Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har hil
shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi. Rivojlantiruvchi
va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda
korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yoʼnalganligi,
etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari oʼz aksini topsin.
Korreksion ishlar maʼlum
tartibda, muayyan seans boʼyicha
oʼtkazilishi shart. Bunda emotsional zoʼriqishga uchragan shaxs millati,
yoshi, jinsi, individual tipologik xususiyati, taʼsirla-nish darajasi hisobga
olinishi kerak.
Psixologik maslahat (maslahat)
– bunda shaxsga shaxsiy, kasbiy
va hayotiy muammolarini hal etishga yordam beriladi, ularni oʼz
psixologik salomatliligini muhofaza qilishga oʼrgatiladi.
Psixologik maslahat individual, guruhiy tarzda oʼtkaziladi, profilaktik va
korreksion xarakterga ega boʼladi.
Bu jarayonda psixolog quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
Shaxsda sodir boʼluvchi har xil nizolarning psixologik ildizini oʼrganish,
shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni
keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish,
favqulotdagi vaziyatlarni
yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yoʼllari yuzasidan
maslahatlar berish.
Kasb-hunarga yoʼnaltirish - oʼquvchilarni layoqati, qiziqishi va
qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashga tayyorlashdan iborat
tadbirlar majmuasidir. Mazkur yoʼnalishlarning uzviy va uzluksiz
bogʼliqligi psixologik xizmat mazmunining yaxlitliligini taʼminlaydi.
2. Konsultativ psixologiya va
psixokorreksiya psixologik
konsultatsiya jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan zamonaviy
fandir. Konsultatsiya lotincha “consultare” so’zidan olingan bo’lib,
“maslahat bermoq”, “g’amxo’rlik qilmoq” ma’nolarini anglatadi.
Shunga ko’ra konsultatsiyaga o’zbek tilidagi maslahat so’zi ma’nodosh
bo’la oladi. Konsultativ psixologiya fanining vujudga kelishi XX
asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu jarayon bevosita Djeyms Byujental
1987-yil “Psixoterapevt san’ati” kitobini g’arbda nashr qilishi bilan
bog’liq. Ushbu asar 2001-yil Rossiyada chop etilgan.
Konsultativ psixologiya klinik jihatdan og’ishga ega bo’lmagan
odamlarga psixologik yordam ko’rsatish maqsadida vujudga kelgan
amaliy psixologiya tarmog’idir. H. Burkus va B. Steffire (1979)
psixologik konsultatsiya jarayoniga quyidagi ta’rifni beradi:
“Konsultatsiya-patsient bilan psixologning professional munosabatidir”.
Psixologik konsultatsiyaning maqsadi potsentga hayot yo’lida
yuzaga
kelgan emotsional va shaxslararo xarakterdagi muammolarni yengishga
ko’maklashishdan iborat. Psixolog olimlar George va Cristiani 1990-yil
konsultativ psixologiyaning asosiy maqsadini ajratib berdi.
Ular quyidagilar:
1. Patsient xulq atvorini o’zgartirish natijasida undagi ijtimoiy
chegaralanishni bartaraf etish hamda samaraliroq hayot tarzida
yashashini ta’minlash.
2. Mijozda hayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun yangi
layoqatlarni shakllantirish.
3. Samarali qaror qabul qilish malakasini shakllantirish.
4.
Patsientda
shaxslararo
qiyinchiliklarda
yuzaga
keladigan
muammolarni bartaraf etish.
5. Mijozni
shaxs sifatida takomillashish, o’z patensialini namoyon
qilishga erishtirishdan iborat.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, psixologik xizmat o’z-
o’zidan yuzaga kelgani yo’q. Uning vujudga kelishida shaxs ma’naviy
ehtiyojlari muhim rol o’ynagan. Xususan, odamlar o’zini qiynayotgan
psixologik muammolarni hal etish, emotsional
barqarorlikka erishishga
bo’lgan intilish psixologik xizmatning ko’rinishlaridan biri psixologik
maslahatning taraqqiy etishiga sabab bo’lgan. Bugungi kunda esa
shaxsda psixologik madaniyatning rivojlanganligi, o’zi hamda o’zgalar
hissiyotlarini tushuna olish qobiliyati ruhiy farovon bo’lishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Butun dunyo bo’yicha aholi tomonidan kun sayin
psixolog maslahatiga talab ortib bormoqda.
Konsultativ psixologiya
psixologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lsa-da, juda ham tez
rivojlanmoqda. Bo’lg’usi psixologlar esa ushbu yo’nalish bo’yicha
yetarli bilimga ega bo’lishi zarurdir.