-SHO‘BA: UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION




Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/265
Sana22.12.2022
Hajmi7.45 Mb.
#36710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265
Bog'liq
Халкаро конференция 24.05.22
Qurilish mashinalari va uskunalarini ta\'mirlash (N.Mahmudova), 087-20g Abdusalomova Sitora guzallik saloni, Abdusalomova Sitora 2-labaratoriya extimollar, Konferensiya-2022-Mart-1-qism-60-65, Osiyo yo`lbarslari, Baýjanow BHäzirki zaman türkmen dili Morfologiýa 2014`TMDDI, O\'simlik moylar-WPS Office, 12588 1 2765FB8B2367BB537526EA46EB7CED9255E7B183, 1709273234
1-SHO‘BA: UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION 
TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
FIZIKА FАNINI OʼQITISHDА ZAMONAVIY АXBOROT 
TEXNOLOGIYALАRIDАN FOYDАLАNIB TALABALAR BILIMLARINI 
OSHIRISH 
 
f.-m.f.d.,prof. Imamov Erkin Zunnunovich, assistent Xalilov S.S.,
assistent Ashirbayeva A.K. 
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy 
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son Qarorlarida[1] 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz innovasion ta'lim texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanib va hozirgi zamon yangi talablariga mos ravishda 
(talabalarda o‘qitish natijalariga erishish va kasbiy kompetensiyalarini shaklantirish), 
fizika bilimlarini o‘zlashtirish darajasini ko‘chaytirish orqali o‘qitishni samaradorligini 
oshirish. 
«Taʼlim toʼgʼrisida» gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul 
qilinganligi taʼlim tizimini tubdan isloh qilish ishlarini amalga oshirishga asos boʼldi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari, ularning asoslanganligi, 
muhimligi va muammolarni hal qilish yoʼllari mustahkam ilmiy poydevorga tayanadi. 
Respublikamizda kadrlar tayorlashga katta eʼtibor berilmoqda.
Taʼlim-tarbiya berayotgan oʼqituvchilarning malakasini oshirish va 
mutaxassisligi nuqtai nazaridan qayta tayyorlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda, 
bularning zamirida kadrlar salohiyati, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dolzarb masala 
boʼlib borayotganligini hayotning oʼzi koʼrsatmoqda.
Chunki, tezkor davrning talablari ham tezkor, bugungi kun pedagogi nafaqat oʼz 
kasbining ustasi, u ijodkor, izlanuvchan, oʼziga nisbatan talabchan boʼlishi kerak. Shu 
bilan birga kompyuter texnologiyasini bilishi, internetga ulanishi, oʼz sohasiga oid 
yangiliklar bilan internet orqali tanishib borishi, yangiliklarni oʼz ish faoliyatiga tadbiq 
etishi hamda malakasini oshirib borishi, tajribasini oʼrtoqlashishni davr talab etmoqda.



Taʼlim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish uning yangi 
sohasi, yaʼni taʼlimning elektron didaktik shakli paydo boʼlishiga asos boʼldi. Unda 
oʼquv fanlarinng boblarini ajratib, elektron koʼrinishda tasvirlash, elektron darslikning 
maʼruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab 
chiqish, elektron darsliklarni baholash mexanizmini yaratish va tadbiq etish, elektron 
darsliklar asosida virtual stendlar yaratish va oʼquv jarayoniga qoʼllash, elektron 
darslikni qoʼllash orqali oʼqitishning umumiy saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar 
yaratilishi koʼrsatilgan 
[2]
.
Аxborot texnologiyalarini oʼquv jarayoniga tadbiq etishning muhim 
yoʼnalishlaridan biri elektron darsliklar, elektron qoʼllanma va koʼrsatmalar yaratishdir. 
Elektron darsliklar va qoʼllanmalar maʼruza mazmunini boyitish, yangi materiallar bilan 
toʼldirish imkonini beradi. Taʼlimda zamonaviy axborot texnologiyalarni qoʼllash, 
jumladan oʼquv metodik majmualarning qoʼllanilishi oʼqitilayotgan talabalarning 
bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi, dars 
mashgʼulotlarini tashkil etishning muhim omili boʼlib xizmat qilmoqda. Ulardan, keng 
foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida 
kuzatilishi qiyin boʼlgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual 
tajribalar va taqdimotlar asosida koʼrgazmali tushuntirishdir.
Bu dasturlar juda koʼp boʼlib, misol uchun: Word dasturida matnli hujjatlarni 
yaratish qayta ishlash, nusxa olish va chop etish; Excel dasturida matnli va sonli 
maʼlumotlarni kiritish, oddiy jadvallar yaratish, kayta ishlash, nusxa olish, saqlash va 
chop etish; Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlardan foydalanib internetdan 
zarur boʼlgan maʼlumotlarni qidirish va yuklab olish; Аnimatsion roliklar yaratish uchun 
Macromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Multmediali taqdimot maʼruzalarini 
yaratishda hammamizga maʼlum boʼlgan Power Point va Macromedia Authorware 
dasturidan foydalaniladi. Elektron oʼquv adabiyotlarni yaratish davomida keng 
foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar ham mavjud boʼlib ularga misol uchun, Adobe 
Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi. 
Crocodile Physics dasturidan foydalanish fizik jarayonlarni modellashtirish va 



fizikaning mexanika, elektr, optika va toʼlqin hodisalariga oid tajribalarni kuzatish 
imkoniyatlarini beradi. Bu dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar oʼtkazish va turli 
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Bu 
dasturdan foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil 
qilishga oʼrgatadi 
[5]

Fizika fanini oʼqitish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʼllash 
muhim ahamiyatga ega boʼlib, qoʼyidagi natijalarga olib kelishi mumkin:
- Oʼquv-tarbiya jarayoni faollashadi, dars samaradorligi oshadi;
- Oʼquv materiallarining turli shaklda (ovoz, matn, video, grafika, animatsiya 
yordamida) uzatilishi talabalarning diqqatini oʼziga tortadi. Bugungi kunda oʼqitishning 
anʼanaviy koʼrinishidan farq qiladigan zamonaviy axborot texnologiyalarni qoʼllash 
yuqori samaradorlikka erishish uchun keng imkoniyatlar ochadi 
[3]
.
Fizika fanini 
oʼqitish borasida talabalar ongida nazariyaga oid model tasavvurlarini shakllantirish
hodisalar va jarayonlar bilan tanishtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish 
muhimdir. Shuningdek, modellashtirishning oʼziga xos muhim tomonlari shundaki, 
hodisalarni jonli va tabiiy koʼrinishda tasvirlash, tajribani qisqa fursat ichida istalgan 
paytda takrorlash, kuzatish qiyin boʼlgan va umuman kuzatilishi mumkin boʼlmagan 
jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega boʼladi.
Oʼqituvchi kompyuter monitorida, shuningdek, multimedia proektori yordamida 
koʼpgina fizik hodisalarni namoyish etishda yangi noanʼanaviy oʼqitish turini 
takomillashtiradi. Har bir fizika fani oʼqituvchisi oʼz maʼruzasini rejalashtirishda 
kompyuter oʼquv dasturidan toʼgʼri foydalanishi kerak, chunki kompyuterni har bir 
darsda qoʼllash mumkin. Shuning uchun uni rejalashtirish va ijobiy natijaga erishishda 
kompyuterdan qachon va qanday foydalanishini bilishi zarur. Kompyuter dasturini 
qoʼllash, yaʼni texnika vositalari yordamidagi maʼruzalar oddiy, anʼanaviy 
maʼruzalardan koʼra yaxshiroq samara beradi. Bu esa oʼquv rejasining oʼz vaqtida 
bajarilishini taʼminlaydi. Fizika fanini oʼqitishda kompyuter dasturlaridan foydalangan 
holda, animatsiyali mashgʼulotlar olib borish talabalarga qoʼlaylik yaratibgina 
qolmasdan, balki fizik jarayonlarning yuz berish mexanizmlari va bosqichlarini ekranda 
aniq va jonli jarayon tariqasida koʼrsatadi, bu esa taʼlim sohasida yaxshi samara beradi. 



Shuni eʼtiborga olgan holda, fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularning yuz berish 
bosqichlarini kompyuterda animatsion tarzda namoyish etishni tashkil qilish, talabalarni 
eslab qolishiga yordam beradigan mashgʼulot boʼlishiga olib keladi. Fizik jarayonlar 
mexanizmlarini, ularni maʼruza, amaliy va ayniqsa, laboratoriya mashgʼulotlarida 
namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish 
oʼqitish jarayonida talabaga bilim berish va fan asoslariga doir koʼnikmalar hosil 
qilishga yordam beradi.
Demak, fizika hodisalarini namoyon qila olishda zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar beradi. Talabalar tasavvurini 
kengaytirishda va ularning bilimlarini yanada oshirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarini qoʼllash eng qulay vosita va unumli usul boʼlib hisoblanadi 
[4]
.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy axborot texnologiyalarini 
qoʼllash natijasida qisqa vaqt ichida muhim va zarur maʼlumotlarni talabalarga yetkazish 
imkoniyati tugʼiladi. Bu esa oʼquv samaradorligini oshirishning muhim omili boʼlib 
xizmat qiladi.

Download 7.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265




Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-SHO‘BA: UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION

Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish