• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • I.BOB 1.1.Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga kelishi va shakllanishi.
  • Didaktik jarayon -pedagogik texnologiyalarning asosiy omili




    Download 159.5 Kb.
    bet1/5
    Sana07.04.2023
    Hajmi159.5 Kb.
    #49399
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI
    Kostyum kreativ grafikasi. Kamilova X.X, Isaxo\'jayeva N.A, Fuzailova K.R, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING DIZAYN TEXNOLOGIYASI, KICHIK GURUHLARDA IJODIY RIVOJLANISH, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING DIZAYN FAOLIYATI., O\'RTA GURUHLARDA BOLALAR JISMONIY FAOLIYATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI, KICHIK VA O’RTA GURUHLARDA QURILISH VA KOSTRUKSIYALASH BO’YICHA FAOLIYATLARNI LOYHALASHTIRISAH, Turkiy tillarning qiyosiy-tarihiy grammatikasi. Dadaboyev X.A., Ma\'lumotlarMustaqilIshElmurodovSardorbek, Bobur dastrulash 2 dead

    DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI

    REJA:
    I.BOB


    1.1. Didaktika va uning tamoyillari
    1.2. Pedagogik texnalogiyaning mazmuni
    1.3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
    II.BOB
    2.1. Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
    2.2. Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va uning xususiy metodikadan farqi.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    KIRISH
    O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning (1997y.) ikkinchi bosqichi sifat bosqichi hisoblanib, bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtirilgan. Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «oquv-tarbiyaviy jarayonini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
    Xorijiy mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning pedagog olimlari Ashirbaev S., Sayidahmedov N.S., Jo'raev R., Farberman B.L. va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
    Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan.
    «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
    I.BOB
    1.1.Pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish zarurati, vujudga kelishi va shakllanishi.
    O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning (1997y.) ikkinchi bosqichi sifat bosqichi hisoblanib, bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtirilgan. Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «oquv-tarbiyaviy jarayonini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
    Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.
    Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tugilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma'lum sabablar mavjud, ya'ni:
    1.Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
    2.Fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi hajmining tobora ko'payib borayotganligi;
    3.Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta'limga tatbiq etish, ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish, oquv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish kerakligi;
    4.Talaba va o'qituvchi faoliyatini to'gri yo'lga qo'yish, o'qituvchi ta'lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta'lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan bo'lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to'gri yo'lga yo'naltira olishi lozimligi;
    5.O'qituvchi ta'lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta'lim natijasini oldindan qayd etishi, oquv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta'lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi;
    6.Oquv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo'lishligi;
    7.Ta'lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob'ektiv baholash, talabalarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi;
    8.O'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilgor bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir.
    Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir hisoblanadi.
    O'tgan asrning 60-yillarida AQSH (B. Blum, D. Kratvol, N. Gronland, J. Kerrol)da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etishning ahamiyati juda katta.
    O'tgan asrning 50-yillar o'rtasida jahon pedagogikasida oquv jarayonini to'la-to'kis yangi, o'ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa oqitish uslublarining o'ta turli-tumanligi ulardan oquv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi e'tirof etila boshlandi. Shuning uchun ham barcha uslublar uchun umumiy bo'lgan ilmiy asos yaratish zarurati tugildi. Natijada pedagogik uslublar texnologiyasi yoki oquv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya'ni «ta'lim texnologiyasi» (an Educational technologu) tushunchasi vujudga keldi. AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va oquv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o'xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta'lim bo'yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda. Rossiya Federatsiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta'sis etildi.
    Xorijiy mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning pedagog olimlari Ashirbaev S., Sayidahmedov N.S., Jo'raev R., Farberman B.L. va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
    Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma'qullandi va 1972 yilda
    «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya - ta'limni modernizatsi-yalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
    «Pеdаgоgik tехnоlоgiya» nаzаriyasininig shаkllаnish bоsqichlаri

    Bоsqichlаr

    Yillаr

    Pеdаgоgik tехnоlоgiya

    I- bоsqich

    XX аsrning
    30 yillаri

    Pеdаgоgik tехnikа-oquv mаshgulоtlаrini аniq vа sаmаrаli tаshkil etishgа komаklаshuvchi usul vа vоsitаlаr yigindisidir.

    II- bоsqich

    XX аsrning
    50 yillаri

    Pеdаgоgik jаrаyondа tехnik vоsitаlаrni qollаsh, ulаrning imkоniyatlаrini tаkоmillаshtirish, ахbоrоt sigimini kеngаytirish, ахbоrоtlаrni uzаtish хizmаtini sifаtli tаshkil etish, talaba fаоliyatini individuаllаshtirish

    III- bоsqich

    XX аsrning
    60-80 yillаri

    Dаsturiy pеdаgоgik-tаrbiya mаqsаdlаrini аniqlаnishi, pеdаgоgik jаrаyonini umumiy lоyihаlаsh, talabalаr tоmоnidаn nаzаriy bilimlаrning ozlаshtirilishi ehtimоlini оldindаn tаshхislаsh, pеdаgоgik mаqsаdining nаtijаlаngаnligini orgаnish, fаоliyat nаtijаlаrini tаhlil etish

    IV-bоsqich

    Mustаqillik
    yillаri

    Pеdаgоgikni tехnоlоgiyalаshtirishning аsоsini, pеdаgоgik jаrаyonini, uning sаmаrаdоrligini оshirish vа pеdаgоgik оluvchilаrni, bеrilgаn shаrоitlаrdа vа аjrаtilgаn vаqt ichidа lоyihаlаshtiriаyotgаn oquv nаtijаlаrgа erishishlаrini kаfоlаtlаsh mаqsаdidа toliq bоshqаrish gоyasi tаshkil etаdi




    Download 159.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 159.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktik jarayon -pedagogik texnologiyalarning asosiy omili

    Download 159.5 Kb.