`l, yelka, gavda, oyoq muskullari navbat bilan harakatlantiriladi.Ertalabki gigiyenik badantarbiyadan so`ng chiniqtiruvchi tadbirlar o`tkaziladi.Yuvinib, nonushta qilinadi.
Ovqatlanishni har kuni ma`lum aniq belgilangan vaqtlarda bo`lishi ishtahani me`yorida bo`lishiga, ovqatni yaxshi hazm bo`lishiga imkon beradi, ya`ni ovqatlanish vaqtiga nisbatan shartli refleks hosil bo`ladi.
Maktab yoki o`quv yurtlaridagi mashg`ulotlar
Tushlik.
Erkin vaqt: oilaga yordam, sport mashg`ulotlari, ochuq havoda sayr qilish, dam olish.
Yu vazifasini bajarish
Kechki ovqat
Erkin vaqt, madaniy dam olish, oilaga yordam, ochuq havoda sayr qilish.
Kech soat 20 dan keyin trenirovka mashg`ulotlarini o`tkazish tavsiya qilinmaydi, chunki kechki paytdagi mashg`ulotda markaziy nerv tizimi qo`zg`algan holatda bo`lgani uchun uyqu tinch bo`lmaydi.
Uyqu – dam olishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydigan turi hisoblanadi.Uyqu yetarli bo`lishi va uni to`g`ri tashkil etilishi sportchi sog`lig`ini mustahkamlash va ish bajarish qobiliyatini yuqori darajada bo`lishini ta`minlaydi.Oquvchi - talabalar bir kecha-kunduzda 8-9 soat uxlashi kerak.Uxlash soat 22 da, uyg`onish soat 6 da, yoki uxlash 23 da, uyg`onish soat 7 da. Har kuni bir vaqtda uxlash bir vaqtda uyg`onishga odatlangan odam yotishi bilanoq darrov uxlaydi, uyqu tinch bo`lib, yaxshi dam oladi.Uyg`onish vaqti yetishi bilanoq u uyg`onadi. Uyqudan keyin ish bajarish imkoniyati yaxshi bo`ladi.Uxlash uchun ko`rpa-to`shak qulay bo`lishi kerak (matras, 2 ta choyshab, jun odeyal, yumshoq yostiq).Uyqudan oldin deraza darchasini ochib havosi yangilanishi lozim. Uyqudan oldin ochiq havoda 10-20 minut sayr qilish uyquning unumli bo`lishiga ijobiy ta`sir qiladi.
Shaxsiy gigiyena.Shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs zimmasida o`zining va jamiyat a`zolarining, qolaversa kelajak avlodlar sog`lig`i va tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan gigiyenik bilimlarni o`zlashtirish va ularga amal qilish mas`uliyati turadi.Ayrim odamlar shaxsiy gigiyena tushunchasini tor ma`noda tasavvur qilib, uni asosan ozodalik ya`ni taom iste`mol qilish oldidan qo`l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog`lashga odatlanib qolganlar.
Aslida esa shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma`nodagi masalalarni o`z ichiga oladi va sog`lom turmush tarzi qoidalarining asosini tashkil etadi. Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og`iz bo`shlig`i, kiyim va poyabzal gigiyenasi kabi masalalarni o`z ichiga oladi.
Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish.
Donishmand xalqimizning maqoliga ko`ra teri-sog`liq oynasidir.Teri odam organizmida himoya, ayirish, nafas olish, tana harorati doimiyligini ta`minlash kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi.Bu funksiyalar normal o`tishi uchun teri doimo toza bo`lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzliksiz po`st tashlab yangilanib turadi. Har sutkada teri yuzasida 10-15 gramm epidermis hujayralarining chiqindilari hosil bo`ladi.Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qavatidan ajralgan po`st chiqindilari ter va yog` bezlarining suyuqligi bilan qo`shilib teriga yopishib qoladi.Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog` bezlarining suyuqlik chiqaradigan kanalchalarini yopib qo`yadi.Buning oqibatida terining nafas, ayirish, tana harorati doimiyligini ta`minlash funksiyalari buziladi.
Bundan tashqari teri ustini qoplagan chiqindi moddalar, ya`ni kirlanish kasal qo`zg`atuvchi mikroblar yashashi va ko`payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ma`lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli teri tindalanadi, tilinadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan paytda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo`lni sovunlab yuvilmasa, ovqat iste`mol qilganda ular hazm a`zolariga kirib, me`da-ichak kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Yuqumli gepatit “A”, ichburug`, ich terlama kabi kasalliklarining asosiy sababi oddiygina ozodalikka rioya qilmaslik, ya`ni idish-tovoqlarni toza yuvmaslik, qora pashshalarga qarshi kurashmaslik, taom iste`mol qilishdan avval qo`lni yuvmaslikdir.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ta`kidlash lozimki, terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko`rinishlaridan biri bo`lib hisoblanadi;
- bolani yoshligidan qo`l yuvishga o`rgatish lozim.Qo`lni ovqatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
- yuz, bo`yin sohalarini har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
- haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho`milganda o`quvchilar maxsus “Bolalar” sovunidan foydalansalar yaxshi bo`ladi. Bu sovunning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yo`qotadi.
|
| |