• The authors are responsible for the correctness of the information contained in the theses included in the collection
  • Digital technologies in innovative education: problems and solutions




    Download 7.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/265
    Sana22.12.2022
    Hajmi7.45 Mb.
    #36710
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265
    Bog'liq
    Халкаро конференция 24.05.22
    Qurilish mashinalari va uskunalarini ta\'mirlash (N.Mahmudova), 087-20g Abdusalomova Sitora guzallik saloni, Abdusalomova Sitora 2-labaratoriya extimollar, Konferensiya-2022-Mart-1-qism-60-65, Osiyo yo`lbarslari, Baýjanow BHäzirki zaman türkmen dili Morfologiýa 2014`TMDDI, O\'simlik moylar-WPS Office, 12588 1 2765FB8B2367BB537526EA46EB7CED9255E7B183, 1709273234
     
    Dizayner: 
     
    Sh.B.O‘roqova- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
    “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi 
     
    To‘plamda joy olgan tezislarda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar 
    javobgardirlar 
    Авторы 
    несут 
    ответственность 
    за 
    правильность 
    информации
     
    содержащейся в тезисах включенных в сборник 
    The authors are responsible for the correctness of the information contained in
     
    the 
    theses included in the collection
     
     
    ©
     
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 



    Nizomiy nomidagi TDPU rektori A.K.Qirg‘izboyevning “Innovatsion 
    ta’limda raqamli texnologiyalar: muammo va yechimlar” mavzusidagi 
    xalqaro konferensiyasi ochilish marosimidagi
     
    KIRISH SO‘ZI 
    So‘ngi yillarda Respublikamizning barcha jablalarida keng qo‘lamli va shiddatli 
    islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida ta’lim tizimida ham keskin burilish ro‘y 
    berdiki, uning asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul 
    qilingan 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi 
    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini aytishimiz mumkin. 
    Unda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
    mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli 
    mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida 
    qator vazifalar belgilangan.
    Jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlar resurlarini yaratish va ularni oliy ta’lim 
    muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, axborot-resurs markazlari 
    fondlarini mustahkam yangilab borish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot- 
    kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim 
    muassasalari (OTM) talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarini jahon ta’lim 
    resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar 
    bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, 
    yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish va boshqa ko‘p 
    sonli vazifalar ana shular qatoriga kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga 
    Murojaatnomasi va “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish borasida 
    belgilangan vazifalarga muvofiq universitetimizda ham ulkan ishlar amalga 
    oshirilmoqda.
    Ta’lim tizimida ro‘y berayotgan muammolarni o‘rganish, muhokama qilish, 
    yechimlarni topish va istiqbollarini belgilash, shuningdek ta’lim tizimi rivojiga 



    qaratilayotgan masalalar va ularni yechimlari “Innovatsion ta’limda raqamli 
    texnologiyalar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida 
    muxokama etilishi ko‘zda tutilgan.
    Anjumanda ko‘tarilayotgan ta’lim tizimini raqamlashtirish, elektron ta’lim 
    resurslarini yaratish va amalda qo‘llash, ta’lim tizimida sun’iy intellekt hamda ta’lim 
    tizimi sifatini boshqarish muammolari hozirgi kunning dolzard mavzulari hisoblanadi. 
    Bunday imkoniyatlarni, texnologiyalarni joriy etishning muhimligi va zarurligi 
    YUNESKO xalqaro ekspertlari tomonidan tayyorlangan "Axborot va kommunikatsiya 
    bo‘yicha dunyo hisoboti" da ham qayd etilgan.
    Ma’lumki Internet raqamlashtirish jarayonining asosiy qismidir. Ma’lumotlarni 
    global tarmoqga uzatish bizga yaxshi tanish bo‘lgan kirish moslamalari, ya’ni turli xil 
    gadjetlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli texnologiyalardan kengaytirilgan va virtual 
    reallikni yaratishda, ta’lim tizimida, robototexnika, 3D-bosma, sun’iy intellekt, 
    sog‘liqni saqlash va ilmiy tadqiqot ishlarda keng foydalanilmoqda.
    Ta’limni raqamlashtirish-elektron ta’lim tizimiga o‘tishni anglatadi va o‘z 
    navbatida o‘quv jarayonini tashkil etishni osonlashtiradi, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar 
    uchun birday qulayliklarni yaratadi.
    Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, ta’lim tizimida fan va texnikada erishilgan 
    zamonaviy yutuqlaridan keng foydalanish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va 
    zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalariga 
    asoslangan 
    didaktik 
    modellardan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ta’lim oluvchilarga 
    bugungi kunda zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlarni olishlarini ta’minlaymiz.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda ushbu xalqaro konferensiya onlayn tartibda 
    ZOOM platformasi orqali o‘tkazilishi rejalashtirildi va o‘z ichiga quyidagi 5 ta sho‘bani 
    qamrab oldi:
    1-sho‘ba
    Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalanish. 
    2-sho‘ba
    Ta’lim tizimini raqamlashtirish muammolari, yechimlar va 
    istiqbollari. 



    3-sho‘ba
    Elektron ta’lim resurslarini ishab chiqish, yaratish va qo‘llash 
    tendensiyalari. 
    4-sho‘ba
    Ta’lim tizimida suniy intelektni qo‘llash. 
    5-sho‘ba
    Ta’lim tizimini boshqarish: sifat va samaradorligi 
    Anjumanga jami 140 dan ortiq maqola va tezislar kelib tushgan. Kelib tushgan 
    maqolalarning deyarli barchasi bugungi kunning dolzarb muammosini yechimiga 
    qaratilgan.
    O‘ylaymanki ushbu o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada aynan bugungi 
    kunning dolzarb masalalarini qamrab olgan bo‘lib, oldimizga qo‘ygan vazifalarni 
    amalga oshirilishida, erishilayotgan natijalar Davlatimiz Rahbarining doim diqqat 
    markazida ekanligini unutmasligimiz lozim.
    Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-
    xotirjamlik, fayzu baraka, ishlaringizda ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz. 




    Download 7.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265




    Download 7.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Digital technologies in innovative education: problems and solutions

    Download 7.45 Mb.
    Pdf ko'rish