• ILOVA ............................................................................................................................................... 228
  • 1-MAVZU. KONSULTATIV PSIXOLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA PREDMETI Reja
  • ISHCHI FAN DASTURIGA MUVOFIQ BAHOLASH MEZONLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/95
    Sana22.09.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #271960
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
    Bog'liq
    l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

    ISHCHI FAN DASTURIGA MUVOFIQ BAHOLASH MEZONLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA 
    USLUBIY KO‘RSATMALAR
     ......................................................................................................... 217 
    GLOSSARIY
    ..................................................................................................................................... 218 
    KALENDAR REJA
     .......................................................................................................................... 225 
    ILOVA
    ............................................................................................................................................... 228 
     
     


    I. O‘
    Q
    UV MATERIALLARI 
    MA’RUZALAR 
    ---------------------------------------------------------
     
    1-MAVZU. KONSULTATIV PSIXOLOGIYANING ASOSIY 
    TUSHUNCHALARI VA PREDMETI 
    Reja: 
    1.
    Psixologik xizmat tarixi va asosiy yo’nalishlari 
    2.
    Konsultativ psixologiya psixologik xizmatning yirik yo’nalish 
    psixologik maslahatni tadqiq etuvchi zamonaviy fan yo’nalishi 
    sifatida 
    3.
    Konsultativ psixologiya vazifalari
     
    Tayanch tushunchalar
    : psixologik xizmat,
     
    psixodiagnostika, 
    korreksion 
    ishlar, 
    psixoprofilaktika, 
    konsultativ 
    psixologiya, 
    psixoterapevt, psixoterapiya, mijoz (klient yoki patsient), psixolog 
    konsultant. 
    1. Insonlarga psixologik yordam ko’rsatish ildizi uzoq tarixga borib 
    taqaladi. Bu yumushlarni qadimda aynan psixologlar bo’lmasa-da, 
    kohinlar, diniy arboblar, faylasuflar bajargan. Diniy ullamolar 
    odamlarga ruhiy jihatdan ko’mak berishda maxsus psixologik 
    metodlardan foydalanmagan bo’lsa-da, uning elementlarini o’z 
    faoliyatlarida 
    aks 
    ettirishgan. 
    Ya’ni 
    insonlarni 
    qiynayotgan 
    muammolarini eshitganlar, taskin berganlar. Psixologik xizmatning 


    aynan mutaxassislar, xususan, psixologlar tomonidan amalga oshirilishni 
    boshlanish XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Xususan, psixologik 
    xizmat АQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. АQShning 
    birinchi amaliyotchi psixologlari oʼz-oʼzini tarbiyalash muammosini 
    oʼrgangan eksperimental psixologlar edilar.
    Fransiyada psixologik xizmatni Аlfred Bine joriy etdi va bu borada 
    e’tibor asosan taʼlim sohasiga eʼtibor qaratildi. 1894-yildan boshlab 
    psixologik xizmatni mamlakatda amalga oshirish zarurligi tasdiqlandi va 
    1905-yilda umumiy dastur boʼyicha oʼqiy olmaydigan bolalarni 
    tekshirish orqali aqliy taraqqiyotda orqada qolgan o’quvchilarni 
    ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
    1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari 
    psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. 1990-yilda Fransiyada 
    psixologik xizmatning yoʼnalishlari boʼyicha asosiy vazifalar aniqlab 
    berildi. Psixologik xizmatni olib boruvchi shaxs vakolati kengaytirildi 
    hamda psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qoʼlidan 
    kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga oʼqituvchilarni 
    va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin va xatto lozim topsa, maktab va 
    oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus taʼkidlandi.
    Sobiq sovet Ittifoqida birinchi boʼlib Estoniyada 1975-yilda maktabda 
    psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd 
    boʼlib, ular tarbiyasi qiyin oʼsmirlar uchun maxsus maktablarda ish olib 
    boradilar). Rossiyada 1982-yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.
    1989-yilda 
    Oʼzbekistonda 
    amaliyotchi 
    psixologlarning 
    yetishmasligi sababli Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
    universitetida amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.


     Bugungi kunga kelib, psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab 
    chiqish mumkin:

    ilmiy nuqtai nazardan;

    tashviqot nuqtai nazardan;

    amaliy nuqtai nazardan.
    Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat 
    predmetini tashkil etadi.
    Ilmiy 
    nuqtai 
    nazar 
    psixologik 
    xizmatning 
    metodologik 
    muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yoʼnalish 
    ijrochilarining 
    asosiy 
    funksiyasi 
    psixologik 
    xizmat 
    ishida 
    psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarni ishlab 
    chiqish va nazariy asoslashga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlarni 
    oʼtkazishdan iborat.
    Tashviqot nuqtai nazari odamlarning psixologik bilimlardan 
    foydalanishini nazarda tutadi. 
    Psixologik xizmatning amaliy nuqtai nazarini psixologlarning amalga 
    oshiradigan ishlari tashkil etadi.
    Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yoʼnalishi: 
    dolzarb va kelajak yoʼnalishlari mavjud. Dolzarb yoʼnalish insonlar 
    hayotidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvori, muloqotidagi ogʼishlar, 
    muammolarni hal qilishga qaratilgan.
    Kelajak yoʼnalishi esa har bir insonning individuallgini rivojlantirishga, 
    jamiyatda 
    yaratuvchanlik 
    hayotiga 
    psixologik 
    tayyorlikni 
    shakllantirishga qaratilgan. Ikki yoʼnalish ham bir-biri bilan bogʼliq.
    Psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama 
    shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, 


    rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini 
    muxofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan 
    iborat. 

    Download 3,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISHCHI FAN DASTURIGA MUVOFIQ BAHOLASH MEZONLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish