TA’LIM JARAYONIDA, MULTIMEDIYA TA’LIM MUHITIDA AXBOROTNI




Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/265
Sana22.12.2022
Hajmi7.45 Mb.
#36710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   265
Bog'liq
Халкаро конференция 24.05.22
Qurilish mashinalari va uskunalarini ta\'mirlash (N.Mahmudova), 087-20g Abdusalomova Sitora guzallik saloni, Abdusalomova Sitora 2-labaratoriya extimollar, Konferensiya-2022-Mart-1-qism-60-65, Osiyo yo`lbarslari, Baýjanow BHäzirki zaman türkmen dili Morfologiýa 2014`TMDDI, O\'simlik moylar-WPS Office, 12588 1 2765FB8B2367BB537526EA46EB7CED9255E7B183, 1709273234
 
TA’LIM JARAYONIDA, MULTIMEDIYA TA’LIM MUHITIDA AXBOROTNI 
QAYTA ISHLASH VOSITALARI ISHLASHINI VIZUALLASHTIRISH 
 
Maxmudov Abduxalim Xamidovich 
p.f.d., dotsent, katta ilmiy hodim, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston 
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktor o'qinbosari 
 
Erkayev Xusan Axmadaliyevich 


21 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Professonal ta’lim 
fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi 
 
Insoniyat tarihida yaratilgan har bir ihtiro biror bir tabiatda mavjud bo’lgan 
mavjudodtni obrazi qilib yaratilgan. Masalan: Avtomobil bu xayvonlardan otlarga
samolyot bu, qushlar timsoli sifatida yaratilgan. Tarihdan shu narsa ma’lumki, insoniyot 
olamini rivojlanish bosqichlarida har bir narsa extiyoj va xal qilinishi kerak bo‘lgan 
muommolarni bartaraf etilishi orqali yangi natijalarga erishgan. Oziq-ovqat 
yetishmasligi muommosi echimi sifatida yerlar o‘zlashtirilgan va jismoniy tomondan 
yordam bo‘lishi uchun hayvonlardan foydalanilgan. Keyinchalik, bu narsa jismoniy 
yordam berilishi uchun yanada takomillashtirilgan. Aqliy mehnatimizga yordam 
beruvchi vositalar; sanoq cho’plari, abak, kalkulyator, elektron hisoblash mashinalari va 
shu kabilar ketma-ket yaratila boshlanganki, bu insonga aqliy mexnatiga yordamchi 
vazifasini o’tagan. 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi yuksak darajaga yetguncha u 
juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o`tkazdi. Bu taraqqiyot jarayonini ko`rib 
chiqqanimizda bir o‘rinli savol xosil bo‘ladi - qanday konkret muammolar hisoblash 
texnikasining rivojlanishiga sabab bo`ldi va nima sababli hisoblash texnikasining xilma 
xil vositalari paydo bo`ldi? - bu rivojlanish jarayoni qanday asosiy bosqichlardan iborat 
bo’lgan?
Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to`rt kata davrga 
bo`lishimiz mumkin. 
Mexanik hisoblash qurilmasigacha bo‘lgan davr uzoq o`tmishdan boshlanib, to 
XVII asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash asbobi alohida raqam 
razryadlariga ega bo`lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum holatda tosh, yog`och yoki 
jetonlarni o‘rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi rimliklar "kalьkulyar" degan 
lotin so`z bilan atashgan.
Mexanik qurilmalar davri, XVII asr boshlaridan XIX asr oxirigacha davom etgan. 
1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi bo`lib oddiy qo‘shish va ayirish amalini bajara 
oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi, lekin bu mashina tor doiradagi insonlar 
uchungina ma’lum bo‘lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun ham bizgacha yetib kelgan 


22 
birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili frantsuz olimi B.Paskal tomonidan 
yaratilgan jamlash mashinasi bo`lib, u ikki amalni – qo`shish va ayirish operatsiyasini 
bajara olardi. 1673 yili nemis olimi Gotfrid Leybnits tomonidan to`rt arifmetik amalni 
bajara oladigan, yaqingacha hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr 
yaratildi. Bu hisoblash mashinalari ichida qulayrog’idir. XIX asr 90-yillarining boshida 
Peterburglik olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratilib, unga 
arifmometr "FЕLIKS" nomi berildi. XX asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy 
hisoblash mashinalari bo`lib hisoblanardi. 
Elektromexanik mashinalar davri XIX asr oxiridan XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan 
davrni o‘z ichiga oladi.
Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash mashinalarida inson jismoniy mehnati 
o‘rniga elektr energiyani qo`llashga olib keldi.
Elektromexanik mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari, hisoblash - 
analitik mashinalari paydo bo`lib, ularda hisoblash operatsiyalari bajarilib, avtomatik 
usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi. 
Bunday mashinalardan eng birinchisi 1888 yil AQShda G.Gollerit tomonidan 
yaratilib, unga "tabulyator" nomi berildi. Bu mashinalarda axborot tashuvchilar sifatida 
perfokartalar xizmat kilgan. Bizning Vatanimizda hisoblovchi – analitik mashinalar 
asrimizning 20-chi yillaridan boshlab ishlatila boshlandi. Bu mashinalar perfokartada 
axborot tayyorlovchi qurilmalar (perforatorlar), perforatsiyani nazorat qilish 
(kontrolniklar), saralash, ma’lum sistemaga keltirish mashinalari (reproduktorlar) bilan 
birgalikda kompleks bo`lib ishlatilardi.Hisoblash natijalarini tabulyator jadval 
ko`rinishida chop etib berar edi. 
Elektron hisoblash mashinalar davri asrimizning 40-yillari o`rtalaridan boshlanib 
to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr elektronikaning rivojlanish 
davri bilan bog`liq bo‘lib, uning asosida hisoblash mashinalarining yangidan-yangi 
turlari va modellari dunyoga keldi. 


23 
Bizga ma’lum bo‘lgan hisoblash vositalari insonlarga aqliy mehnatiga yordam 
beruvchi, axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun hizmat qilmoqda. 
Ularning faoliyati va ishlashi insonning fiziologik tuzilishiga o’xshash. Masalan, inson 
tashqi malumotlarni ko’z, burn, quloq, til, teri orqali olsa, bu ma’lumotlar miyada tahlil 
qilinib, xotiraga tayanib, javob qaytariladi. Demak, kompyuterlarimi ma’lumotlar 
klaviatura, sichqon orqali mikroprossesorga uzatilsa, shu kabi insonlarda sezgi organlari 
orqali miyamizga yetib boradi. Yetib borgan ma’lumotlar qayta ishlanadi va qayta 
ishlangan ma’lumotlar xotiramizdagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. 
Biz o’quvchilarga o’rgatayotgan o‘byektimizn vizuallashtirilgan holdagi obrazidan 
kelib chiqib orgatishimiz maqsadga muofiqdir. 
O‘bektni o‘rganayotgan o‘quvchi, o‘byektdagi jarayonlarni vzuallashtirilgan 
ko’rinishda, ko’rib o‘rgansa, bu jarayonlarni borishi tasavurlari kengayadi. Buning 
uchun bizda bir necha dasturiy vositalar mavjud.
Ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish raqamlar va xom ma'lumotlarning ob'ektlarga 
aylanishini anglatadi: nuqtalar, chiziqlar, chiziqlar diagrammalar, xaritalar va hk. Ushbu 
Markaziy prossesor 
Kiritish 
qurilmasi 
Doimiy xotira 
Tezkor xotira 
Tashqi xotira 
xotira 
Ma’lumotlarni 
chiqarish 
qurilmasi xotira 


24 
vizualizatsiya foydalanuvchilarga qulay vosita. Ushbu MS Exsel, MS Power Point, 
Macromedia Flesh, CourseLab dasturiy vositalarni misol keltirishimiz mumkin. 
Bugungi kunda multimediya hujjatlarini yaratishga oid juda ko’p dasturiy ta’minotlar 
yaratilgan. Bularga AutoPlayMedia Studio, CourseLab, iSpring Suite, Hot Potatoes kabi 
dasturiy ta’minotlarni misol sifatida olishimiz mumkin. 

Download 7.45 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   265




Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIM JARAYONIDA, MULTIMEDIYA TA’LIM MUHITIDA AXBOROTNI

Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish