6. Kasb - hunarga yoʼnaltirish.
Psixologik diagnostika
- insonni psixologik-pedogogik jihatdan
chuqurroq oʼrganishga yoʼnaltirilgan boʼlib, individual xususiyatlarini,
muloqotdagi va xulq-atvoridagi nuqsonlarning sababini aniqlashga
moʼljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda
oʼtkaziladi.
Psixologik profilaktika
- aholi orasida inson shaxsining har bir yosh
davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash
ehtiyojlarini tarkib toptirish, odamda sodir boʼlishi mumkin boʼlgan har
qanday salbiy ogʼishlarning oʼz vaqtida oldini olishga qaratilgan
psixologik tadbirlardan iboratdir. Shuningdek, oiladagi shaxslararo
muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; ogʼir kasalliklarga
uchragan mijozlar ruhiyatini tetiklashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.