Erkaklar va ayollar:
•
Xiyonat va rashk
•
Yaqin kishisiga emotsional tobe bo’lib qolish
•
Sevgi uchburchagi
•
Tanlagan insonini yoqimsiz xulq-atvorga ega bo’lishi
•
Shaxslararo munosabatlarning umumiy masalalari
Psixologik travmalar va yo’qotishlar
O’lim
Ota-ona va bola muammolari
Jinsiy faoliyat bilan bog’liqlar
O’smir va o’spirinlar muammosi
Shaxslilik muammolari
Qo’rquv
Depressiya
Yo’lg’izlik (guruhdan ajralish, baxti ochilmaslik)
O’z o’rnini aniqlash
Yaqinlarining psixologik muammolari
Ta’lim jarayonidagi muammolar
Karera, marketing bilan bog’liq muammolar
Profkonsultatsiya masalalari (Kasb tanlash bilan bog’liq
muammo)
Shunga ko’ra, psixologiyada muammolarning bir necha modellari
mavjud.
Ushbu modellardan biri N.I. Kazlov modelidir. Uning modeliga
ko’ra muammolar sababi 3ga ajratiladi.
1.
Sababi ochiq oydin muammolar
2.
Sababi yashirin muammolar
3.
Sababi chuqur yashirin muammolar
Yaqin kishinisini yo’qotgan odamning depressiya holatiga tushib
qolganligi sababi ochiq oydin ko’rinib turgan muammoga misol bo’lsa,
kichik maktab yoshidagi bolaning o’z-ozidan tinmay yig’lab injiqlik
qilishi noaniq sababli psixologik muammoga misol bo’lishi mumkin.
Psixologik muammoning asl sababini to’g’ri aniqlash uning yechish
uchun qo’yilgan birinchi qadam bo’ladi. Bu esa psixolog konsultantda
yetarli malaka talab etadi. Psixologik muammolarni hal qilishda bugungi
kunda konsultativ psixologiya amaliyotida turli maktab yondashuvlardan
foydalaniladi. Ularga misol qilib, psixoanaliz, geshtalt, kognitiv
yondashuv kabilarni kiritish mumkin. Psixologik maslahat jarayonida
shaxsni qiynayotgan muammolarga yechimtopishda foydalaniladigan
metod hamda yondashuvlar psixologik muammo xarakteri hamda
psixolog mahoratiga bog’liq.
3. Psixologik maslahat o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, psixolog
konsultantga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois ham konsultativ
psixologiyada ko’plab olimlar psixolog consultant shaxsiga qo’yiladigan
asosiy talablarni tadqiq qilishga intilishgan. Quyida ular orasida bir
nechtasi ko’rib chiqamiz.
Foster va Guy konsultant shaxsiga qo’yiladigan talablarni
quyidagilarga ajratadi.
a)
Bilimga chanqoqlik, harakatchanlik
Ushbu sifatlarga ega bo’lgan odamlar boshqa insonlarga samimiy
qiziqa oladi.
b)
eshita olish qobiliyati
c)
muloqatga kirishishda yengillik fikr almashishda
qoniqish hissi his qildira olish
d)
empatiya va tushunish psixolog patsient o’rniga
hatto boshqa jinsdagi bo’lsa ham o’zini qo’ya olishi
e)
introspeksiya har bir konsultant o’zining ichki
holatini his qila olishi
f)
fidoyilik kerakli vaqtda patsient boshqa insonni
eshita olish hamda uning muammolarini hal qila olish
g)
emotsionallik
h)
iliq munosabat o’rnata olishkonsultant uchun
patsient bilan emotsional yaqinlik munosabatini o’rnata
olish muhimdir.
i)
Boshqarishidagi
komfortlik
consultant
boshqalarning
mustaqilligini
sqlagan
holda
konsultatsiya jarayonini boshqarib turishi muhim.
j)
Hazil-mutoyiba hissi. Hayotda sodir bo’lgan ba’zi
bir voqealarni kulgili tomonini ko’rsata olish ham
psixolog konsultantning malaka talablariga kiradi.
Bundan tashqari Pattersen va Velfel (1994-y) psixolog konsultant
faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishida unda quyidagi sifatlar: stressga
chidamlilik, maqsadga inltiluvchanlik bo’lishi lozimligini ta’kidlagan.
Kormier (1998-yil) muvaffaqiyatli konsultantda quyidagi shaxsiy sifatlar
borligni bildiradi.
1.
Intelektual (aqliy kompetentlik) ya’ni o’rganishga bo’lgan xohish
va o’z ustida ishlash layoqati
2.
G’ayratlilik
3.
Moslashuvchanlik
(konsultatsiya
jarayonida
patsientning
to’satdan berilgan savollariga javob bera olish layoqati)
4.
Jonbozlik ko’rsata olish layoqati ya’ni konsultantning patsient
qaror qabul turtki bo’la olishi kerakli yordam va o’ziga bo’lgan
ishonchni bera olishi
5.
Irodalilik
6.
O’ziga bo’lgan ishonch.
Psixolog konsultant shaxsiga qo’yiladigan talablar turli olimlar
tomonidan turlicha talqin qilingan bo’lsa-da, barchasini birlashtiradigan
umumiylikni guvohi bo’lishimiz mumkin. Bu sifatlar qatoriga malakaviy
kompetentlik, o’ziga bo’lgan ishonch, irodalalilikni kiritish mumkin.
O’z ishini yaxshi olib boruvchi psixolog konsultant esa psixologik
maslahat jarayonining muvaffaqiyati garovidir.
|