2-MAVZU. PSIXOLOGIK MUAMMO
Reja:
1.Psixologik muammo haqida umumiy tushuncha
2.Psixologik muammo tasnifi
3.Psixologik maslahatda psixolog shaxsiga qo’yiladigan talablar
Tayanch tushunchalar:
psixologik muammo, psixologik amaliyot,
psixologik travma, profkonsultatsiya,
depressiya, psixolog konsultant,
empatiya, intospeksiya,
stressga chidamlilik, noverbal signallar,
verbal
signallar, aqliy kompetentlik.
1.Psixologik muammoni yaxshiroq anglash uchun, avvalo,
muammo
nima degan savolga javob berish lozim. Muammo – muayyan yechim
talab qiladigan chigallik. Muammo grekcha “problema” so’zidan
olingan bo’lib, (zadacha) vazifa dedgan ma’noni
anglatib muammoli
vaziyat orqali subyekt faoliyatida o’zgarishlarga olib kelgan natijalardan
biri bo’lib, mavjud tajribalar orqali uni hal etish imkoniyati yo’qligini
anglatadi. Psixologik muammo ichki muammolar bo’lib, ular ro’y-rost
ratsional asosga ega bo’lmaydi.
Bugungi kunda psixologik muammoni xarakterlovchi 3ta belgi
hisobga olinadi:
1.
Normal hayot faoliyatidagi qiyinchiliklarning
jiddiy manbai
yoki noadekvat xulq-atvor sababli muammoning mavjud
bo’lishi;
2.
Muammoning
mohiyatini
tashkil
etuvchi
jarayon
mo’ljallanmagan yoki ratsional asosga ega emas.
3.
Muammoning manbai
tashqi shart-sharoitlarga emas, balki
insonni ichki olamidagi qarama-qarshiliklardir.
Yuqoridagi diagrammada psixologik muammoning asosiy
xususiyatlari aks etgan.
2. Bugungi kunda psixologik muammolarning bir qator turlari
sanalib o’tiladi. Albatta, ushbu muammolar birinchi navbatda insonning
ruhiy holati bilan bog’liq bo’lgan muammolar hisoblanadi. Shu boisdan
ham psixologik amaliyotda quyidagi psixologik muammolar bo’yicha
maslahat tashkil etiladi.